Iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi


-bob. Narx haqida tushuncha va uning rag'batlantiruvchi funksiyasi



Yüklə 288,6 Kb.
səhifə3/24
tarix26.03.2023
ölçüsü288,6 Kb.
#90149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Mirzobek (2)

1-bob. Narx haqida tushuncha va uning rag'batlantiruvchi funksiyasi


Narx – bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining vositasidir. Narx – tovar, buyum va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi. Narx bu tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli.
Qiymat – bu xaridorning mahsulotdan ko‘rgan foydasi, foydalanish darajasi. Xaridorning mahsulotni xarid qilishi uning xohishi, didi va to‘lov qobiliyatiga bog‘liq, bundan tashqari agar xaridorga bitta birlik mahsulot kerak bo‘lsa, unda bitta turdagi to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Agarda unga bir nechta mahsulot kerak bo‘lsa, unda har bir mahsulot uchun boshqa to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Chunki mahsulotning keyingi donasi kamroq qadrli bo‘ladi. Bu haqiqat bizni agregatlashgan bozor talab chizig‘iga olib keladi.
Mahsulotning narxiga xaridor uni olishga tayyorligi va mahsulotning nafligi ta’sir ko‘rsatadi. Agar xaridorda alternativ mahsulotni tanlash imkoniyati bo‘lsa, unda xaridor tomonidan mahsulotni sotib olish yoki olmaslik qaroriga nisbiy narx ta’sir qiladi. Bu vaziyatda xaridor o‘zi uchun eng ma’qul va ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotni sotib oladi.
Narx – “marketing-miks” kompleksining vositalaridan biri hisoblanadi. U hech qachon marketing — miksning boshqa vositalaridan ayrilgan holda ko‘rilmasligi kerak. Korxona biron bir “narx muammosini” tahlil qilganda ko‘p hollarda uning sababi narx emas, balki narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat ko‘rsatkichlarining zaifligi hisoblanadi.
Bozor xo‘jaligi faqatgina erkin raqobatli narxlar sharoitida samarali faoliyat yuritishi mumkin. Bunday narxlar raqobatli tanlov, talab va taklif nisbati, bozor muvozanatining tiklanishini hisobga olgan holda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi savdo va oldi-sotdi shartnomasi natijasida hosil bo‘ladi. Narx-navo, ya’ni baho bozorning unsurlari ichida eng murakkab elementidir. U har doim o‘zgarib turadigan, harakatchan mexanizm bo‘lib bozordagi vaziyat o‘zgarishlariga tez va chaqqonlik bilan moslashib boradi.
Narx va narx belgilash siyosati marketingning bosh tarkibiy qismlaridan biridir. Oxirgi yillarda narx bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida mikroiqtisodiyot va marketing orasidagi masofa kamaymoqda. Mahsulotning narxi va nafliligi o‘rtasidagi nisbat har bir iqtisodiy kelishuvning asosidir.
Narx marketing va firma faoliyatining boshqa o‘zgaruvchilari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. U tovarning hayotiylik sikli davomida o‘zgarib turadi. Marketingda baho siyosatining mohiyati, bozorda aniq ulushga erishish, ko‘zda tutilgan foydani olish va boshqa strategik va tezkor masalalarni yechish uchun firma tovarlariga narx belgilash va narxlarni o‘zgartirib turishdan iborat.
Bozor narxlarining asosiy xususiyati - ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir. Bu tabiiydir, chunki narxlar talab va taklifni o‘zaro bog‘lovchi vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi ham harakatchandir. Shuning uchun marketing strategiyasida shunchalik harakatchan narxlar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning bozordagi harakatini tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarini tartibga solish va boshqarishni, bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini kiritishni, eskirgan modellarni bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Masalan, biror kamchiligi bo‘lgan va ma’naviy eskirgan tovarlar pasaytirilgan baholarda, hattoki, tushirilgan baholar, deb ataluvchi narxlarda sotiladi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlarda marketingdagi narxni tashkil qilish muammolarini faqatgina asosiy strategik yondashishlarigina ishlab chiqilishi bejiz emas, chunki narxlarning o‘zi faqat bozor subyektlari: sanoat va savdo firmalari, korxonalari tomonidan o‘rnatiladi va davlat tomonidan tartibga solinadi. Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni narx darajasiga bog‘liq. Buning natijasi sotiladigan tovarlar massasida korxona ulushining oshishidir.


    1. Yüklə 288,6 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin