"IQTISODIYOT VA TURIZM" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnali №2(2) 2021
71
Obro’.
Obro' - bu foydalanuvchilar ijtimoiy media muhitida boshqalarning, shu
jumladan o'zlarining mavqeini aniqlay olish darajasi. Ijtimoiy media platformalarida obro'
har xil ma'noga ega bo'lishi mumkin. Aksariyat hollarda obro ‘-e’tibor ishonch masalasidir,
biroq axborot texnologiyalari bunday yuqori sifat mezonlarini aniqlashda hali yaxshi
bo’lmagani uchun ijtimoiy media saytlari “mexanik vosita”ga tayanadi: ishonchlilikni
aniqlash uchun foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ma’lumotlarni avtomatik tarzda
jamlovchi vositalar. Ba’zi ijtimoiy media platformalarida foydalanuvchilar obro’si ular
tomonidan yaratilgan kontentga bog’liq, ba’zilarida esa ularga ergashuvchilar soniga
bog’liq, ayrim platformalarda esa foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan obyektga ovoz
berish, ulashish hamda ko’rish soniga bog’liq hisoblanadi.
Guruhlar.
Guruhlar funksional bloki foydalanuvchilarning jamoalar va kichik
hamjamiyatlarni tashkil qilish darajasini ifodalaydi. Tarmoq qanchalik "ijtimoiy" bo'lsa,
do'stlar, ergashuvchilar va kontaktlar guruhi shunchalik katta bo'ladi. Antropolog Robin
Dunbar tomonidan taklif qilingan Dunbar soni ko'p muhokama qilinadigan munosabatlar
guruhi bo'lib, u odamlarning boshqa odamlar bilan bo'lishi mumkin bo'lgan barqaror
ijtimoiy munosabatlar sonini taxminan 150 tagacha cheklaydigan kognitiv chegaraga ega
ekanligini ta'kidlagan. Ijtimoiy media platformalari ko'plab jamoalar bu raqamdan ancha
oshib borayotganini tan oldi va foydalanuvchilarga a'zolikni boshqarish imkonini beruvchi
vositalarni taklif qiladi. Guruhlarning ikkita asosiy turi mavjud. Birinchidan, odamlar
o'zlarining kontaktlarini saralashlari va do'stlari, izdoshlari yoki muxlislarini o'zlari
yaratgan turli guruhlarga joylashtirishlari mumkin. Ikkinchidan, onlayn guruhlar oflayn
dunyodagi klublarga o'xshash bo'lishi mumkin: hamma uchun ochiq, yopiq (tasdiqlash
kerak) yoki yashirin (faqat taklifnoma bilan).
Dostları ilə paylaş: