Iqtisodiyot va


 Ilmiy referat va hisobotlarning strukturasi, mazmunlari va tili



Yüklə 149,63 Kb.
səhifə2/3
tarix20.12.2023
ölçüsü149,63 Kb.
#187329
1   2   3
Iqtisodiyot va turizm fakulteti buxgalteriya hisobi va audit ta’-fayllar.org

2. Ilmiy referat va hisobotlarning strukturasi, mazmunlari va tili 
Ilmiy tadqiqot ishining har qanday informatsion materiali aniq talabga
javob berishi kerak:
– kompozitsiyasi (ko‘rilishi) aniq bo‘lishi;
– tushuntirilishi mantiqiy ketma-ketlikni ta’minlashi;
– muallifning ilgari surayotgan farazining himoyasini asoslovchi dalillar
ishonarli bo‘lishi;
– yangi holatlarni ifodalanishi aniq qisqa qaytarishlarsiz bo‘lishi;
– ishining umumiy natijalari hamda undagi yangiliklar aniq va birbiridan
ajratilgan holda tushunarli darajada keltirilishi;
– xulosalar o‘z tasdig‘iga ega, qisqa va aniq qayd qilingan, shu bilan birga
umumiy va bugungi kunda ma’lum bo‘lgan materiallar hamda xulosalardan holi
bo‘lishi;
– ilmiy va amaliy xarakterdagi ishlanmalar takliflar asoslangan va real
bo‘lishi kerak.
Referat mustaqil ilmiy hujjat sifatida uning titul (yuza) varag‘i bo‘ladi,
qisqa kirishi, (analitik obzor) asosiy qismi, xotima, foydalanilgan materiallar
ro‘yxati bo‘ladi. Zarurat bo‘lsa, referat, qo‘shimcha ma’lumotlar ilova qilinishi
mumkin.
Referatning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, yuzaga kelgan muammo
qisqacha yoritiladi, muammoni, vazifani yechish borasidagi umumiy yondashuv
yoritiladi.


5
Asosiy qismda (yoki analitik obzorda) tadqiqot olib borilayotgan mavzu


doirasida va unga turdosh soha bo‘yicha bugungacha mavjud ilmiy yechimlar
tadqiqot natijalari qisqacha tahlili keltiriladi.
Tahlil qilinayotgan material ma’lum bir xronologik ketma-ketlik prinsipi
asosida ko‘rib chiqilishi tadqiqot olib borilayotgan mavzu va soha ilmining
rivojlanishi xarakterini to‘la ochilishini ta’minlaydi.
Dastlabki manbalar tahlili quyidagicha bajarilishi zarur:
– birlamchi manba muallifi tamonidan ilgari surilgan ishchi gipotezani
yutug‘i va kamchiligi ochiladi;
– muallif qabul qilgan matematik modeli, shartli qabul qilganlari
(dopusheniya)si va cheklanishlari, nazariy natijalari baholanadi;
– tajriba o‘tkazish usulubi ,o‘tkazilish sharoiti, rejalatirilishi, tajriba
uskunalari va ularning zamonaviyligi, tajribaning aniqligi baholanadi;
– manba muallifi tamonidan qabul qilingan xotima va takliflari tahlil
qilinadi.
Ma’lumotlar o‘rganib chiqilgandan keyin tadqiqot mavzusiga yoki unga
turdosh ilmiy tadqiqotlarga oid ilmiy ishlari o‘rganilib chiqilgan dastlabki
holatni, uslublari, olingan natijalari, xulosalarini solishtiriladi, tadqiqot
qilinayotgan masala holatiga umumiy baho beriladi, o‘z nuqtai nazari ifodalanadi
va shu masalada noaniq bo‘lib qolgan, oxirigacha ishlanmagan texnik texnologik
uslubiy muammolar haqida xulosaviy xotima qilinadi.
Bugungacha olib borilgan (mavzu bo‘yicha yoki unga yaqin
yo‘nalishlarda) tadqiqotlarni mualliflari qaysi tomonlari bo‘yicha qo‘shimcha
tadqiqotlar olib borilishi va qaysi yo‘nalishda o‘z tadqiqotlarini olib borish
kerakligi aniq keltiriladi.
Xotima (zaklyucheniye) masalani tahlili va keyingi tadqigi ifodasidan kelib
chiqib xulosaning qisqa tushuntirilishini qamraydi.


6
Adabiyotlar ro‘yxati referatni tuzishda foydalanilgan hamma manbalarni


qamrashi kerak, u alfavit tartibida nomerlangan holda joylashadi. Referat
matnida har qaysi manbaga ishora qilinadi, u kvadrat qavs ichida nomer
ko‘rinishida bo‘ladi.
Hamma yordamchi material referatning ilovasiga kiritiladi. Referatda ilova
shart emas, usiz bo‘lgani ma’qul.
Referatning umumiy hajmi 15 varaq qo‘lyozmadan oshmasligi kerak.
Ilmiy tadqiqot haqida hisobot o‘ziga quyidagi bo‘lim va elementlarni
qamraydi: bet (titul) varag‘i, bajaruvchilar ro‘yxati, referat, mundarija,
qisqartirishlar, simvollar va maxsus atamalar ro‘yxati va ularning aniqlovchilari
(zarurati bo‘lsa), asosiy adabiyotlar qisqa ro‘yxati va ilova. Hisobot 19600-74
GOSTga rioya qilingan holda tuziladi.
Hisobotdagi referatni mustaqil shunday hujjatdan farqi, unda tadqiqot
ishining asosiy mazmunini haqida qisqa ma’lumot (maqsadni tushuntirishga
yetarli) keltiriladi.
Referatda keltiriladigan materiallar tarkibi:
– mashinkada yozilgan matn, sxema, chizma, grafiklar, fotosuratlar va
hisobot ilovalari miqdori ko‘rsatiladi;
– ketma-ket qatorda vergul bilan ajratib yozilgan tayanch iboralar (5–15
so‘zdan iborat) ro‘yxati;
– referatning asosiy matni (hajmi bir betdan oshmasligi kerak).
Masalan, ilmiy hisobot 105 bet mashinada bosilgan matn, 8 ta sxema, 5 ta
chizma, 15 ta grafik, 10 ta rasm va 15 bet hajmda hisobotga ilovalardan iborat.
Kalit so‘zlar – hisobot matnini ochib beruvchi tayanch iboralar jamligi.
Kalit so‘zlar jamligi hisobot mazmuni haqida yetarlicha tushuncha
beradigan bo‘lishi kerak.
Kalit so‘zlar hisobotlarni maxsus sistema bo‘yicha kodlashda ham
foydalaniladi.


7
Hisobotda quyidagi bo‘limlar o‘rin olgan: kirish, analitik obzor (masala


holati); tanlangan tadqiqot yo‘nalishini asoslashga oid materiallar tadqiqot olib
borish uslubi; tadqiqot mazmuni va natijalari; xotima (xulosa va takliflar).
Hisobotning kirish qismida ishning maqsadi qisqa bayoni uning yangiligiga
va o‘tkazilishi zarurligini asoslash bo‘yicha materiallar keltiriladi.
Unda shuningdek, muammoning hozirgi holati tavsifi ham berilishi ham
mumkin.
Analitik obzorda ish yo‘nalishini asoslash, boshqa yo‘nalishlar bilan
taqqoslanganda uning afzallik va maqsadga muvofiqligi asosida ochib berilgan
bo‘lishi kerak.
Tadqiqot uslubi, mazmuni va natijalari tadqiqot xarakteridan kelib chiqqan
holda ketma-ket keltiriladi. Uslub asoslangan va batafsil yozilgan bo‘lishi kerak.
Nazariy bo‘limida matematik xulosalarni barcha oraliq amallar bilan keltirish
shart emas. Zarur bo‘lgan hollarda ularni ilovada keltiriladi.
Ekspriment natijalari keltirilganda uning aniqligi va ishonchligi ham
keltirilishi kerak.
Natijalar tahlili qismi nazariy va eksprimental tadqiqotlar natijalari
taqqoslanadi.
Hisobotda tajriba natijalari jadval yoki grafik ko‘rinishda keltirilgan bo‘lsa,
ulardagi miqdoriy ko‘rsatkichlarni takroran tushuntirish shart emas.
Ularni o‘zgarish qonuniyatlari sabablarini ochib beriladi.
Xotima va takliflar. Hisobotning bu bo‘limi chuqur o‘ylab puxta
asoslangan natijalarga ko‘ra yoziladi. Xotima nafaqat jami, balki butun ishning
ko‘zgusi. Xotima ichki mantiq va ketma-ketlikka ega bo‘lishi kerak. Xotimada
tadqiqot qanday bajarilganligi emas, balki qanday natija va nima yangilik bergani
aks ettirilishi kerak.
Hisobotga kiritilgan namoyish materiallari uning ma’nosi bilan aniqlanadi,
ularning soni matnga aniqliq va konkretlik berish uchun yetarli bo‘lishi kerak.


8
Hamma namoyish materiallar (chizmalar,grafiklar) uning xarakteriga


qaramasdan rasm deb nomlanadi.
Ilmiy til. Ilmiy ishning tiliga asosiy talab – u dokladmi, hisobotmi yoki
maqolami qat’iy nazar mantiq qoidalari asosida tugallangan fikr bo‘lishi kerak.
Haqiqatdan ham, har qanday ilmiy qo‘lyozma yoki bosma matn muallifning
mantiqiy fikrlashini ifodalaydi. Shuning uchun ilmiy ish eng avval yetarlicha
tushunarli va aniq bo‘lishi kerak.
Stilistik xatolarning sabablaridan biri – bu muallifning asoslanmagan
ilmiylashtirishga intilishidir. Muallifga ilmiydek tuyo‘ladigan jumlalarni yuqori
talaffuz etish uchun notabiiy frazalar tuzish, amalda uning hisobot yozishni
bilmasligini ko‘rsatadi.
Ilmiy so‘z stili – bu shaxsi ko‘rsatilmasdan olib boriladigan monolog bo‘lib
u uchinchi shaxs tomonidan keltiriladi. O‘quvchi yoki eshituvchining hamma
e’tibori muallif shaxsiga emas uning mazmuniga va logic tushuntirilishiga
qaratilgan bo‘lishi kerak.
Ilmiy nashrlarda, hisobotlarda, makolalarda, kitoblarda «mening»
fikrimcha emas «bizning» fikrimizcha degan jumlalardan foydalanish, e’lon
qilinayotgan (chop etilayotgan) ilmiy xulosalarda (natijalar) ijodiy jamoani ham
hissasi borligini e’tirof etadi.
Ilmiy nasharlarda (hisobot, maqola va boshqalarda) atamalardan to‘g‘ri
foydalanish o‘ta muhim. Atama deganda so‘z yoki so‘zlar birligi tushuniladi va
ular ilm-fanda qo‘llaniladigan aniq tushuncha yoki ko‘rinishlarni belgilaydi.
Masalan, xronometroj so‘zi (atama) – ishlab chiqarish jarayonini uning
qismlarini davomiyligini vaqt bo‘yicha o‘lchash yo‘li bilan o‘rganish degani. Bu
bitta so‘z butun bir jumlani almashtiradi.
Umuman atamalarni butun hisobot yoki maqola davomida bir xilligini
buzmaslik lozim. Bir narsani har xil atamaslik kerak. Masalan, bir jumlada elektr
motor boshqasida esa elektr dvigatel deb atash nashriy yoki boshqa ilmiy


9
materialni tushunishni qiyinlashtiradi.



Yüklə 149,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin