Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə100/119
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158773
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   119
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org

21-mavzu. Elektron hukumat
Reja:
1. Elektron hukumat tushunchasi va vazifalari
2. Interaktiv xizmatlar va ular bilan ishlash usullari
3. Elektron hukumatning arxitekturasi


Tayanch so’z va iboralar: elektron hukumat, G2C(Government to Citizens) , G2B(Government to Business) , G2G(Government to Government), integratsiya, me'yoriy-huquqiy baza, interaktiv davlat xizmatlari, tadbirkorlik sub'ektlari, SMS-To'lov, yagona portal.


1. Elektron hukumat tushunchasi va vazifalari
Bugungi kunda "elektron hukumat" tushunchasiga turli ta'rif va tavsiflar berilgan. Ba'zi manbalarda, elektron hukumatga davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish deb qaralsa, boshqalarida elektron hukumat, bu – fuqaro, biznes vakillari, davlat organlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, deb ta'rif berilgan.
Umuman olganda, elektron hukumat, bu – raqamli texnologiyalar, Internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosidadavlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvniichki va tashqi o'zaro munosabatlarda o'zgartirishlar vositasida ishtirokinidoimiy optimallashtirishdir. Elektron hukumat aholiga, tadbirkorlarga va davlatorganlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorliginioshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Elektron hukumat quyidagi asosiy modullardan(tizimlardan) iborat:
  • G2C(Government to Citizens) — Hukumat-fuqarolarga


  • G2B(Government to Business) — Hukumat -biznesga


  • G2G(Government to Government) — Hukumat –hukumatga


"Elektron hukumat"ning yakuniy maqsadi interaktiv xizmatlarini taqdim etishning imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qodirbo'lgan mukammal elektron davlat boshqaruv apparatini yaratishdan iborat.


"Elektron hukumat" joriy etilgach, davlatorganlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi ancha ortadi, davlat organlari xizimatlaridan foydalanish kengayadi va osonlashadi, ularni alohida fuqarolargataqdim etish imkoniyati vujudga keladi, fuqarolarni siyosiy jarayonlarga vadavlat boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga keladi, axborotlardan foydalanish va ularni almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini aholi va biznes vakillariga taqdim etish optimallashadi, fuqarolarni o'z-o'ziga xizmat qilish imkoniyati paydo bo'ladi, shu bilan birga, barcha foydalanuvchilarga davlatxizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq boshqa afzalliklar va qulayliklar taqdim etiladi.
O'zbekistonda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabi elektron hukumatni shakllantirish va joriy etishga katta e'tibor qaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan "2012-2014 yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish varivojlantirish dasturi"ni amalga oshirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi.
Ushbu qarorda 2012-2014 yillar mobaynida O'zbekistonda AKT sohasini, shu jumladan "elektron hukumat"ni rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarori respublikamizda elektron hukumatnijoriy etish va yanada rivojlantirish yo'lida muhim turtki bo'ldi. Mazkur qaror bilan mamlakatimizda "elektron hukumat" tizimini joriy etish va rivojlantirish bo'yicha bir qator loyihalar va chora-tadbirlar belgilandi, ularni amalga oshirish mexanizmlari va muddatlari aniqlandi. Shu bilan birga, Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilindi. Bundan tashqari, davlat organlarining oldiga ularning funktsiya va vazifalarini operativ va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida axborot tizimlarini yaratish va o'zaro integratsiya qilish, davlat organlari faoliyatini avtomatlashtirish kabi bir qator muhim masalalar qo'yildi.
Shuningdek, yuqoridagi hujjatga asosan O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasiqoshida 2 ta yangi markaz - "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta'minlash markazlarini tashkil etildi. Ushbu markazlar oldiga mamlakatimiz axborotresurslari, tizim va tarmoqlarini jadal rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlashdek muhim maqsad va vazifalarqo'yildi.
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazifaoliyati mamlakatimizda davlatning aholi va tadbirkorlik subektlari bilan elektron hamkorlik tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning strategik yo'nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Davlat organlarida foydalaniladigan ma'lumotlarbazasi va axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta'minlaydigan mazkur markaz bu boradagi jahon tendensiyalari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq etadi, elektron hukumat" tizimini rivojlantirish jarayonida tadbirkorlik subektlari va aholiga vaqt va mablag'ni tejagan holdasifatli davlat xizmatlari ko'rsatish, yangi-yangi xizmatlarni elektron ravishga o'tkazish kabi vaziflarni hal etadi.
Axborot xavfsizligini ta'minlash markazining asosiy maqsadi esa"elektron hukumat" tizimi ma'lumotlar bazasi, resurslari va axborot tizimlari kompleksining axborot xavfsizligini ta'minlash, davlat organlarining tegishli resurs va tizimlarining axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko'maklashish, "elektron hukumat" tizimining axborot xavfsizliginita'minlash sohasidagi me'yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish, shuningdek, milliy internet segmentini takomillashtirish borasida ishlarni amalga oshirishdan iborat.
2013 yilning 1 iyulida respublikamizda "elektron hukumat" tizimning eng muhim vositalaridan biri bo'lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi (www.my.gov.uz). Yagonaportalning shiori "Xizmatlar yangiqiyofada" deb nomlanib, uning ma'nosi real vaqt rejimida foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat xizmatlarini yagona nuqta orqali taqdim etishni anglatadi.
Bugungi kunda Yagona portal orqali foydalanuvchilarga 220dan ortiq xizmatlar taqdim etilmoqda. Yagona portal O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013yil 14 fevraldagi PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Obod turmushyili" Davlat dasturiga hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portalifaoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga asosan yaratilgan.
Yagona portalda tadbirkorlik sub'ektlari va aholi uchun yilboshidan 30 ta yangi xizmat va servislar ishga tushirildi. Hozirda foydalanuvchilar, asosan tadbirkorlik sub'ektlari Yagona portal orqali quyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:
  • tekshirishlar reja-jadvalidan elektron ko'chirma olish;


  • tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axbort tizimida tashqi savdo shartnomalaribo'yicha ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish;


  • tadbirkorlik sub'ektlari uchun ularni gaz ta'minlash tarmoqlariga ulanishlari uchun texnikshartlarni taqdim etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish


  • "SMS-To'lov"to'lov tizimi orqali ba'zi turdagi xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish;


  • tadbirkorli sub'ektlari uchun to'lov terminallari bilan ta'minlash, mahalliy avtotransport vositalarini xarid etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish;


  • faoliyatning ba'zi turlari uchun litsenziyalar va ruxsatnomalarni olish uchun arizalarni taqdimetish va h.k.


2014 yilning 1 oktyabrida Yagona portalda tadbirkorliksub'ektining kabineti ishga tushirildi. Ushbu kabinet orqali tadbirkorlik sub'ektlari turli soliq, statistikava boshqa turdagi hisobotlarni shakllantirishlari va yuborishlari, turli to'lovlarni amalga oshirishlari, turli ma'lumotlarni olishlari va boshqa turdagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Respublikamizda "elektronhukumat"ni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, interaktiv davlat xizmatlarini takomillashtirish maqsadida vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub'ektlari uchun quyidagi xizmatlarni joriy etish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish topshirilgan:


    • mutassadi tashkilotlar bilan birgalikda yer uchastkalarini tanlash bo'yicha materiallarni kelishish uchun elektron arizani taqdim etish, shuningdek qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etish;


    • ishlab chiqariluvchi va olib kirilayotgan mahsulotni Milliy sertifikatsiya tizimidan sertifikatsiyadan o'tkazish uchun elektron arizani taqdim etish;


    • tovarva mahsulotlarni vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) uchun ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;


    • reeksport bojxona rejimida tovarlarni joylashtirish uchun ruxsatnomani olish uchun elektron ariza taqdim etish va h.k.





Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin