Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari


Elektron hukumatning arxitekturasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə102/119
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158773
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   119
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org

3. Elektron hukumatning arxitekturasi
“Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari doirasida 2014-2016 yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi amalga oshiriladi. Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga ma’lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.
Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish 2013 yilda ishga tushirilgan Yagona portal orqali amalga oshirilmoqda.
Dasturga muvofiq, “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish maqsadida ochiq kalitlar bazasida Yagoan identifikatsiya tizimini yaratish loyihasini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslar, transport, kadastr, ko‘chmas mulk, ma’lumot va klassifikatorlar jam qilingan milliy ma’lumotlar bazasi va reyestri, axborot tizimlarini rivojlantirish “elektron hukumat”ni samarali etishning muhim bosqichi hisoblanadi.
Shundan so‘ng, aholi va tadbirkorlarga davlat organlari xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish, davlat organlariga o‘z faoliyatlarini optimallashtirish, samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi O‘zbekistonda axborot jamiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatning jahon axborot makoniga yanada integratsiyalashuvida yangidan-yangi imkoniyatlarning yaratilishida muhim huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.

21.1-rasm. E-hukumat arxitekturasi
Elektron hukumat: Texnologik tamoyillar.
Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O’zbekiston elektron hukumat tizimi ham).
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga;
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga;
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga;
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga.
Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N (Government to third sector) – Davlat-uchinchi sektor.
Endi mazkur yo’nalishlarni batafsil tahlil qilsak:
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga – bunda Davlat boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o’zaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi.
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa, fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o’zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to’lovlar bo’yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga – bu tizimda, Davlat va xorijlik shaxslar o’rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza masalalari, investitsiyalar, ta’lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko’rsatilishi nazarda tutiladi.
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesgamazkur tizim esa, yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, shuningdek, davlat yig’imlari, to’lovlar va ho kazolarni on-layn amalga oshirish, hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko’zlanadi.
“Elektron hukumat” tizimi doirasida o`zaro munosobatning asosiy shakllari quyidagilar hisoblanadi:
  • davlat organlarining aholi bilan o`zaro axborot munosoboti;


  • davlat organlarining tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro axborot munisabati;


  • davlat organlarining o`zaro axborot munosabati.


“Elektron hukumat” tizimini shakllantirish samaradorligining muhim ko`rsatkichlaridan biri bo`lib, interaktiv davlat xizmatlarini ko`rsatish va ulardan foydalanish huquqini ta`minlash tartibiga muvofiq elektron ko`rinishdagi ustuvor davlat xizmatlarini joriy etish hisoblanadi.


“Elektron hukumat” tizimi orqali amalga oshiriladigan interaktiv davlat xizmatlari, yuqorida sanab o`tilgan yo`nalishlarga muvofiq guruhlangan bo`lishi lozim.
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi – statistika sohasida yaxlit statistik axborot tizimini yaratish va faoliyat yuritishiga yo`naltirilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi davlat hokimiyatining ijro etuvchi organidir.
Davlat statistika organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning asosiy maqsadi – statistik ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishdir. Bunga, respublikada sodir bo`layotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari haqidagi statistika axborotlarini yig`ish, qayta ishlash, to`plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etish kiradi.
Hozirgi vaqtda, tuman va shahar statistika bo`limlarini o`z ichiga olgan Davlat statistika qo`mitasining korporativ axborot tarmog`i faoliyat yuritmoqda. Davlat statistika organlarining barcha axborot resurslari, axborot tizimlari, dasturiy-apparat ta`minoti va telekommunikatsiya vositalarini o`zida mujassamlashtirgan Davlat statistika qo`mitasining Yagona axborot tizimi shakllantirilgan.
Davlat statistika qo`mitasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, davlat statistika organlari tomonidan 14 ta xizmatlar taqdim etilmoqda, ulardan 10 tasi interaktiv ko`rinishda http://www.stat.uz rasmiy sayti orqali amalga oshirilmoqda. Aholi va biznes uchun davlat xizmatlarini taqdim etishni maqbullashtirish hamda ularning ochiqligi va sifatliligini oshirish bo`yicha muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda.
“Elektron hukumat” tizimida, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha statistik ma`lumotlarning samarali qayta ishlanishi va saqlanishini ta`minlash, shuningdek hududiy joylashishidan qat`iy nazar, barcha darajadagi boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga axborotlarni o`z vaqtida va to`liq taqdim etish mexanizmlarini yaratish ko`zda tutilmoqda. Shu munosabat bilan, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish uchun, davlat statistika organlarida AKTdan keng foydalanish asosida statistika faoliyatining samaradorligini oshirish, axborot-tahlil jarayonlari tizimini takomillashtirish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Davlat statistika organlari, fuqarolar va tashkilotlarning axborot jamiyati sharoitlarida faoliyat yuritishlariga imkon beruvchi me`yoriy-huquqiy va uslubiy asoslar shakllantirilmoqda.
Interaktiv xizmatlarning rivojlanishi, ulardan foydalanishning soddaligi va saytning har qanday tashrif buyuruvchisiga qulayligi, davlat statistika organlarining ochiqligini, aholi va tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro munosabatlari jarayonlari esa uni yanada shaffofligini ta`minlaydi.
O’zbekistonda Elektron hukumat tizimini shakllantirish va amaliyotga joriy qilish borasidagi ilk portal bu – O’zbekiston Respublikasi Hukumati portali – www.gov.uz bazasida boshlangan edi. Hukumat portalining asosiy sahifasida, saytga tashrif buyuruvchining e’tiboriga yaqqol tashlanadigan joyda alohida ajratib ko’rsatilgan havola-tugmalar orqali taqdim etilgan. Bu, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlarining veb-saytlarida taqdim etilayotgan interaktiv xizmatlarning yaxlit majmuasini tashkil qilib, zaruriy aloqa shakllari va giperhavolalar bilan ta’minlangan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, hukumat portali – www.gov.uz dagi interaktiv davlat xizmatlari tizimi, Yagona Portal (YDIXP)dagidan bir oz farq qiladi va u Interaktiv davlat xizmatlari uchun maxsus alohida portal – www.my.gov.uz tashkillangan va samarali faoliyat olib borayotgan bugungi kunda ham o’z funksional vazifalari hamda dolzarbligini saqlab kelmoqda. 2012 yil so’ngida, ya’ni Yagona Portal hali mavjud bo’lmagan davrda, Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari soni 91 tani tashkil etar edi.
Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari 27 ta tegishli bo’limlarga ajratilgan bo’lib, ulardan 11 tasi fuqarolar va biznesga (G2C va G2B) mo’ljallangan:


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin