18.1–rasm. O’zbekiston bank tizimi
Bank tizmida axborot kommunikatsion texnologiyalarini rivojlanishi quyidagilarga imkon beradi (4.1.2-rasm):
bank texnologiyalari, buxgalter hisobi va auditida tubdan o‘zgarishlar olib borish;
bank xizmatlarining yangi spektrlarini: real vaqt rejimida banklararo hisobni; mijozlarga interfaol bank xizmatlarini (avtomatlashgan bank kioskalari, intelektual bpnk videotelefonlari, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari va hokazolar);
elektron hujjatlardan foydalanish uchun qog‘ozli hujjatlardan voz kechish;
intelektual plastik karta, elektron hamyon, raqamli naqd pullarga va hokazolarga o‘tish.
18.2-rasm. Naqd pulsiz hisoblar axborot texnologiyalarining infratuzilmasi
Bank operatsiyalari va xizmatlari
Umuman olganda, tijorat banklarining operatsiya va xizmatlari etarlicha murakkab bo‘ladi. 18.3-rasmda bugungi kunda bank ishining zamonaviy nazariyasida qabul qilingan sxemasi keltirilgan.
18.3-rasm. Tijorat banklari operatsiyalari tasnifi
Passiv operatsiyalar - bu tijorat banklarining resurslari shakllanishini ta’minlovchi operatsiyalar majmuidir. Tijorat bankining resurslari shaxsiy va jalb etilgan vositalar hisobiga shakllantirilgan bo‘lishi mumkin. Shaxsiy vositalarning asosiy elementi bankning iqtisodiy barqarorligiga kafolat bo‘ladigan nizom fondidir.
Jalb etilgan vositalar — yuridik shaxslarning hisob-kitobi; O’zbekiston va chet el valyutasida yo‘qlab olinadigan va tezkor depozitlar; bozorda O’zbekiston va chet el valyutasidagi depozit, omonat sertifikatlari, obligatsiya, shaxsiy veksellar sertifikat shaklidagi qarz majburiyatlariga e’tibor qaratish; banklararo kreditlar; auksionda egallanganyoki O‘zRMBda olingan markazlashtirilgan resurslar, bundan tashqari, O‘zRMBdan olingan qarzlar; korrespondent va depozitli banklararo hisobda saqlangan boshqa banklar vositalaridir.
Faol operatsiyalar — bankning shaxsiy va jalb etilgan vositalarini foyda olish uchun joylash bo‘yicha operatsiyalar. Bankning faol operatsiyalari ularning iqtisodiy tarkibiga ko‘ra kredit (qarz), investitsion, kafolatli va qimmatbaho qog‘ozlar operatsiyasiga bo‘linadi. Kredit operatsiyalari bank faollari moddalari tuzilishida yuqori o‘ringa ega.
Bankning investitsion operatsiyalari — bank tomonidan qimmatbaho qog‘ozlarda, bank bo‘lmagan tuzilishdagi o‘zining vositalarini qo‘shma xo‘jalik-moliyaviy va tijorat faoliyat maqsadida, shuningdek, boshqa kredit tashkilotlarida muddatli omonat shaklida investitsiyalash bo‘yicha operatsiyalar.
Kafolatli operatsiyalar — bank tomonidan ma’luum shartlar yuzaga kelganda mijozning qarzini uchinchi shaxsga to‘lash kafolati (kafilligi) berish bo‘yicha operatsiyalar. Qimmatbaho qog‘ozlar bilan operatsiya fond birjalarida bahosi belgilangan qimmatbaho qog‘ozlar, shuningdek, veksellar (hisobot va qayta hisobot operatsiyalari, veksellarning protesti, inkassa, domitsilyasiya, aksept, veksellar indossotsiyasi bo‘yicha, veksel qog‘ozlarini berish, saqlash, ularni auksionda sotish operatsiyalair) operatsiyasi.
Komission operatsiyalar — bu bank mijozlar topshirig‘iga ko‘ra bajaradigan va ulardan to‘lovni komission shaklda undiradi. Ushbu operatsiyalar soni doimiy ravishda o‘sadi, ularning amalga oshishida esa bankni shaxsiy yoki jalb etilgan vositalar chalg‘itolmaydi.
Dostları ilə paylaş: |