Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishning “o‘zbek” modeli
V nauchnoy state obosnovыvaetsya ideya o tom, chto “uzbekskaya model” razvitiya yavlyaetsya nauchno-teoreticheskim vыrajeniem izbrannogo nami puti. Na segodnyashniy den “uzbekskaya model” yavlyaetsya selostnыm ucheniem, na osnove statisticheskix materialov gluboko proanalizirovano to, chto ona nashla svoe vыrajenie v sotsialno-politicheskoy, ekonomicheskoy, kulturnoy jizni nashey stranы. Krome togo, v state osveщaetsya sut izvestnыx pyati prinsipov, lejaщix v osnove “uzbekskoy modeli” razvitiya, sostavlyayuщix osnovu ukrepleniya ekonomicheskoy i sotsialnoy bezopasnosti stranы, stabilnosti, posledovatelnogo ekonomicheskogo rosta, veduщix k blagopoluchnoy jizni. The article proves the idea that the "Uzbek model" of development is scientifictheoretical expression of the way elected by Uzbekistan. Today the "Uzbek model" is the complete doctrine; on the basis of statistical materials the fact that it found the expression in socio-political, economic, cultural life of the country is deeply analysed. Besides, in the article there elucidated the essence of the known five principles which are the cornerstone of the "Uzbek model" of development that makes the basis of strengthening of economic and social security of the country, the stability, consecutive economic growth leading to safe life. Kalitli so‘zlar:taraqqiyotning «o‘zbek modeli», iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, davlat – bosh islohotchi, qonunning ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish, xavfsizlik, milliy xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik, retsessiya, barqarorlik, iqtisodiy o‘sish, aholi daromadlari, tadbirkorlikdan kelgan daromad, Jini indeksi, farovonlik. Tarixdan ma’lumki, o‘z mamlakati milliy manfaatlarini hisobga olmay, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlash mumkin emas. Turli xorijiy mamlakatlar taraqqiyot modeliga ko‘r-ko‘rona tayanib, ish tutgan MDH doirasidagi ayrim mamlakatlarda islohotlarda depsinish hollari, tashqi qarzga botish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ochilib, o‘zining zaif tomonlarini ko‘rsatdi.
Dunyoda XX asrning boshlarida mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining Amerika va Yevropa modellari, Ikkinchi jahon urushidan keyin esa o‘ziga xos
Germaniya va Yaponiya modellari shakllandi. Keyinchalik o‘zini to‘liq oqlagan Janubiy Koreya, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida taraqqiyot modellari yuzaga keldi. Shuningdek, mustaqillikka erishgan Osiyo va Afrika mamlakatlarida ko‘proq boshqa modellardan andoza olingan yo‘llar tanlandi. Lekin ushbu davlatlar tajribasi biron bir davlatning rivojlanish yo‘lini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilib bo‘lmasligini amalda isbotladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning turli modellari barcha mamlakatlarni bitta manzilga – erkin bozor iqtisodiyoti tizimiga olib keladi. Ammo, bozor munosabatlari shakllanishining ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy va xalqaro sharoiti har xil bo‘lganligi tufayli, unga o‘tishning milliy xususiyatlari ham mavjud bo‘ladi.
Shu nuqtai nazardan biror mamlakatning taraqqiyot yo‘lini yoki taraqqiyot modelini borligicha qabul qilib bo‘lmaydi. Fransiyada chop etiladigan «Liberason» gazetasi muxbirining «Turkiya modeli» xususida bergan savoliga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagicha javob bergan edi: «Turkiya bozor munosabatlari yo‘liga o‘tib erishgan tub o‘zgarishlari bilan ham hurmatga loyiqdir. Biroq, mustaqil O‘zbekiston Turkiya yo‘lidan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirmoqchi emas. Odamzod birovning bo‘yiga qarab o‘ziga to‘n bichmaydi» [1; B.11.]. Joriy yilning 8 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqida xaqli ravishda ta’kidlaganidek: «Zamonaviy O‘zbekistonning tarixi - bu mamlakatimizning haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida Islom Abdug‘anievich Karimov rahnamoligida olib borilgan o‘ta murakkab va og‘ir kurashlar tarixidir» [2].
Chorak asr mobaynida umrboqiy modelga aylanib ulgurgan, jamiyatimizni isloh etish, demokratlashtirish va liberallashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha puxta o‘ylangan, dunyoda «o‘zbek modeli» nomi bilan tan olingan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish orqali O‘zbekiston zamonaviy jadal va barqaror rivojlanib borayotgan davlatga aylandi. Nima uchun degan savol tug‘iladi? Chunki, taraqqiyotning «O‘zbek modeli» ma’naviy mezonlarga asoslangan. Mustaqillikning o‘tgan 25 yili mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini isloh qilish bilan xalqning ma’naviyati va ruhiyatini yangilashning birligi qoidasiga amal qilinganini ko‘rsatadi. Bu qoida o‘zining hayotiyligini to‘lato‘kis isbotladi. Xalqimizga xos bo‘lgan ma’naviy va ahloqiy ulug‘vorlik O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri qiyinchiliklarini yengib o‘tishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli» da avvalo, «mamlakatni iqtisodiy tanglik, chuqur inqirozdan chiqish yo‘li, faqat rivojlanish yo‘lida ilgarilama harakat»mujassam. Ma’naviy mezonlarga asoslangan taraqqiyotning «o‘zbek modeli» «mamlakat hayotida ro‘y berayotgan barcha ijobiy siljishlar mohiyatan madaniyat, zamin, oila va jamoaga tayanishi kerak» degan maqsad, muddaoga eltuvchi xosiyatli g‘oyaga asoslanildi. Mustaqillikning ilk yillaridanoq yangi O‘zbekistondagi siyosiy va iqtisodiy o‘nglanish va rivojlanishga intilishlarni harakatlantiruvchi kuchi ham aslida shu bo‘ldi.
Fikrimizning tasdig‘i sifatida xalqaro ekspertlar L. Levitin, D.S. Karlayllarning quyidagi so‘zlarini keltiramiz: «Bu Prezident Islom
Karimov yo‘li. U yangi mustaqil davlatlar rahbarlaridan birinchi bo‘lib, tanglikdan chiqishni o‘z xalqining kuch-qudrati, tarixi, an’analari, uning hayratomuz milliy xususiyati hamda mamlakatning boy tabiiy resurslari biln bog‘ladi. Albatta, bu yo‘l ravon emas edi, unga anvoiy gullarni sepib, kutib ham o‘tirgani yo‘q edi. Biroq u muvaffaqiyatlar keltirgan yagona to‘g‘ri yo‘l bo‘lib chiqdi» [3; B. 157.].
Jamiyat taraqqiyotida ma’naviyatning o‘rni beqiyos. Shu o‘rinda davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 23 fevralda bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasida qilgan ma’ruzaga murojaat etamiz: «Biz iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni ma’naviy o‘nglash, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishini istaymiz... Ma’naviyat va iqtisod bir-birini inkor etmaydi, balki bir-birini quvvatlab, o‘zaro ta’sirlanib rivojlanib boradi. Milliy kamolot yo‘li mana shu» [4; 35-b.].
Davlatimizning ma’naviy strategiyasi xalqimizning ma’rifatga, ta’limga, adolatga, axloqqa, halollikka intilishi bilan ifodalanadigan hamda tabiati yuksak ma’naviyatga tayanadigan mentalitetiga asoslanadi.
XX asrning 80- va 90-yillarning boshlarida dunyoda sodir bo‘lgan olamshumul o‘zgarishlar hozirgi zamon iqtisodiy tafakkuriga hamda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi qarashlarga jiddiy o‘zgartishlar kiritdi. Erkin iqtisodiy tartibga solish g‘oyasi ham, markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish g‘oyasi ham inqirozga uchradi.
Shunday bir murakkab sharoitda, milliy tariximizning eng keskin va tahlikali davrida, millatlararo to‘qnashuvlar va boshqa ziddiyatlar avj olgan, mamlakatimizda fuqarolar urushi xavfi yuzaga kelgan, iqtisodiyot chuqur inqirozga uchragan, bir so‘z bilan aytganda, eski zamonning umri tugab, yangi zamon boshlanayotgan bir paytda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov chuqur iqtisodiy, moliyaviy va ma’naviy inqirozdan chiqishda «Nimadan boshlamoq kerak?» degan savolga: «Eng muhimi – ijtimoiy larzalarsiz, qat’iyat va izchillik bilan bozor munosabatlariga o‘tish, jamiki kuch-qudrat va boyliklardan samarali foydalanishni, xalq xo‘jaligining barqaror rivojlanishini, respublikaning turmush darajasi yuksak bo‘lgan, iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga chiqib olishini ta’minlaydigan qudratli iqtisodiy negizni vujudga keltirayotgan davlatchilikning mustahkam poydevorini barpo etish kerak» [4; 278-b.] deb aholini keng qatlamiga islohotlarning mohiyati, vazifalari oqibatlari, bozor iqtisodiyotini qiyinchiliklari va afzalliklari, bozor iqtisodiyotiga o‘tish modellarini anglatishdek muhim vazifalarga e’tibor qaratar edilar.
Shu bois ham, buyuk davlat arbobi Islom Karimov O‘zbekistonning islohotlar strategiyasida mazkur muammolarni darhol, bir zumda hal qilib bo‘lmasligi ravshanligini inobatga oladi. Buning uchun ancha uzoq davr, aniq maqsadni ko‘zlab fidokorona mehnat qilish, eng muhimi, iqtisodiy islohotlarning aniq-ravshan, amaliy dasturi ishlab chiqildi va u izchillik bilan amalda joriy qilindi.
Yuqorida bayon etilganlardan anglashiladiki, Islom Karimov O‘zbekistonning o‘z yo‘li, o‘z taraqqiyot modeli bo‘lishi zarur degan fikrining naqadar to‘g‘ri ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib berdi.
Strategik tafakkur sohibi Islom Karimov, agar boshqalardan aynan nusxa olinsa, mamlakatning o‘ziga xos shart-sharoitlari, mavjud imkoniyatlari, xorijiy mamlakatlar bilan ko‘p yillar davomida tarkib topgan iqtisodiy hamda ma’naviy aloqalari e’tibordan chetda qolishi muqarrarligini o‘sha vaqtning o‘zida donishmandlarcha ko‘ra bilgan edi. Shuning uchun «Respublikada iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishga tubdan yangicha yondashuvni, bunda sifat jihatidan yangi vazifalar hamda sharoitlarni, amaliy tajribani hisobga olishni, asosan o‘z kuchiga tayanishni hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishda respublikaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladigan, O‘zbekistonning o‘tmishi, hozirgi kuni va kelgusi taraqqiyotiga to‘la-to‘kis mos keladigan mutlaqo yangi andoza, o‘ziga xos yo‘l zarur. Eng muhimi – bizning bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurishdan boshqa yo‘limiz yo‘q. To‘plangan tajriba, ilmiy tahlil (analiz) va aql-idrok shundan dalolat bermoqda» [5; 276-277 b. ].
Zamonamizning ulug‘ siyosatchisi Islom Karimov tomonidan O‘zbekistonning taraqqiyotiga to‘la-to‘kis mos keladigan modelini yaratishda puxta o‘ylangan, shoshma-shosharlikdan xoli bo‘lgan, dunyo tajribasiga tayanilgan, maqbul, O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlari, tabiiy, demografik shart-sharoiti, mavjud resurslari, qariyb 75 yil mobaynida chetdan tiqishtirilgan yagona «sovet turmush tarzi» oqibatlari chuqur tahlil qilindi.
Bunday sharoitda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘li va andozasini tanlab olish juda katta ahamiyatga molik bo‘ldi. «Bu yo‘l va andoza iqtisodiyoti bozor munosabatlari asosiga qurilgan rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasiga, shuningdek O‘zbekiston xalqining milliy, tarixiy merosi, turmush tarzi, an’analari va ruhiyati xususiyatlariga tayanishi lozim» [5; 276-b.] edi.
O‘zbekistonni huquqiy demokratik davlat sifatida qaror toptirishning dasturiy qoidalari, respublikaning bozor munosabatlariga o‘tish, ichki va tashqi siyosatni shakllantirish prinsiplari, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy ustuvorliklari va yo‘nalishlari dastlab «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» (1992), «O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» (1993), «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» (1995) fundamental asarlarida bayon qilib berilgan.
Taraqqiyotning «O‘zbek modeli» O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xalq ishtirokida ishlab chiqilgan ilg‘or falsafiy, siyosiy, iqtisodiy tafakkurining mahsuli ekanligi xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi. «Model» bevosita ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy voqelikni nazariy ifodalovchi yaxlit ta’limotdir. Bu ta’limot orqali O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi samarali amalga oshirildi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston mustabid tuzumning xomashyo bazasi bo‘lmish markaz manfaatlariga qat’iy bo‘ysunuvchi yagona tizim zanjiriga qo‘l-oyog‘i, har bir hujayrasi bilan chambarchas bog‘lab tashlangan edi. O‘tgan asrning 90yillarida mamlakatimizda vujudga kelgan murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tanglik hamda ma’naviy parokandalik davlat va jamiyat boshqaruviga oid yuksak professionalizmni talab etardi.
O‘zbekistonning rahbarlik strategiyasida «yakdillik, iymon va insof, so‘z va ish birligi insonparvarlik – biz qurajak jamiyatning tamal toshlaridan biri» [6; 28-b.] ekanligi belgilab qo‘yildi.
Rahbarlik strategiyasi o‘zida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy asoslarini mujassam etgan «O‘zbek modeli» mamlakatimizning 25 yillik taraqqiyot yo‘lida go‘zal va betakror yurtimizni dunyo iqtisodiyoti, siyosati va madaniyatida munosib o‘rin egallashiga olib keldi. Ochiq raqobatga chidamli, jahon iqtisodiyotiga kira oladigan yangi iqtisodiyot yaratdi.
Xorijiy davlatlarning ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon, ekspert, madaniy-gumanitar va jamoatchilik doiralari vakillari O‘zbekistonda ta’minlanayotgan tinchlik, yuritilayotgan oqilona ichki va tashqi siyosatini munosib baholamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston tarixan qisqa davr ichida tom ma’nodagi yangi, mustaqil davlatga aylandi. Mamlakatda barcha sohalarda erishilgan muvaffaqiyatlarning bosh negiziga – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanishning «O‘zbek modeli»ga bugungi kunda dunyoning qator davlatlari katta e’tibor bilan qaramoqda. Mazkur model jahondagi ko‘plab oliy ta’lim muassasalarida tadqiq qilinmoqda. Rivojlanishning ushbu modeli bugungi kunda O‘zbekistonda o‘zining ravon yo‘liga tushib olgani bois so‘nggi o‘n ikki yil ichida yalpi ichki mahsulot o‘sishi hajmi barqaror ravishda yiliga 8 foizdan kam bo‘lmagan darajada saqlanmoqda.
Taraqqiyotning «O‘zbek modeli» iqtisodiyot va siyosat ilmiy rivojini aks ettirgan ilg‘or iqtisodiy va siyosiy tafakkur hosilasidir. Ushbu ta’limot negizini milliy iqtisod, makroiqtisodiy jarayonlarni tartibga solish, bozor iqtisodiyotining rolini bo‘rttirmaslik, hatto davlatning iqtisodiyotga aralashuvi borasida me’yoriy chegaradan chiqmaslik, tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash ishlab chiqarish, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiyasini ta’minlash, milliy iqtisodiyotning real va moliya sektorini qo‘llab-quvvatlash, oqilona monetar fiskal siyosat, o‘tkazish, ya’ni pul muomalasi buzilishlarining oldini olish, inflyatsiyani jilovlash, antiinflyatsion siyosatni asoslash, xullas, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligini ta’minlash kabi nazariy g‘oyalar tashkil qiladi. Bu g‘oyalar mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligini ta’minlash va mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Taraqqiyotning «O‘zbek modeli» milliy iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘nalishini kuchaytirish maqsadini ko‘zlagan. Shu bois ham bugun mamlakatimizda mustahkamlanib borayotgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti «insonga munosib turmush tarzi», «baxtiyorlik ato etish» g‘oyalariga asoslangandir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoyili – yaxlit nazariya, ta’limotdir. Bu ta’limot totalitar tizimdan, nochor iqtisodiy ishlab chiqarish, chuqur retsessiya holatidan samarali iqtisodiyot – bozor iqtisodiyotiga o‘tishning qonun-qoidalari va ko‘p qirrali iqtisodiyotni qaror toptirish, xususiy mulkchilikni rivojlantirish orqali O‘zbekistonni zamonaviy, rivojlangan davlatga aytantirishga oid ilmiy qarashlar majmuidan iborat.
Ta’kidlash o‘rinliki, taraqqiyotning «O‘zbek modeli» ning ilk kurtaklari iqtisodiyotni porokandalikdan, inqirozdan olib chiqish samarali iqtisodiyot yaratish g‘oyalari mustaqillikka qadar, 1989 yil 24 iyundagi yetuk davlat arbobi Islom Karimovning «Biz bundan buyon eskicha yashay olmaymiz va zamonning o‘zi bunga yo‘l qo‘ymaydi» nomli mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida siyosiy burilishni o‘zida ifoda etgan nutqi, «O‘tmishdan saboq chiqarib kelajakka ishonch bilan» mavzusida 1990 yil 5 iyundagi ma’ruzasida hamda 1991 yil 29 yanvarda «Hammasiga o‘zimiz erishmog‘imiz zarur» mavzusida «Izvestiya» gazetasi muxbirining savollariga javoblarida bayon etilgan edi.
Taraqqiyotning «O‘zbek modeli» yaxlit ta’limot sifatida shakllanishi mamlakatimizning siyosiy mustaqilligini qo‘lga kiritish bilan bog‘liqdir. Aynan mustaqillik sharoitida O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zida mujassamlashtirgan modelni yaratish imkoniyatiga ega bo‘lganligini ta’kidlash joiz. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev: «Islom Abdug‘anievich «Iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan siyosiy mustaqillikni ta’minlab bo‘lmaydi» [2] degan tamoyil va eng muhim ustuvor vazifani amalga oshirishni strategik masala deb hisoblar edilar» deb alohida qayd etganlarida buyuk Yo‘lboshchi Islom Karimovning o‘lmas g‘oyalari va yetakchi fikrlariga tayanish va suyanish zarurligini chuqur anglash lozim.
Taraqqiyotning «O‘zbek modeli» dastlab umumlashgan holda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning «O‘zbekiston: bozor munosabatlriga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li», «O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari» fundamental asarlarida bayon etilgan va malakatimiz va dunyo iqtisodiy tafakkuri tarixida o‘ziga xos sahifa bo‘lib, shubhasiz erkin izlanishlar mevasidir. Gap shundaki, O‘zbekiston totalitar sovet tizimi, Sovet imperiyasi tarkibida rivojlandi. O‘zbekiston xalqi sovet jamiyatidan ro‘shnolik ko‘rmadi. Totalitar, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisod O‘zbekistonni qoloqlikka mahkum etdi. Resurslarimiz ayovsiz ishlatildi va tashib ketildi. Natijada O‘zbekiston resurslarga boy mamlakat bo‘la turib, iqtisodiy taraqqiyotda ko‘pgina Sharq mamlakatlaridan orqada qolib ketdi. 1989-1990 yili aholi jon boshiga ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda ko‘rsatkichi havas qiladigan darajada emas edi. Ishlab chiqarish, iqtisodiyotning o‘sish sur’ati, uning tuzilishi, tarkibining yangilanishi, ya’ni modernizatsiya va diversifikatsiyasi jihatidan dunyo talablaridan ancha orqada qoldi. Yuqorida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat O‘zbekistonni iqtisodiy yangilanishga muhtoj ekanligini, buning uchun taraqqiyot yo‘lini tanlab olish va uning konsepsiyasini yaratishni tarix O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov zimmasiga yukladi. Iqtisodiy inqirozdan chiqish, iqtisodiy yuksalish uchun nima zarur? degan savol turar edi.
Butun dunyo tajribasiga asoslanib O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston: bozor munosabatlriga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarida «jahon sivilizatsiyasi ijtimoiy taraqqiyotining sifat jihatidan yangi yo‘llarini ishlab chiqdi, tartibga solingan bozor iqtisodiyoti mana shu yo‘lga asos qilib olingan» [5; 274-360-b.], degan fikriga suyansa-da, ammo bu taraqqiyot yo‘lini andozasini, modelini ko‘r-ko‘rona qabul qilib bo‘lmasligiga yangi jamiyat barpo etish borasida o‘z andozasini ishlab chiqishga ishora etgan edi.
Yaxlit ta’limot ifodasi bo‘lgan «O‘zbek modeli» O‘zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o‘tishida o‘ziga xos sharoitlarni hisobga olish va shakllantirib borishni, unga bosqichma-bosqich, xalqni himoya qilib, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash orqali o‘tish maqsadini ko‘zlagan edi.
«O‘zbek modeli» ning muhim strategik jihati shundaki, u dunyo tamaddunining taraqqiyot tajribasiga asoslanadi: «bozor munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda tekis, benuqson kechmaganligini inobatga oladi.
Taraqqiyotning «O‘zbek modeli»ning qudrati yana shundaki, u umuminsoniy istiqbol yo‘lini tanladi. Bu model O‘zbekistonni kelajakda iqtisodiyoti rivojlangan, demokratiya rivoj topgan davlatga aytantirish maqsadini ko‘zlagan edi.
Taraqqiyotning «O‘zbek modeli» «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat» degan ilmiy xulosaga tayandi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: «Respublikaning bozor munosabatlariga o‘tishida o‘z yo‘lidan izchillik bilan borishi demokratik o‘zgarishlar, respublikani rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqish uni xalqaro obro‘-e’tiborini mustahkamlash uchun puxta moddiy negiz yaratadi» [5; 227-b.] degan o‘lmas g‘oyasi bugun o‘z tasdig‘ini topdi .
Buyuk Yo‘lboshchi Islom Karimovning beqiyos tafakkurini o‘zida mujassam etgan boqiy modelning nazariy asosini bozor iqtisodiyotiga o‘tishning mashhur besh tamoyili tashkil etadi, uning muhim xususiyati bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi o‘z yo‘li bu ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘li bo‘lib mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligini mustahkamlash maqsadini ko‘zlaydi. Islom Karimovning muallifligida ishlab chiqilgan «O‘zbek modeli» yangi iqtisodiy tizim yaratish zamirida inson manfaatini yuzaga chiqarish, uning mehnatini qadrlash, aholining nochor qatlamlarini ijtimoiy himoyalash maqsadlari ustuvor bo‘lib mamlakatimizda «Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun» degan ezgu g‘oyaga tayanib ish ko‘rildi. Shu o‘rinda noyob iqtisodiy tafakkur sohibi Islom Karimovning 1993 yil 6 sentyabrda xalqaro banklar konferensiyasi ochilish marosimidagi so‘zlagan nutqida: «Islohotlarning ishlab chiqilgan andozasi mavhum tadqiqotlar mevasi emas, aksincha, mavjud voqelikka asoslangandir. Jahonning 70 mamlakatidan 1500 nafar yirik olim va ishbilarmonlar vakillari ishtirokida Moskvada o‘tkazilgan xalqaro iqtisodiy uyushmaning X jahon kongressi qatnashchilari O‘zbekistonning bozorga o‘tish dasturi sobiq Ittifoq respublikalari orasida eng samarali ekanligini e’tirof etganlari ham bu fikrni tasdiqlaydi»deganlarida yuqorida qayd etilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning beshta tamoyili «O‘zbek modeli»ning puxta ishlangan ilmiy-nazariy asosi ekanligini nazarda tutgan edi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, «O‘zbek modeli» bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi dunyoda mavjud modellarning ko‘chirmasi emas. Bu mazmunan O‘zbekistonning o‘ziga xos yangi modelidir.
O‘zbekistonning tanlagan yo‘li konstitutsion asosga ega, respublika manfaatlari, shart-sharoiti va xususiyatlariga to‘la mos keladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasi quyidagi besh prinsipga asoslangan:
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi;
Davlat – bosh islohotchi;
Qonun ustuvorligi;
Kuchli ijtimoiy siyosat;
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish.
O‘zbekistonda davlat boshqaruvi «O‘zbek modeli»ning asosini tashkil etuvchi bozor iqtisodiyotiga o‘tishning beshta muhim, bir-biridan ajralmas tamoyillariga asoslanadi. Tamoyil deganda, aslida rahbariy qoida tushuniladi. O‘tgan vaqt mobaynida «O‘zbek modeli» o‘zining real voqelik ekanligi bilan butun dunyoga bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh rahbariy qoidasining ilmiy, nazariy jihatdan asoslanganligini ko‘rsatdi. «O‘zbek modeli» amalda o‘zini oqlagan, yorug‘ istiqbolimizni belgilab bergan taraqqiyot yo‘lidir.
Bugungi kunda bu prinsiplarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi demokratik jarayonlarni obro‘mand qilishning moddiy asosi bo‘lgan, mamlakat iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy xavfsizligini mustahkamlovchi omil – izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga erishildi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridanoq bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini tanlab, uni izchil amalga oshirishi natijasida hamda milliy va iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash strategiyasi bois Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib, davlatning ichki va tashqi qarzlari haddan ziyod oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmaslikka erishgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Raqamlar bu haqida dalolat beradi. 1991-1995 yillarda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning pasayishi, MDH davlatlari o‘rtasida eng kam ko‘rsatkichni - 18,8 foizni tashkil etdi. Holbuki, bu raqam Rossiyada - 53 foiz, Ukrainada - 52 foiz, Belorussiyada - 54,6 foiz, Qozog‘istonda esa 75,4 foizga teng bo‘lgan.
O‘zbekiston iqtisodiyoti 1997-2003 yillar davomida yiliga 3,8-5,2 foiz o‘sish darajasida o‘rtacha sur’atlar bilan rivojlandi [7; 13-b.].
Mamlakatimizda avvalboshdanoq iqtisodiyotni yangilash siyosati tutildiki, bu dastlab iqtisodiy barqarorlik, so‘ngra 1997 yildan boshlab iqtisodiy o‘sish ta’minlanishiga olib keldi. Iqtisodiy o‘sish asta-sekin ijtimoiy tengsizlikni qisqartira boshladi. Buning natijasida milliy iqtisodiyotimizning ijtimoiy yo‘nalishi kuch oldi. Bu, albatta, ijtimoiy keskinlikka yo‘l qo‘ymaslikning muhim omiliga aylandi.
Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” Markazdan meros bo‘lib qolgan qoloq iqtisodiyotni tikladi va asta-sekin yuksaltirdi. Natijada iqtisodiyotimizda jiddiy tarkibiy o‘zgarish va yangilanishlar yuz berdi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylangan mashinasozlik va avtomobilsozlik, kimyo va neft-kimyo sanoati, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari sanoati, farmasevtika va mebelsozlik jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Ta’kidlash o‘rinliki 1991-1992 yillarda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining kichik biznes va xususiy tadbirkorlar tomonidan 1,5-2,0 foizigina ishlab chiqarilar edi. Sababi, o‘sha damlarda xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida farmonlar va ularga muvofiq ravishda qabul qilingan fermerlikni rivojlantirishga doir hukumat qarorlari joylarda korrupsiyaga berilgan ma’muriy-buyruqboz amaldorlarining keskin qarshiligiga duch kelgan.
Qulay ishchan muhit yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarining natijasi sifatida «O‘zbekiston iqtisodiyoti qariyb 6 marta o‘sdi. Unda sanoatning ulushi 14 foizdan 34 foizga oshdi. Oxirgi 11 yil davomida yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 8 foizdan kam bo‘lmagan darajada saqlanmoqda. Faol investitsiya siyosati amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi mamlakatimiz iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qilib, Vatanimizni yanada ozod va obod bo‘lishiga moddiy zamin yaratmoqda. Iqtisodiy o‘sish natijasida mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirishga shart-sharoit hozirlamoqda» [2].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev iqtisodiy o‘sishning insonga xizmat qilishi ahamiyatiga to‘xtalar ekan shunday deydi: «Hammamizga ayonki, o‘sish sur’atlari – bu shunchaki bir maqsad emas. Bunday o‘sish avvalo xalqimizga, har bir fuqaroga qanday naf yetkazishi, uning dasturxonida, kundalik hayotida aks etishi biz uchun muhim masaladir» [8].
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlaridan boshlab kichik biznesni va xususiy tadbirkorlik (KBXT)ni rivojlantirish masalasi ham ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosini tashkil etdi. O‘z vaqtida bu borada yuritilgan oqilona siyosat mamlakatimizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini yengil kechishining omili bo‘lib xizmat qildi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan sharoitda iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va tizimli islohotlarni amalga oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT)ning ahamiyati ortib bormoqda. 1-jadval