Qonunning ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo‘ladi» [5; 321-322-b.], deb qat’iy talabni qo‘ygan edi.
Konstitutsiya va uning negizida yaratilgan puxta qonunlar, shuningdek
2010 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi» hokimiyat institutlarini shakllantirishni va ularni to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, mulkchilikning barcha turlarini, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi faol ishtirokini ta’minladi. Taraqqiyotning «o‘zbek modeli» mazmun-mohiyati bilan «O‘zbekiston inson huquqlarini ta’minlash borasida dunyoda hech bir mamlakatdan kam bo‘lmasligi kerak»[15; 28-b.] insonparvar g‘oyaga asoslandi. O‘zbekiston inson huquqlarini himoya qilish bobida har qanday davlatdan kam bo‘lmagan mamlakatga aylandi.
1. Karimov I.A. Istiqlol yo‘li: muammolar, rejalar. – T.: «O‘zbekiston», 1992. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqi. // Xalq so‘zi. – 2016 yil 9 sentyabr.
Levitin L., Karlayl D.S. Islom Karimov yangi O‘zbekiston
Prezidenti. T., 1996. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T., 1996.
Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1. – T., 1996.
Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T.2. – T., 1996.
Statistik to‘plam. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010 yillar) asosiy tendensiya va ko‘rsatkichlari hamda 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan prognozlari. – T., O‘zbekiston, 2011. – B. 13.