Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishning “o‘zbek” modeli Reja: Ijtimoiy –iqtisodiy xavfsizlik


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bandlik siyosatini amalga oshirishdagi va yalpi ichki mahsulotni yaratishdagi hissasi (foizda) [9]



Yüklə 75,62 Kb.
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü75,62 Kb.
#206412
1   2   3   4
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishning “o‘zbek” modeli

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bandlik siyosatini amalga oshirishdagi va yalpi ichki mahsulotni yaratishdagi hissasi (foizda) [9]

Mamlakatlar

aholini ish bilan band etishda

yalpi ichki mahsulot yaratishda

1

2

3

Xitoy

81,4

54,3

Yaponiya

70,8

67,0

AQSh

50,6

53,1

O‘zbekiston

56,7

77,8

* Izoh: Jadval muallif tomonidan asosli manbalar negizida shakllantirilgan.
O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar «Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o‘rni va rolini, YaIMdagi ulushini izchil oshirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish» [10]ga qaratilgan. Bugungi kunda belgilangan strategik yo‘nalishlardan biri ham – xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirishga xalaqit berayotgan barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi PF-4725sonli «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-sonli «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonlari islohotlarning mustahkam xamirturushi bo‘lgan, iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikning muhim omili bo‘lgan KBXT yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yanada rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotda kichik biznes ulushi 2016 yilninig 9 oyida 54,6 foiz (2015 yilning to‘qqiz oyida bu ko‘rsatkich 53,6 foiz bo‘lgan), sanoatda 43,8 foiz (38,7 foiz), investitsiyalarda 38,3 foiz (33,5 foiz), chakana savdo aylanmasida 89,9 foiz (87,3 foiz) va bandlikda 77,8 foiz (77,5 foiz) oshdi [11].
Ayni paytda: «Aholi daromadlari tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromadlar ulushi tobora ortib bormoqda. Mustaqillik yillarida bu boradagi ko‘rsatkich 10,6 foizdan 52 foizga o‘sdi. Bu Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir [12; 23-24-b.].
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz aholisi 10,5 million kishiga ko‘payib, hozirgi kunda qariyb 32 million [13; 11-b.] nafarni tashkil etishini inobatga oladigan bo‘lsak, bunday ulkan natijalarga erishganimizni chindan ham tasavvur qilishning o‘zi qiyin.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yuzasidan olg‘a surilgan mashhur beshta tamoyil taraqqiyotning «O‘zbek modeli»ni ilmiy-nazariy asosini tashkil etadi va amalga oshirilgan va oshirilayotgan tub islohotlarimizning negiziga ham qo‘yilgan.

Yüklə 75,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin