Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish fanidan


Xalqaro standartlarni joriy etish — jahon taʼlim makoniga integratsiya sharti



Yüklə 110,25 Kb.
səhifə9/11
tarix19.05.2023
ölçüsü110,25 Kb.
#117952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O`zbekistonda ta`lim soxasidagi islohotlarning ustuvor yo`nalishlari

3.2 Xalqaro standartlarni joriy etish — jahon taʼlim makoniga integratsiya sharti

Sivilizatsiya rivojining XXI asrda kuzatilayotgan yangi tendensiyalari va muammolari, jahonda turli jabhalarda kechayotgan tezkor integratsiya jarayonlari, global iqtisodiyotning oʻsib borayotgan hukmronligi va keng tarqalayotgan tizimli raqamlashuv, ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirish hamda mehnat bozori ehtiyojlari bilan bogʻliq yangi vazifalar zamon talabiga javob beradigan oliy taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan samarali modellarni izlashni taqozo etadi.


Kelgusi 5 yil davomida mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga oid Taraqqiyot strategiyasida yetti asosiy yoʻnalish belgilangan boʻlib, eng muhim ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida mamlakatni umumiy modernizatsiya qilish tizimining ajralmas qismi boʻlmish taʼlim tizimini tubdan yuksaltirish ham oʻrin olgan. Bu boradagi izchil siyosat jahon taʼlim standartlari darajasiga erishishga qaratilishi barobarida, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni, xalqimizning maʼnaviy-madaniy qadriyatlari va oʻziga xosligini inobatga oladi.
Hozirgi jamiyat rivojining yangi miqyoslari oliy taʼlim tizimi oldiga ham muhim vazifalar qoʻymoqda. Mustaqil fikrlaydigan, qoʻyilgan vazifalar yechimiga oʻziga xos yondasha oladigan mutaxassislar tayyorlashning butunlay yangi tizimini shakllantirish talab etilyapti.
Bugungi kunda yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish koʻlamini oshirish va oliy taʼlim sifatini tubdan yaxshilash yoʻnalishida tizimli ishlar tashkil qilinmoqda. Respublikamizda oliy taʼlimda ikki bosqichda — 308 ta yoʻnalishda bakalavriat va 591 ta yoʻnalishda magistraturada kadrlar tayyorlanmoqda.

51 ta oliy taʼlim muassasasida joriy oʻquv yilidan xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma diplom dasturi asosida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi.


Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlimini rivojlantirish konsepsiyasida tizimni jahon taʼlim makoniga integratsiya qilish bilan bogʻliq ustuvor va dolzarb vazifalarni amalga oshirish mamlakat taraqqiyotining muhim sharti sifatida belgilandi. Buning uchun, birinchi navbatda, taʼlimning huquqiy bazasini takomillashtirish zarur edi. Chunki 1997-yilda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun oʻz davri uchun dolzarb hisoblangan vazifalarni toʻliq bajarib, bugungi tubdan oʻzgarayotgan va keng islohotlarni talab etayotgan davr uchun koʻp hollarda toʻgʻri kelmasdi.
Shu sababli, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi yangi qonun ishlab chiqilib, 2020-yil 23-sentyabrda imzolandi.
Respublika oliy taʼlim tizimining jahon taʼlim makoniga integratsiyasini jadallashtirish va zamon talablariga moslashtirish maqsadida YUNESKO tomonidan joriy etilgan “Taʼlimning xalqaro standart klassifikatsiyasi” hamda “TXSK: Taʼlim va kasbiy tayyorlash sohalari” asosida 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim standartlari qayta ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bular “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standarti. Asosiy qoidalar” va “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standarti. Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori” deb nomlangan hujjatlardir.
Shu bilan birga, akademik erkinlikni joriy etish va ortiqcha meʼyorlashtirishni qisqartirish maqsadida oliy taʼlimning 26 ta taʼlim sohasi boʻyicha davlat taʼlim standartlari bekor qilindi va ayni paytda oliy taʼlim tizimida faqat yuqorida qayd etilgan ikkita standart qoldirildi.

Oliy taʼlim muassasalariga akademik mustaqillik berilishi muhim qadamlardan biri boʻlib, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab barcha oʻquv reja va oʻquv dasturlar har bir oliy taʼlim muassasasi tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi joriy etildi. Bungacha ushbu meʼyoriy-uslubiy hujjatlar tayanch oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqilib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanar edi.


Moliyaviy va akademik mustaqillik berish taraqqiy etgan demokratik davlatlarda joriy etilgan asosiy tamoyillardan biridir. Biz jahon taʼlim makoniga intilib, u bilan toʻliq integratsiya boʻlishni xohlar ekanmiz, aynan shu yoʻldan, yaʼni oliy taʼlimni liberallashtirish, oliy taʼlim muassasalari uchun moliyaviy va akademik mustaqillikni joriy etish yoʻlidan borishimiz zarur.
Qolaversa, moliyaviy va akademik mustaqillik mamlakat oliy taʼlim tizimida sogʻlom raqobat muhiti shakllanishiga imkon yaratadi. Bunday mustaqillikka ega boʻlgan oliy taʼlim muassasasi taʼlim xizmatlari bozorida oʻzining munosib oʻrnini egallash, talabgorlarga boshqalardan yaxshiroq taʼlim olish sharoitini yaratish, mukammalroq taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, pedagogik innovatsiyalarni joriy etishga intiladi hamda bundan manfaatdor boʻladi. Tabiiyki, bunday raqobat muhitida taʼlim berish, oʻquv-uslubiy taʼminot, pedagogik texnologiyalar sifati birinchi oʻringa chiqadi. Natijada korrupsiya, nepotizm va rivojlanishga toʻsiq boʻladigan boshqa illatlarga barham beriladi.


Yüklə 110,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin