Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish fanidan


KIRISH Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 110,25 Kb.
səhifə2/11
tarix19.05.2023
ölçüsü110,25 Kb.
#117952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O`zbekistonda ta`lim soxasidagi islohotlarning ustuvor yo`nalishlari

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Taʼlimning asosiy vazifalarini, mavjud ilmiy salohiyat va alohida shaxslarning isteʼdodini davlatning, uning tuzilmalari hamda iqtisodiyoti tarmoqlarining amaldagi ehtiyojlariga moslashtirish juda muhim. Agar shunday qilinmasa, bir kun kelib, tamaddundan yiroqlashish, mamlakat uchun keraksiz, ortiqcha daxmazaga aylanib qolish ham hech gap emas. Yillar davomida biz rivojlanmadik, kuzatuvchi boʻlib qolaverdik, deyish, albatta, notoʻgʻri boʻlardi. Fanlar akademiyasidagi uchrashuv esa Oʻzbekistonning eng yangi tarixida biz ilmiy hamjamiyatda qanday oʻrinni egallayapmiz, xalqaro taʼlim jarayonida qatnashyapmizmi, oʻzgarishlar va innovatsiyalarni maqsad qilganmizmi — ana shu kabi savollarni koʻndalang qoʻydi.
Xoʻsh, agrar tarmoqni, uning suv xoʻjaligi kompleksini, muayyan fermer xoʻjaligini mustahkamlash, rivojlantirish uchun qanday yangi, aniq texnologiyalar, jihozlar va dasturiy mahsulotlarni taklif qila olamiz? Taʼlim hamda ilmiy tadqiqotlar sohasidagi kuchli raqobat sharoitida innovatsion yechimlarni yaratish va ularni koʻpaytirish uchun institutimiz strategiyasi qanday boʻlmogʻi lozim? Axir hozirgi tezkor zamonda bir joyda qotib qolish, bor bilim hamda malakalarni ham yoʻqotib, savodsizlik tufayli tanazzulga yuz tutish aslo mumkin emas-ku.
Bugun tobora kuchayib borayotgan talablarga javob berish maqsadida harakat qilish zarurligini chuqur his etyapmiz. Oldinga, yangilanish sari bir necha qadam qoʻyish uchun esa xalqimiz asrlar davomida toʻplagan bebaho tajriba, yaʼni kadrlar tayyorlash boʻyicha hamda ilmiy-taʼlimiy sohada erishilgan yutuqlar, uslubiy, tuzilmaviy, moddiy va nihoyat, innovatsion rivojlanish tajribasini hisobga olish hamda undan foydalanish lozim. Ayni shunday yoʻl — yangilanish va kashfiyotlar yoʻli — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini zamonaviy tadqiqotlar universitetiga aylantirish yoʻlidir.
Oʻzbekistonning agrosanoat kompleksini rivojlantirish strategiyasini tuzishda innovatsiyalar bilan qurollangan yangi avlodning bilim va koʻnikmalariga tayanuvchi iqtisodiyotni shakllantirishdan boshqa yoʻl yoʻq. Ilmiy-taʼlimiy sohaning yuqori salohiyati qishloq xoʻjaligi hamda irrigatsiya sektorida innovatsiyalar joriy etilishini taʼminlar ekan, ushbu ijtimoiy-iqtisodiy tuzilma mamlakatning makroiqtisodiy tizimida alohida oʻrin egallaydi.
Bugungi davr talab etayotgan innovatsiyalarni amalga oshirish uchun esa ilmiy-taʼlimiy sohaning oʻzi ham eng zamonaviy innovatsion texnologiyalarni oʻz faoliyatiga tatbiq qilishi lozim. Bu ish ilmiy-taʼlimiy sohaning innovatsion rivojlanishini boshqarishga moʻljallangan texnologiyalar, mexanizmlar va usullarni takomillashtirishni taqozo qiladi. Bizning institutimiz ushbu yoʻnalishda muayyan tajriba toʻpladi, aniqrogʻi — oʻzini innovatsion rivojlanish vektoriga ega oliy oʻquv yurti sifatida tanitadigan koʻrsatkichlarga erishdi.

Yüklə 110,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin