Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida ijtimoiy himoyaning ahamiyati


-rasm. Investitsiyalardan foydalanish yo'nalishlari.8



Yüklə 200,76 Kb.
səhifə4/10
tarix10.10.2022
ölçüsü200,76 Kb.
#64829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini o

1.-rasm. Investitsiyalardan foydalanish yo'nalishlari.8
Ma'lumki, investitsiyalar faoliyatining kim tomonidan amalga oshirilishi nuqtai nazaridan ichki va tashqi investitsiyalarga bo'linadi.
Ichki investitsiyalar – mazkur mamlakat hududida investitsiya faoliyatini yuritayotgan xo'jalik sub'ektlari, ya'ni investorlar tomonidan iqtisodiyotga yo'naltiriladigan investitsiyalardir.
Tashqi investitsiyalarga O'zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to'g'risida”gi qonunida quyidagicha ta'rif berilgan: “Chet el investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun xujjatlarida ta'qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob'ektlariga qo'shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shuningdek, chet el investorlaridan olingan har qanday daromad O'zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari, deb e'tirof etiladi”9. Chet ellik investorlar xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari, fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari bo'lishi mumkin.
Tashqi yoki xorijiy investitsiyalar – chet el mukdorlarining mutloq boshqa mamlakat iqtisodiyotining qonun tomonidan ta'qiqlanmagan turli sohalariga yuqori darajada daromad olish, foydali samarga erishish maqsadida muayyan muddatga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy va intelektual boyliklardir.
Xorijiy va ichki investitsiyalarning bir-biridan farqi, ularning manbalari va kapital egalari jihatidan xududiy joylashishi hamda olingan natijaga egalik qilish munosabatlarida o'z aksini topadi.
Yo'nalish ob'ektiga ko'ra investitsiyalar moliyaviy va real investitsiyalarga bo'linadi.
Moliyaviy investitsiyalar – bu muomalaga chiqarilgan qimmatli qog'ozlarga, shuningdek bank depozitlariga ma'lum muddatga jalb qilingan qo'yilmalar, boshqacha aytganda aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarga qo'yiladigan investitsiyalardir.
Real investitsiyalar – bu moliyaviy, mulkiy intelektual va boshqa boyliklarni to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarishga safarbar etilishidir. Investitsiya davri investitsiya resurslarini shakillantirish va ishlatish jarayonlarini o'z ichiga oluvchi bir qator bosqichlardan iborat. Real investitsiya resurslarini shakillantirish va ulardan foydalanish o'z ichiga tayyorlash va asoslash, qurilish – montaj ishlari va o'zlashtirish jarayonlarni oladi.

Инвестициялаш босқичлари





Тайёрлаш ва асослаш босқичи

Ўзлаштириш жараёнлари босқичи

Қурилиш ва монтаж ишлари босқичи







Илмий-тадқиқот тажриба конструкторлик ва изланишлар олиб бориш

Лойиҳа-тадқиқот ишларини ташкил этиш.

Қурилишга инженерлик тайёрларлик ишларини амалга ошириш.

Объект қурилиши жараёни.

Ишга тушириш-налодка ишларини амалга ошириш.

Жихозлардан фойдаланиш.

Технологик жараёнларни ишлаб чиқаришга тадбиқ этиш ва ўзлаштириш.

Лойиҳанинг тўлиқ даражасига чиқиш.



Yüklə 200,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin