Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganishga yangicha yondashuv – barkamol avlodni tarbiyalash garovi.Bugungi kunda millionlab bolalarimiz yangitdan barpo etilgan va rekonstruksiya qilingan 10 mingga yaqin maktablarda, 1556 ta litsey va kollejda, 70 dan ziyod oliy o‘quv yurtlarida yangi ta’lim tizimi asosida bilim va tarbiya olib, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo‘lib, hayotda o‘z munosib o‘rnini topmoqda, mamlakatimiz ta’lim modelining samarasi va raqobatdoshligi xalqaro maydonlarda tan olinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risda”gi Farmoni bilan musiqiy ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligiga qarashli R.Glier va V. Uspenskiy nomidagi Respublika ihtisoslashtirilgan akademik musiqa litseylari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at maktabi Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazildi (“Xalq so‘zi”, 2017 yil 17 fevral).
Bolalar sportini rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni sifat jihatidan kuchaytirish, bolalar sporti ob’ektlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, sport ta’limi va sport zaxiralarini tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro apparati, sport va yo‘nalishi bo‘yicha 256ta sport maktabi va sport yo‘nalishidagi maktab-internatlar Xalq-ta’limi vazirligi ixtiyoridan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi.
Bolalar sportining ommaviyligini oshirish hamda musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali:
Amalga oshiriladigan tadbir tufayli: 251 ta umumta’lim maktabi quriladi.
12 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabida sport zallari barpo etiladi;
9 ta yopiq suzish havzalari qurilib, 2 tasi rekonstruksiya qilinadi;
8 ta bolalar musiqa va san’at maktabi yangidan quriladi va 12 tasi rekonstruksiya qilinadi.
Bu chora-tadbirlar bolalar uchun sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari tomonidan 373200 million so‘m hajmida mablag‘ ajratiladi.