Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida ijtimoiy himoyaning ahamiyati


Ijtimoiy soxani rivojlantirishga jalb



Yüklə 200,76 Kb.
səhifə6/10
tarix10.10.2022
ölçüsü200,76 Kb.
#64829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ijtimoiy sohalarga jalb etilgan investisiyalar samaradorligini o

3. Ijtimoiy soxani rivojlantirishga jalb kilingan investitsiyalarning amaldagi xolati taxlili.
2016 yilning birinchi yarim yilligida Davlat byudjetining daromadlari 17054,8 milliard so‘mni, xarajatlari esa 16934,9 milliard so‘mni tashkil etib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan ijro etilgan.
Ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash, jumladan, aholining turmush darajasini oshirish va ijtimoiy himoyasini ta’minlash tadbirlarini moliyalashtirishga 1,0 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Bu mablag‘ asosan 14 yoshgacha bolasi bor oilalar, bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar ishlamaydigan onalarga nafaqa, kam daromadli oilalarga moddiy yordam, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa hamda alohida toifadagi fuqarolarga uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya to‘lovlari uchun sarflangan.
Davlat byudjetining 2016 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi ko‘rib chiqilib, ijtimoiy sohani moliyalashtirish bilan bog‘liq ma’lumotlar batafsil taqdim etildi.
Qayd etilishicha, 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini tizimli ravishda amalga oshirish uchun makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar qabul qilingan va ularning ijrosi ta’minlanmoqda.
Natijada joriy yilning yarim yillik yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 8,1 foizni tashkil etgan. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,1, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 6,5, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish 13,5, chakana savdo 14,8 hamda xizmat ko‘rsatish sohasi 13,1 foizga o‘sgan.
Iqtisodiyotda 1,5 milliard dollarlik investitsion loyihalarni o‘zlashtirish hamda 1866 yangi korxonani ishga tushirish hisobiga eksport hajmi oshib bormoqda. Xususan, joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimizda eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 foizga ortgan.
Bolalikdan nogironlar uchun beriladigan nafaqalarga Davlat byudjetidan qariyb 298 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj qariyalar va nogironlarning ijtimoiy ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlarga 64 milliard so‘m mablag‘ sarflangan.
Mahalliy byudjetlar daromadlari, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda Respublika Yo‘l jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish, ularni samarali sarf etish bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha muhokama qilindi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida mahalliy byudjetlar daromadlari 7,5 trillion so‘mni, xarajatlari esa 9 trillion so‘mni tashkil etgan. Pensiya jamg‘armasi daromadlari 5,9 trillion so‘mdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, jamg‘arma tomonidan qariyb 6,3 trillion so‘m mablag‘ xarajat qilingan. Hisobot davrida 3 million nafardan ortiq fuqaroga pensiya va nafaqa to‘lovlari o‘z vaqtida moliyalashtirilgan.
Davlat moliyaviy nazorat tadbirlari natijasida ayrim byudjet tashkilotlarida 63,7 milliard so‘m miqdorida moliyaviy xatoliklar aniqlangan. Ushbu mablag‘ning ma’lum qismi belgilangan tartibda byudjetga qaytarilgan. Ta’kidlanishicha, moliyaviy xatoliklar asosan Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazlari tizimida aniqlangan.
Atroflicha tahlil hamda savol-javoblardan keyin Davlat byudjeti ijrosi yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi:
—Davlat byudjeti ijrosida ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, aholining daromadlari va turmush darajasini muttasil oshirib borish masalalari doimiy e’tiborda bo‘layotganini qayd etadi. Jumladan, aholi bandligini ta’minlash ishlari izchil va tizimli asosda davom ettirilayotganini muhim, deb biladi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yilning birinchi yarmida ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi asosida 441,8 ming nafardan ortiq fuqaro bandligi ta’minlangan. Yaratilgan ish o‘rinlarining 274,9 mingtasi, ya’ni 62,2 foizi qishloq joylariga to‘g‘ri keladi.
Bu boradagi islohotlar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlariga hamohang bo‘lib, partiyamiz elektorati manfaatlarini himoya qilish, Saylovoldi dasturimizda belgilangan vazifalar ro‘yobga chiqishida muhim o‘rin tutadi.
Aytish kerakki, aholi salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish masalalari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturida belgilangan vazifalarga mos keladi. Shuning uchun fraksiyamiz tibbiyot sohasini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
— Davlat byudjeti ijrosida sog‘liqni saqlash sohasini o‘z vaqtida va samarali moliyalashtirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Hisobot davrida sog‘liqni saqlash sohasiga jami 2,3 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Agar taqqoslasak, sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar hajmi yildan-yilga oshayotganiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,3 foizga ko‘pdir.
Aytish kerakki, aholi salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish masalalari O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi dasturida belgilangan vazifalarga mos keladi. Shuning uchun fraksiyamiz tibbiyot sohasini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
— Hammamizga ma’lum, Davlat byudjet daromadlarining to‘liq shakllanishi, xarajatlar to‘g‘ri yo‘naltirilishi aholining turmush farovonligi ortishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois byudjet ijrosiga mas’uliyat bilan yondashish har birimizning muhim vazifamizdir.
Davlat byudjeti ijrosiga oid hisobotda bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larining sarfi to‘g‘risida, maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari haqida, shuningdek, nogiron, imkoniyati cheklangan fuqarolarning ta’lim olishi, zarur maxsus adabiyot va qo‘llanmalar, jihozlar bilan ta’minlanishi bo‘yicha alohida ma’lumotlar aks ettirish kerak, deb hisoblaydi.
Shuningdek, biz kam ta’minlangan oilalarga berilayotgan ijtimoiy nafaqalarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi bo‘yicha nazoratni kuchaytirish, buning natijasini o‘tgan yillar yakunlariga nisbatan taqqoslash va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash taklifini ham bildiramiz.
Mazkur takliflarning amalga oshishi partiyamiz dasturiy maqsadlari ro‘yobga chiqishida, elektoratimiz manfaatlari samarali himoya qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi, deb o‘ylaymiz...
Vazirlar Mahkamasida O‘zbekistonining 2018-yilga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari, soliq va budjet siyosati konsepsiyasi hamda davlat budjeti loyihasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlis bo‘lib o‘tdi.
2018-yili ham o‘tgan yillardagi kabi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari ustuvorligi saqlab qolinadi. Xususan, ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun 34,7 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.
Davlat budjeti parametrlarida qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish uchun 8,5 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish taklif etilmoqda.
Xususan:
2017—2021-yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida 14 ta maktabgacha ta’lim muassasasi obyektini qurish, 256 ta obyektni rekonstruksiya qilish, 157 ta obyektni mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun 815 milliard so‘m (shundan 193 milliard so‘mi xalqaro moliya institutlari mablag‘lari) yo‘naltirish, bu 2017-yildagiga nisbatan qariyb 3 baravar ko‘p;
48 ta oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga 559,1 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilgan, bu 2017-yildagiga nisbatan 1,5 baravar ko‘p;
O‘zbekiston Prezidentining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlari va davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarga asosan 296 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlariga 753,6 milliard so‘m yo‘naltiriladi;
Tibbiyot muassasalarini, eng avvalo, oilaviy poliklinikalar, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalarini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni oshirishga 915,4 milliard so‘m yoki 2017-yil parametrlarida ko‘zda tutilganiga nisbatan 2,5 baravar ko‘p mablag‘ sarflanadi;
Tibbiyot muassasalarini, birinchi navbatda, qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalarni zarur skrining tashxis va davolash uskunalari bilan qo‘shimcha jihozlash uchun 50 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilmoqda.
Uy-joy – kommunal xizmatlar ko‘rsatish ishlariga xarajatlar 228,6 milliard so‘mni tashkil etadi, shu jumladan, ko‘p qavatli turar joylarga tutash hududlarni obodonlashtirishga 47,2 milliard so‘m, ko‘p qavatli turar joylar fondining lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirishga 22,4 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Yangi tashkil etilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonalari orqali 2017—2021-yillarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish dasturi ijrosi uchun kelgusi yilda 163,2 milliard so‘m ajratiladi.
“Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi hisobidan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturining bajarilishiga 584,7 milliard so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, transport-kommunikatsiya loyihalariga 469,2 milliard so‘m va respublika hududlarida ijtimoiy infratuzilma obyektlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga 568,6 milliard so‘m yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.
Davlat budjetini birinchi marotaba yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,02 foiz miqdorida profitsit bilan tasdiqlash taklif etilmoqda.
Muhokamalar yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, soliq va budjet siyosati konsepsiyasi hamda davlat budjeti loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
2018 yilgi Davlat byudjeti parametrlarida qabul qilingan Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun 8,5 trillion so'mdan ortiq mablag' yo'naltirish taklif etilmoqda, xususan:
2017-2021 yillarda Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish dasturi doirasida 14 ta maktabgacha ta'lim muassasasi ob'ektini qurish, 256 ta ob'ektni rekonstruktsiya qilish, 157 ta ob'ektni mukammal ta'mirlash va jihozlash uchun 815 milliard so'm mablag' (shundan 193 milliard so'mi – xalqaro moliya institutlari mablag'lari) yo'naltirish, bu – 2017 yildagiga nisbatan qariyb 3 baravar ko'pdir;
48 ta oliy ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga 559,1 milliard so'm ajratish ko'zda tutilgan, bu 2017 yildagiga nisbatan 1,5 baravar ko'pdir;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlari va Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarga asosan 296 ta tibbiyot muassasasini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlariga – 753,6 milliard so'm yo'naltiriladi;
- tibbiyot muassasalarini, eng avvalo, oilaviy poliklinikalarni, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalarini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni oshirishga 915,4 milliard so'm yoki 2017 yil parametrlarida ko'zda tutilganiga nisbatan 2,5 baravar ko'p mablag' sarflanadi;
- tibbiyot muassasalarini, birinchi navbatda, qishloq vrachlik punktlarini va poliklinikalarni zarur skrining tashxis va davolash uskunalari bilan qo'shimcha jihozlash uchun – 50 milliard so'm ajratish ko'zda tutilmoqda.


Yüklə 200,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin