Keys stadi CAMELOT LOTEREYaSI Milliy va mahalliy lotoreyalar ko’pchilik mamlakatlarda keng tarqalgan. 1993 yil Buyuk Britaniya hukumati ham milliy lotoreyani o’tkazishni taklif qildi. Bu fikrni parlamentdagi ko’pgina partiyalar qo’llab quvvatladilar, ammo kelishmovchiliklar kim bu lotoreyani o’tkazishi borasida kelib chiqdi. Muxoliflardan bo’lgan leyboristlar partiyasi buni hukumat (davlat strukturasi orqali) o’tkazishi kerak, deb hisoblardi, boshqaruvchi konservatorlar partiyasi esa buni xususiy sektor ixtiyoriga topshirish kerak, deb hisoblardi. Lotoreya operatori ma’lum bir foydaga ega bo’lsada, lotoreyani xususiy sektor qo’liga topshirishdan asosiy maqsad tashkiliy ishlarning yanada sifatliroq o’tkazilishi.
Taklif e’lon qilinganidan so’ng qator kompaniya va konsortsiumlar qiziqish bildirdilar. Barcha da’vogarlar taklif qilinib, lotoreya chiptalari sotuvi bashorati, lotoreyaning asosiy qismi – mo’ljallanayotgan summa, Shuningdek, aksionerlar foydasi muhokama qilindi. Tashkiliy talablar aniqlab olindi: milliy auditoriyani qamrab olish, axborot tizimlarining xavfsizligi va ishonchliligi, lotoreyaning ochiqligini ta’minlash imkoni. Va nihoyat, g’oliblar tez aniqlanishi, yutuq ham kechiktirilmasdan to’lanishi ta’kidlandi.
Natijada, Camelot lotoreyasi bo’yicha birinchi shartnomani Buyuk Britaniya va AQShning 5 ta kompaniyasini o’z ichiga olgan konsortsium bilan tuzildi. Konsortsium tarkibi:
Kompaniya
Ulushi, %
Tarmog’i
Cadbury Schweppes plc
22.5
Oziq-ovqat va ichimliklar
De La Rue plc
22.5
Qimmatli qog’ozlar, banknotlar, kredit kartochkalari va b. nashr qilish
G-Teck Inc
22.5
Boshqa mamlakatlar, Shuningdek AQShda lotereya operatsiyalari
Racal plc
22.5
Ma’lumotlar bazasi va tizim xavfsizligini o’tkazish
ICL
10
Kompyuter va axborot texnologiyalari
Lotereyani qonunga ko’ra nazorat qilib turish uchun hukumatga bo’ysunuvchi nazorat organi – Lottery Regulator tuzildi. Uning vazifalariga: operator parlament chiqargan qonunlarga ko’ra ishlashi uchun uning faoliyatini nazorat qilish, lotereyaning barcha ishtirokchilari uchun adolatni kafolatlash. Maqsadli mablag’lar taqsimlash bo’yicha mustaqil ekspertlar guruhidan komitet tuzildi.
1998 yil konsortsium a’zolaridan biri (G-Teck Inc) qoidani buzdi.
Natijada u konsortsium tarkibidan chiqishga majbur bo’ldi, vaholanki, u tovar etkazib beruvchi sifatida qolishi ham mumkin edi. Qolgan 4 ta kompaniya Camelotdagi o’z ulushini qayta taqsimladi. ICL o’z ulushini 20%gacha, qolganlarning xar biri esa 26,67 %gacha ko’paytirdi.