Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə29/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

YAngi davr xususiyatlari. Bugun taraqqiyotning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari mikroiqtisodiy natijalar hamda jamiyat turmush tarzi bilan moslashmoqda. Odamlarning orzulari ularning imkoniyatlariga mos bo‘lmoqda. Arzon uy-joylar, tibbiy, farmatsevtik, ijtimoiy xizmatlar tizimi shakllantirilmoqda. 
Davlat tuzilmalari faoliyatining ish uslublari tubdan o‘zgartirilmoqda. Aholida davlatga bo‘lgan ishonch ruhi keskin yuksaldi. Odamlar islohotlarga, o‘zgarishlarga o‘z xayrixohligini ochiq ifodalamoqda. Ko‘pchilik televideniedagi axborot dasturlarini kutadigan, Vatanimiz erishayotgan natijalarni boshqa davlatlar bilan taqqoslaydigan, o‘zaro suhbatlarda "Prezidentimiz to‘g‘ri qilyapti”, “Adolatli ish bo‘lyapti”, “SHunday bo‘lishi kerak edi” qabilidagi iboralarni tez-tez aytadigan bo‘ldi. 
Barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash dasturlarini tuzishda real resurslar, aniq omillarga asoslanilmoqda. Real iqtisodiyotni tarkib toptirish, pul-moliya munosabatlarining samarali tizimini yaratish, iqtisodiy hisobotlarda haqqoniylikka asoslangan yondashuv qaror toptirilmoqda. 
Boshqaruv tizimida insoniy yondashuv ustuvor talabga aylanmoqda. Xalq bilan muloqot tizimi, xonadonma-xonadon yurib odamlarning muammolarini echish, hamkorlik va real ko‘mak taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. 
Sohalarni rivojlantirishda ma’rifat omiliga tayanish tendensiyasi amal qila boshladi. Bank ma’rifati, fermer ma’rifati, tadbirkor ma’rifati kabi iboralar taomilga kiritildi. 
Qishloqni rivojlantirish, uni industrlashtirish va har bir hududda xizmat sohalarini tashkil etish siyosati keng ko‘lamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Odamlarda hayotini o‘zi farovon qila olishga rag‘bat, jamiyat va Vatan istiqboliga ishonch, o‘z iqbolini Vatan ravnaqi bilan bog‘lash harakati yanada kuchaydi. 
Davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida idora va muassasalar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik munosabatlarining keng yoyilishi kuzatilmoqda. Prokuror va tadbirkor, fermer va turli xizmat sohalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari kuchaydi. Prezidentimiz ana shunday ijtimoiy hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidladi: “Tadbirkor boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi. Buning uchun ishbilarmonlarga keng sharoit yaratib berishimiz lozim. Prokuror tadbirkorga ko‘makchi bo‘lishi, u bilan hamkorlikda ishlashi darkor.” 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mutlaqo yangi tizimni hayotga joriy etish amaliyotining zarurati ilmiy va huquqiy asoslandi. Fermerning ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi hamda mahsulotlarni sota oluvchi, sanoat korxonalarining, xususan, engil sanoatning xomashyoni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi maqomda bo‘lishi belgilandi. 
Tarixni yaratuvchi kuch xalqdir. Tarix xalq va uning faol, fidoyi vakillarining mehnati, sa’y-harakatlari, ularning shu yo‘lda bag‘ishlangan umri natijasida yaratiladi. Zero, Harakatlar strategiyasining nazariy asosi ham xalqqa, uning manfaatlariga borib taqaladi. 
O‘zbekiston mehr-oqibatni, ezgulikni, bunyodkorlikni hurmat qiluvchi mamlakat. Harakatlar strategiyasining nazariy asosi ham davlatimizning mana shu ustuvor siyosatini ifoda etadi.




  1. Yüklə 3,9 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin