Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə53/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash.Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish demokratik davlatni barpo etishdek ezgu maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 44-moddasida fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ajralmas konstitutsiyaviy huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, har bir shaxs uchun o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab fuqarolarning sud himoyasida bo‘lish huquqini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan keng ko‘lamdagi islohotlar amalga oshirildi. Bu borada 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi va 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda sud ishlarini yuritishga doir yangi protsessual qonunchilikning qabul qilingani fuqarolarning yuqorida qayd etilgan huquqining ro‘yobga chiqishida katta ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Bugun zamonning o‘zi davlatimiz oldiga nafaqat sud, shuningdek, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida ham fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada samarali ta’minlash vazifasini kuchaytirish talabini qo‘ymoqda.
Jumladan, davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rish belgilangan56.
O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba bunday keng ko‘lamda, yangi formatda jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin