Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Tashabbuskorlar va loyihachilarning nomlari



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə73/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Tashabbuskorlar va loyihachilarning nomlari

Loyihalar umumiy qiymati

shu jumladan moliyalashtirish manbalari bo‘yicha:

o‘z mablag‘lari

bank kreditlari

xorijiy
investitsiya
va kreditlar


Jami (180 loyiha)

595 886,3

242 916,7

189 461,6

163 508,0

SHu jumladan:













YAngi qurilish (141 loyiha)

463 267,3

169 714,7

144 324,6

149 228,0

Rekonstruksiya va modernizatsiya
(39 loyiha)

132 619,0

73 202,0

45 137,0

14 280,0

Manba: “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi ma’lumotlari asosida tuzilgan
Harakatlar strategiyasi da 2017 yildaqishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlarining umumiy qiymati 337,8 million dollarga teng mablag‘larni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan:
“Osiyo taraqqiyot banki”ning 150 milliondollar mablag‘ini “Qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish” loyihasiga;
“Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki”ning 150million dollar mablag‘ini “CHorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasiga;
“Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasi”ning 23,8 million dollar mablag‘ini “Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta ishlashni rivojlantirish” loyihasiga;
“Xalqaro taraqqiyot uyushmasi”ning 14 million dollar mablag‘ini “Orol bo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishga moslashish va oqibatlarini yumshatish” loyihasiga.
Qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan chora-tadbirlar agrar tarmoqni barqaror sur’atlar bilan rivojlanishtirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, eksport salohiyatini yuksaltirish hamda xalqimiz turmush sifati va moddiy farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
3. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.


Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq va demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat ekan, bu boradagi asosiy shartlardan biri iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish hisoblanadi. Milliy taraqqiyot modelimizning asosiy tamoyillaridan biri – davlatning bosh islohotchilik roli hisoblanib, mavjud iqtisodiy salohiyatdan to‘liq foydalangan holda, barcha kuchlarni yagona maqsad sari yo‘naltirishda davlatning tartibga soluvchi vazifasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Zamonaviy bozor tizimini davlatning aralashuvisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biroq, aralashuvning o‘z chegarasi bo‘lib, uning mazkur chegaradan oshib ketishi bozor jarayonlarining izdan chiqishiga ta’sir etib, ishlab chiqarish samaradorligi pasayadi. Natijada iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, xo‘jalik yuritishni tashkil etish va boshqaruv jarayonlarida davlatning me’yoridan ortiq ishtirokini pasaytirish masalasi maydonga tushadi.
Davlat aralashuvi miqyosini tartibga solish uchun muhim cheklovlar mavjud. Masalan, davlat tomonidan bozor mexanizmini izdan chiqaruvchi har qanday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi (umumiy direktiv rejalashtirish, narxlar ustidan yalpi nazorat va boshqalar)70.
Iqtisodiyotga davlatning aralashuvini qisqartirish, eng avvalo, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishni taqozo etadi.
SHunga ko‘ra, Harkatlar strategiyasida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi” degan tamoyilni amalga oshirish borasidagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, 2017 yilning I choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman)nitashkil etish belgilandi.
Ombudsman (qadimgi skandinavchada umbor «vakolat», «zimmasiga yuklash») – qator davlatlarda ijro hokimiyati idoralari va mansabdor shaxslar faoliyatida ma’lum fuqarolar guruhining adolat va manfaatlari ta’minlanishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs71.
Huquqshunoslar xalqaro assotsiatsiyasi fikriga ko‘ra, ombudsmen instituti – bu konstitutsiya yoki qonunchilik hokimiyati hujjatlarida ko‘zda tutilgan hamda mustaqil jamoatchilik asosidagi yuqori darajadagi mansabdor shaxs tomonidan boshqariluvchi xizmat. Mazkur shaxs davlat boshlig‘i oldida mas’ul bo‘lib, tadbirkorlardan davlat idoralari, xizmatchilarining noqonuniy xatti-harakatlari bo‘yicha shikoyatlarni qabul qiladi hamda tadbirkorlik sub’ektlari huquq va qonuniy manfaatlarini namoyon etish, ta’minlash va himoya qilish maqsadida harakat qiladi.
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil lavozimining tashkil etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimidagi asosiy yangiliklardan biri sifatida ta’kidlash mumkin. Davlat boshqaruvining mazkur usuli ko‘plab xorijiy mamlakatlarda tadbirkorlar o‘z xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida to‘qnash keluvchi byurokratik muammolarni hal etishdagi samarali vosita sifatida ijobiy rol o‘ynamoqda.
Hozirgi vaqtda ombudsmen instituti boshqaruvning turli shakllari – prezidentlik respublikasi (Finlyandiya, Fransiya, AQSH), parlament respublikasi (SHveysariya, Avstriya, GFR), konstitutsiyaviy monarxiya (Daniya, Norvegiya, SHvetsiya, Ispaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Kanada) hukmron bo‘lgan 50 dan ortiq mamlakatda mavjud72.
Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutining joriy etilishi bu boradagi faoliyatning jahon andozalariga muvofiqligini ta’minlash borasidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
SHunga ko‘ra, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasining ishlab chiqilishi ko‘zda tutilib, unda yangi tashkil etiladigan ombudsmanga quyidagi vakolatlarni berish nazarda tutiladi:
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayotganini o‘rganish;
davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
SHuningdek, 2017 yil iyunga qadar xususiy mulkni himoya qilish va xususiy mulk ob’ektlaridan samarali foydalanishni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida quyidagi tartiblarni o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda:
mulkdan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli sifatida foydalanishda mulkdorning aybi bo‘lmagan hollarda mulkni musodara qilish yoki olib qo‘yishni (vaqtinchalik olib qo‘yish bundan mustasno) taqiqlash;
davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan tadbirkorlik sub’ektlariga etkazilgan zararni oldindan qoplab berish;
tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan er uchastkalaridan foydalanilmayotgan, jumladan, ajratilgan er uchastkalarida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan olingan majburiyatlar bajarilmayotgan hollar yuzaga kelgan taqdirda er solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalarini uch barobar miqdorda qo‘llash.
Bu borada qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi xususiy mulk kafolatlari va uni himoya qilishni kuchaytirish, qurilishi tugallanmagan ob’ektlar savdosini tartibga solish, tadbirkorlik faoliyati er uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha belgilangan tadbirlardan yana biri – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish hisoblanadi.
Mazkur tadbir, birinchi navbatda, nazorat qiluvchi organlarning kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvini va ular tomonidan o‘tkaziladigan rejali tekshirishlar sonini yanada qisqartirish, bunda 2017 yilning I choragida tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga oid ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni avtomatlashgan axborot tizimi orqali tahlil qilib, xavf-xatarlarni baholash asosida tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish bo‘yicha reja-jadvalni ishlab chiqishni taqozo etadi. Tekshirishlar reja-jadvalini shakllantirishda xavf-xatarlar avtomatlashtirilgan holda baholanadi.
SHuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bir gektardan ortiq er maydonni ajratish tizimini takomillashtirish maqsadida 2017 yilning II choragida tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirokisiz «yagona darcha» tamoyili asosida er maydonlarini tanlash va ajratish materiallarini tayyorlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish, tadbirkorlik sub’ektlariga arizani ko‘rib chiqish jarayonini interaktiv kuzatish imkoniyatini yaratish tadbirlari belgilangan.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi PF-4725-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish, qurilishning barcha bosqichlarida – shaharsozlik hujjatlarini tayyorlashdan boshlab ob’ektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan bosqichlarda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartiblari doirasida yagona qoida va talablarni belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida er uchastkalari berish tartibotlarini va qurilish uchun ruxsatnomalar olish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 285-sonli qarori qabul qilingan edi.
Qaror asosida 2016 yil 1 yanvardan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalari faqat tanlov asosida beriladi. Aholi punktlarida joylashgan bunday erning maydoni 1 gektargacha va 1 gektar etib belgilandi. Tanlov asosida beriladigan er uchastkalarining ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan shakllantiriladi.
«YUridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga tanlov asosida er uchastkalari berish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga 1-ilovadayuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga tanlov asosida er uchastkalari berish sxemasi ifodalab berilgan.
SHuningdek,«Tanlov asosida berilgan er uchastkalaridagi ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish, qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish, shuningdek ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga
1-ilovadatanlov asosida berilgan er uchastkalaridagi ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlarini kelishish, qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish, shuningdek, ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish sxemasi tasvirlab berilgan.
Tanlov asosida beriladigan er uchastkalari ro‘yxatini shakllantirishda ulardan foydalanishning maqsadi, ularning maydoni va joylashgan joyi ko‘rsatiladi. Bu erdan oqilona, maqsadli foydalanishni ta’minlab, uni haqiqiy egasiga berishni kafolatlaydi73.
Endilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bir gektardan ortiq er maydonlarini ajratish tizimini takomillashtirish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlarining ishtirokisiz «yagona darcha» tamoyili asosida er maydonlarini tanlash va ajratish materiallarini tayyorlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish, tadbirkorlik sub’ektlariga arizani ko‘rib chiqish jarayonini interaktiv kuzatish imkoniyatini yaratish tadbirlarining amalga oshirilishi tadbirkorlik sub’ektlariga er maydonlarini ajratish tartibotlarining oshkoraligini ta’minlash, vakolatli davlat organlaridagi axborot almashinuvi tizimini yaxshilash, hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi.
Dasturdan yil davomida oilaviy biznes va hunarmandlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish tadbirlari ham o‘rin olgan.
Ma’lumki, 2010 yil 12 noyabrda Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan konsepsiyada ilgari surilgan muhim qonunchilik tashabbuslaridan birining amaliy tadbiqi sifatida 2012 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni e’lon qilindi. Qonunning 3-moddasida “Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir”74, deb belgilab berildi. Ushbu qonundan kelib chiqqan holda, oilaviy tadbirkorlikning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.





Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin