Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


-rasm. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish tartiblarini soddalashtirish jarayonlari



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə76/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

7-rasm. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish tartiblarini soddalashtirish jarayonlari
Buning uchun mavjud qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar sonini qisqartirish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini takomillashtirish, korxonalarni tugatishda belgilangan muddat va talablarga amal qilish borasida mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish taqozo etiladi.
Dasturga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati yutuq va natijalarini keng targ‘ib etish ishlariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Jumladan, 2017 yil II chorakda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida yangi nominatsiyalarda tanlovlar o‘tkazish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar bajariladi. Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun «O‘zining savdo belgilarini yo‘naltirish va yangi bozorlarni egallaganlik uchun», «Respublika ichki bozorlarida talab bo‘lgan yangi turdagi iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqqanlik uchun» nomli nominatsiyalarda tanlovlar joriy etiladi.
Davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish – mazkur yo‘nalishda belgilangan muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiyotdagi ­ishtirokini qisqartirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga ­oshirish uchun 2015-2016 yillarda davlat mulkini xususiylashtirish dasturi shakllantirilgan edi. Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2340-sonli Qarori bilan tasdiqlangan.
Ushbu Dasturda quyidagilar nazarda tutilgan:
to‘la quvvat bilan ishlamayotgan 660 tadan ko‘proq davlat korxonasini tugatish va ochiq savdo orqali yangi xususiy mulkdorlar tasarrufiga o‘tkazish;
strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan 360 ta korxonadagi davlat ulushini to‘liq ravishda sotish;
foydalanilmayotgan 400 tadan ortiq davlat mulki ob’ektini “nol” qiymati bo‘yicha sotish. Bu, o‘z navbatida, qisqa muddatlarda strategik xorijiy investorlar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish imkonini beradi;
xususiy investorlarga 450 milliard so‘mlik qo‘shimcha aksiyalarni fond bozorida sotish orqali ishlab turgan 203 ta korxonadagi davlat ulushini 51 foizgacha qisqartirish.
SHuningdek, davlat mulkidagi ob’ektlar va aktivlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, shu jumladan xususiy investorlarga sotish ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ta’sirchan mexanizmlar ishlab chiqilib, davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish sohasida qator qulayliklar yaratildi. Jumladan:
nashrlarda davlat aktivlarini “nol” xarid qiymatida sotish bo‘yicha savdolar to‘g‘risidagi e’lon chop etilgan sanadan boshlab to ular o‘tkaziladigan sanagacha bo‘lgan muddat ikki oydan 30 kungacha qisqartirildi;
savdolarda davlat aktivlariga 2 oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda, ularning narxini 50 foizigacha, har 15 kunda 10 foizdan pasaytirish mexanizmi joriy etildi;
ob’ektlar narxi 50 foizigacha pasaytirilgandan so‘ng 1 oy mobaynida sotilmasa, ular investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotilishi belgilandi;
davlat aktivlariga bir oy davomida investor xarid to‘lovlarini to‘lagan taqdirda, unga xarid summasidan shartnoma tuzilgan sanadagi Markaziy bankning qayta moliyalash yillik stavkasi miqdorida chegirma berildi;
davlat ob’ektlarini qismlarga bo‘lib sotish mumkinligi belgilandi, bu bilan tadbirkorlarga o‘z imkoniyati va zaruriyati doirasida ob’ektlarni sotib olish imkoni berildi;
davlat aktivlari bo‘yicha xarid to‘lovlarini xaridorlar tomonidan 24 oygacha bo‘lgan muddatda amalga oshirish yuzasidan imtiyoz berildi;
davlat ob’ektining ijarachilariga ijara ob’ekti sotilishida ustunlik berilishi belgilandi;
xo‘jalik boshqaruvi organlarining ustav kapitaliga berilgan davlat ulushlarini sotishdan tushgan mablag‘lar korxonalarni modernizatsiyalashga yo‘naltirilishi mumkinligi belgilandi;
davlat korxonalari faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tuzilishi mumkinligi o‘rnatildi;
xususiylashtirilgan korxonalarda xususiylashtirish vaqtida aniqlanmagan davlat aktivlari yoki foydalanishga berilgan korxona hududida joylashgan ko‘char va ko‘chmas mulk mazkur korxonaning mulki hisoblanishi aniq belgilandi.
Harakatlar strategiyasi bo‘yicha Dasturga binoan, 2017 yil mart oyida foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlarini, jumladan, «nol» xarid qiymati bo‘yicha sotish jarayonlarini yanada soddalashtirish hamda bunday ob’ektlar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan aniqlanganda, ularni sotib olish yuzasidan takliflarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibini belgilash ko‘zda tutilgan. Bu borada ishlab chiqilishi ko‘zda tutilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, davlat mulklarining real narxlarini shakllantirish imkonini beradi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhitning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida «mulkni ro‘yxatga olish, er uchastkalari ajratish, ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish, qurilishga ruxsat berish va elektr ta’minoti tarmoqlariga ulanishda «yagona darcha» tamoyilini amaliyotga joriy etish tobora kengayib bormoqda»78
Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq tartibotlar sonini va muddatlarini qisqartirish maqsadida 2014 yil 7 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84, 111-moddalariga ko‘ra, ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab qilinadi. Lekin ba’zida ro‘yxatdan o‘tkazishning murakkab tartib-taomili turar- joy xarid qilinganda to‘siqqa aylanadi. Ana shu sababga ko‘ra har bir davlat mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirishga, texnologik taraqqiyotning muqarrarligini hisobga olib esa, uni avtomatlashtirishga intiladi. Buni tasdiqlagan holda Vazirlar Mahkamasining ta’kidlab o‘tilgan Qarori bilan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq tartibotlar sonini va muddatlarini qisqartirishga yo‘naltirilgan me’yorlar tasdiqlandi. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, u yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga, binolar va inshootlarga (shu jumladan, er osti inshootlariga), ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek ipotekani hamda binolar va inshootlar va er uchastkalariga bo‘lgan ashyoviy huquqlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnomalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llab, «yagona oyna» prinsipi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi79.
2017 yil II choragida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
bino va inshootlar maydonlaridan kelib chiqqan holda ularni xatlovdan o‘tkazishning differensiallashgan muddatlarini belgilash;
kadastr organlarining Davlat soliq qo‘mitasi, «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi, Adliya vazirligi va boshqa idoralar hududiy bo‘linmalari bilan real vaqt rejimida ma’lumot olish imkonini beradigan o‘zaro elektron axborot almashinuvi tizimini to‘liq joriy etish;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda uni takroran xatlovdan o‘tkazishni taqiqlashni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Bu borada tegishli O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining qabul qilinishi vakolatli organlar o‘rtasida axborot almashinuvi tartibini soddalashtirish, bino va inshootlarni xatlovdan o‘tkazish muddatlarini qisqartirish, vakolatli organlar tomonidan amalga oshirilayotgan kadastr ishlari sifatini yaxshilash imkonini beradi.
YAna bir yo‘nalish – investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishdan iborat.
2017 yilning IV choragida xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirish bo‘yicha investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini, shu jumladan, «Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida»gi, «Xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish choralari va kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarni tanqidiy tahlil qilish, xorijiy mamlakatlarning bu sohadagi tajribasini o‘rganish natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan, investitsiya faoliyati, xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini qo‘llab-quvvatlaydigan, xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlaydigan «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish belgilab berilgan.
Dasturda belgilangan muhim tadbir korporativ boshqaruvining zamonaviy standartlar va usullarini joriy etish, korxonlarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish hisoblanadi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giPF-4720-sonli Farmoni korporativ boshqaruv tizimidagi tamoyil va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishni belgilab bergan edi. Dasturda mulk tarkibida davlat ulushi bo‘lgan 1100 tadan ortiq aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa xo‘jalik birlashmalari faoliyatining samaradorligini tanqidiy ko‘rib chiqish hamda bu sohada YAponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan menejment tizimlari asosida yangi uslub va yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish belgilab olingan edi.
Bu borada 2017 yil I choragida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kafolatlash fondini tashkil etish, bunda:
ustav kapitalining boshlang‘ich miqdorini O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, davlat organlari va tijorat banklari — muassislar ulushlari hisobiga shakllantirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalarni sotib olishga beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Mazkur tadbirning amalga oshirilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlarini kredit va boshqa moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlashni kengaytirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda kredit olish uchun garov ta’minotini taqdim etish imkoniyati yaratiladi.
SHuningdek, Dasturda tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish chora-tadbirlari ham belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi «Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni talablari bo‘yicha ishlab chiqilgan Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining «Tadbirkorlik sub’ektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga «bir darcha» tamoyili bo‘yicha ulash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i 2013 yil 15 yanvarda Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi80. SHuningdek, o‘tgan yillarda tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha mutlaqo yangi mexanizm joriy etildi. Unga ko‘ra, ushbu tarmoqlar ishini yuritadigan tashkilotlarning hududiy korxonalariga texnik shartlarni olishdan tortib muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni amalga oshirib, ularni tadbirkorlarga tayyor holda topshirish vakolatlari berildi. 
Harakatlar strategiyasi bo‘yicha Dasturga asosan 2017 yil I choragida tadbirkorlik sub’ektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga tayyor holda ulash tizimini takomillashtirish maqsadida:
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan xarajatlarni kamaytirish;
tadbirkorlik sub’ektlarini elektr tarmoqlariga ulashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalashni ko‘zda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Natijada tadbirkorlik sub’ektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmog‘iga ulash tizimi yanada takomillashtiriladi, uning muddatlari va xarajatlari qisqaradi.
2017 yilning II choragida tadbirkorlik sub’ektlarini xom ashyo va materiallar bilan ta’minlashni takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada O‘zbekistonda ishlab chiqarilmayotgan yoki ishlab chiqarish hajmi etarli bo‘lmagan mahsulotlar importi dinamikasini tahlil qilish asosida bunday tovarlarga bojxona to‘lovlari miqdorini kamaytirish, ochiq birja savdolari orqali yuqori likvidli tovarlarni sotish hajmlarini 10 foizdan kam bo‘lmagan miqdorga oshirish ishlari nazarda tutiladi.
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy jihatdan ko‘maklashish, jumladan, kreditlar ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, mamlakatimizda 2016 yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 2015 yilga nisbatan 25,1 foiz ko‘payib, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 53,4 trillion so‘mga etdi.
Diagrammadan ko‘rinadiki, keyingi to‘qqiz yil mobaynida iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 8 barobardan ko‘proq o‘sgan.
Ayniqsa, iqtisodiyotga yo‘naltirilgan kreditlar tarkibida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlashga ajratilgan investitsion kreditlar muhim o‘rin tutadi.
Diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlashga ajratilgan investitsion kreditlar hajmi 2009-2016 yillarda 5 barobardan ziyod o‘smoqda.
Bank tizimi tomonidan amalga oshirilgan qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2015 yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘payib, 2017 yilning 1 yanvar holatiga 15,9 trln. so‘mga etdi.
Harakatlar strategiyasi Dasturida belgilanishicha, 2017 yil davomida tijorat banklari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va kengaytirish hamda ularning ishlab chiqarish faoliyati uchun xom ashyo va materiallarni sotib olishda moliyaviy resurslarga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida iqtisodiyot hamda kichik biznes sohasi sub’ektlarini kreditlash hajmini 1,2 barobar oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Ushbu tadbirlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda ularning ishlab chiqarish faoliyati uchun xom ashyo
va materiallarni sotib olishda moliyaviy resurslarga bo‘lgan talablarini qondirish imkonini beradi.
2017 yil mart oyida yakka tartibdagi tadbirkorlikning rivojlanishini yanada qo‘llab-quvvatlash va mazkur sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, bunda yakka tartibdagi tadbirkorlar, oilaviy tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklariga plastik kartalaridagi pul mablag‘laridan ishlab chiqarish, savdo faoliyati va boshqa ehtiyojlar uchun foydalanish imkonini berish va ularni tasarruf etishdagi asossiz cheklovlarni bekor qilishga qaratilgan qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish belgilab berilgan. Ushbu chora-tadbirlar bank plastik kartalaridan foydalangan holda, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish hamda pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirishga xizmat qiladi.



Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin