Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


-2017 yillarda «Biznesni yuritish» reytingi ishbilarmonlik muhiti sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekistonning egallagan o‘rni81 [112]



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə77/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

10-jadval
2015-2017 yillarda «Biznesni yuritish» reytingi ishbilarmonlik muhiti sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekistonning egallagan o‘rni81 [112]

Ko‘rsatkichlar

DB-2017

DB-2016

DB-2015

Reytingdagi o‘zgarish

2017 yilda 2016 yilga nisbatan

2016 yilda 2015 yilga nisbatan

Biznesni yuritishning umumiy reytingi

87

87

103

-

+16

Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish

25

42

64

+17

+22

Qurilish uchun ruxsat olish

147

151

149

+4

-2

Elektr tarmoqlariga ulanish

83

112

108

+29

-4

Mulkni ro‘yxatga olish

75

87

113

+12

+26

Kreditlash

44

42

105

-2

+63

Minoritar investor-larni himoyalash

70

88

87

+18

-1

Soliqqa tortish

138

115

117

-23

+2

Xalqaro savdo

165

159

158

-6

-1

SHartnomalarning bajarilishini ta’minlash

38

32

32

-6

-

To‘lovga layoqatsizlikni bartaraf etish

77

75

75

-2

-

Ayniqsa, «Kreditlash tizimi» bo‘yicha ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga nisbatan bir yo‘la 63 pog‘ona ko‘tarilib, 105-o‘rindan 42-o‘ringa chiqqani quvonarli muvaffaqiyat sanaladi. YAna bir e’tiborli jihati shundaki, so‘nggi uch yilda mazkur reyting ko‘rsatkichi 112 pog‘ona o‘sdi. 
2017 yil davomida Jahon bankining «Doing Business» xalqaro reytingida respublikamizning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutiladi.
Dasturda belgilab berilgan tadbirlardan yana biri – mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish hisoblanadi.
Bu borada 2017 yilning I choragida tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rag‘batlantirish va takomillashtirish, eksport-import operatsiyalarini tartibga solishni takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari raqobatdoshligini oshirish, eksport hajmini ko‘paytirish va geografiyasini kengaytirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.


8-rasm. O‘zbekistonning «Doing Business» xalqaro reytingidagi o‘rnini
yaxshilashga qaratilgan tadbirlar

Loyihada yuqoridagi vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan qator chora-tadbirlar nazarda tutiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 2016 yilning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida “Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‘lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyat etkazadi”82, deb ta’kidlagan edi.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin