Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


-jadval Mamlakatimizda2016-2020 yillarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishning prognoz ko‘rsatkichlari



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə70/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

5-jadval
Mamlakatimizda2016-2020 yillarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishning prognoz ko‘rsatkichlari



Ko‘rsatkichlar

2015

Prognoz ko‘rsatkichlar

2020 y. 2015 y.ga nisb. o‘zgarish

2016

2017

2018

2019

2020

+ , –

%da

CHorva mollari bosh soni, ming bosh

Qoramolar

11 635

12 150

12 720

13 350

14 050

14 800

+ 3 165

127,2

Qo‘y va echkilar

18 906

19 600

20 380

21 240

22 170

23 187

+ 4 281

122,6

Parranda

60 800

64 600

69 500

75 500

83 000

92 000

+ 31 200

151,3

CHorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, ming tonna

Go‘sht (tirik vaznda)

1 981

2 060

2 150

2 260

2 375

2 500

+ 519

126,2

Sut

8 823

9 478

10 242

11 075

11 957

13 000

+ 4 177

147,3

Tuxum, mln. dona

3 500

6 200

6 900

7 700

8 600

9 600

+ 4 100

274,3

Baliq

60

75

90

110

130

150

+ 90

250,0

Asal

9,3

11,0

13,0

15,5

19,0

23,0

+ 13,7

247,3

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi PQ-2460-sonli “2016-2020 yillarda qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qaroriga ilovalar asosida tuzilgan.
Harakatlar strategiyasi bo‘yicha 2017-2021 yillarda bu yo‘nalishda:
mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitiga mos, qurg‘oqchilikka, sho‘rlikka, issiqlikka va kasalliklarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va chorva turlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
gennokaut biotexnologiyalari asosida iste’molchilar sog‘lig‘iga salbiy ta’sirchanligini isbotlagan holda, har xil tuproq-iqlim zonalariga mos ertapishar va yuqori hosilli qishloq xo‘jalik ekin navlarini yaratish vazifalari belgilangan.
CHorvachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish butun agrar tarmoqni rivojlantirish strategiyasining muhim qismidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi PQ-2460-sonli “2016-2020 yillar davrida qishloq xo‘jaligini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2016-2020 yillarda qoramolar sonini 3 165 ming boshga, qo‘y va echkilar sonini 4 281 ming boshga va parrandalar sonini 31 200 mingtaga oshirish vazifalari belgilangan. Buning natijasida shu yillar oralig‘ida go‘sht ishlab chiqarish hajmi (tirik vaznda) 519 ming, sut 4 177 ming, baliq 90 ming, asal 13,7 ming tonnaga va tuxum 4 100 million donaga oshadi. Keyingi yillarda chorvachilik taraqqiy etgan mamlakatlardan zotdor mollarni olib kelib, urchitishni tashkil etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, 2006-2016 yillar mobaynida Ukraina, Belorussiya, Polsha, Avstriya, Germaniya, Gollandiya va boshqa Evropa mamlakatlaridan 69175 bosh mahsuldorligi yuqori naslli mollar keltirilgan.
CHorva mollarini turli kasalliklardan asrash, naslini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish maqsadida mamlakatimizda 2016 yilda 2616 ta zooveterinariya punkti tomonidan zooveterinariya xizmatlari ko‘rsatilgan va 2465 ming bosh sigir va urg‘ochi tanalar sun’iy urug‘lantirilgan, qoramolchilik yo‘nalishida naslchilik toifasidagi xo‘jaliklar soni 610 taga etkazilgan, ular tomonidan 7677 bosh naslli mollar tayyorlanib, aholi va chorvachilik fermer xo‘jaliklariga auksionlar orqali sotilgan. 2016-2020 yillarda yangidan 1533ta naslchilik xo‘jaligini tashkil etish rejalashtirilgan.


Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin