Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


-jadval Avtomobil yo‘llari holatini yaxshilash va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə67/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

4-jadval
Avtomobil yo‘llari holatini yaxshilash va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish tadbirlari

Amalga oshiriladigan tadbir

Bajarish muddati

Sarf-xarajatlar
(mln. so‘m)

«Talgo-250» rusumidagi 2 ta yuqori tezlikdagi yo‘lovchi poezdini sotib olish loyihasini amalga oshirish

2017 yil 1-yarmi

42,0mln.doll.

Qarshi-Termiz temir yo‘l tarmog‘ini elektrlashtirish

Yil davomida

160,3 mln.doll.

Buxoro-Miskin yangi temir yo‘l tarmog‘ini qurish

Yil davomida

143,0 mln.doll.

Pop-Namangan-Andijon temir yo‘l tarmog‘iini elektrlashtirish

2017 — 2019 yillar

18,0 mln.doll.

Temir yo‘llarni qayta tiklash

2017 — 2019 yillar

51,1 mln.doll.

Yo‘lovchi vagonlar tarkibini yangilash

2017 — 2019 yillar

8,1 mln.doll.

Toshkent shahar aeroporti yangi xalqaro yo‘lovchi terminalini (Toshkent-4) qurishloyihasini amalga oshirish

2017 — 2019 yillar

jami — 343,6 mln.doll.,shundan, 2017 yilda — 152,9 mln.doll.

Avtomobil yo‘llari holatini yaxshilash va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida investitsiya dasturi doirasida Respublika yo‘l jamg‘armasining 1550000 million so‘m mablag‘lari o‘zlashtirilishi qo‘zda tutilgan bo‘lib, u quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
umumiy foydalanishdagi xalqaro, respublika va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish;
xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;
shahar ko‘chalari, aholi punktlariga kirish va ichki yo‘llarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;
yo‘l xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash;
qurilish materiallarining innovatsion turlaridan hamda zamonaviy ilg‘or texnologiyalar va usullardan foydalangan holda, avtomobil yo‘llari sifatini yaxshilashni belgilovchi standartlarni takomillashtirish.
Dasturning maqsadi – aholi farovonligi va hayot sifatini yanada oshirishdir. Mamlakatimizda transport kommunikatsiyalari, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish, muhandislik-infratuzilma ob’ektlarini barpo etish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar rejalashtirilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish doirasida 2017 yilda axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan mamlakatimiz hududlarida 2300 kilometr optik tolali aloqa tarmoqlarini qurishga 5,7 million dollar mablag‘ jalb etiladi. Buning natijasida mamlakatimiz aholisining yuqori tezlikda Internetga ulanishi, multimedia va IP-TV xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
2017-2018 yillar davomida “O‘zbektelekom” kompaniyasi mablag‘lari, xorijiy investorlar kreditlari hisobidan kommutatsiya markazlarini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilishga 44,7 milliondollarinvestitsiyalar kiritish rejalashtirilgan bo‘lib, uning amalga oshirilishi shaharlararo avtomatik telefon stansiyalar sig‘imini 17152 ta E1 portga oshirilishiga yordam beradi.
Mobil aloqa operatorlarining tarmoqlari qamrovi hududlarini kengaytirishga erishish maqsadida «O‘zbektelekom» AK va mobil aloqa operatorlari tomonidan 115,2 milliondollar mablag‘ evaziga 1843 ta tayanch stansiya o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.
Dastur doirasida 2017 yilda mamlakatimiz aholisini, shu jumladan, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi aholini raqamli televidenie bilan qamrab olish darajasini 100 foizga etkazish ko‘zda tutilgan. Bu maqsadlar uchun YAponiya xalqaro hamkorlik banki va YAponiya tijorat banklari mablag‘lari hisobidan 62,5 milliondollar jalb etiladi va mamlakatimiz hududlarida 66 ta yuqori quvvatli va 328 ta kam quvvatli raqamli televidenie uzatgichlari o‘rnatiladi va ishga tushiriladi.
Keyingi yillarda qishloq joylarda aholi uchun namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 2009-2016 yillarda qishloq joylarda 1308 turar- joy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvadrat metr bo‘lgan 69 557 ta shinam uy-joy qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.
SHu bilan birga, ushbu sohani o‘rganish aholining real ehtiyojlari va xarid qobiliyatini, shuningdek, milliy mentalitetni va qishloq joylarda yashash sharoitlarining xususiyatlarini to‘liq hisobga olib, qurilish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan prinsipial jihatdan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi.
Davlatimiz rahbari shu yil 14 yanvarda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida kapital qurilish sohasida kechiktirib bo‘lmaydigan bir qator o‘ta muhim vazifalar bordeb ta’kidladi. Ular orasida Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib chiqish masalalarining dolzarbligiga alohida etibor qaratildi69
Prezidentimiz tomonidan ayrim kamchiliklar keltirilib, “shaharsozlikni takomillashtirish bo‘yicha bir qator hujjatlar qabul qilingan bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi nazoratsiz qolgani, 2012-2015 yillarda ishlab chiqilgan 18 ta shahar va posyolkaning bosh rejalari haligacha tasdiqlanmagan”ligi ta’kidlab o‘tildi.
SHu bois harakatlar strategiyasida kapital qurilishdagi islohotlarga alohida e’tibor qaratilgan. Dasturda 2017 yil davomida bozor sharoitida erkin faoliyat yurita oladigan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har qanday turdagi loyiha ishlarida qatnashishga imkon beruvchi ustav va aylanma kapitaliga ega bo‘lgan qurilish va loyiha korxonalarini tashkil etish va mavjudlarini rivojlantirishga, sohada zamonaviy bozor munosabatlarini yaratishga qaratilgan «Kapital qurilishni yanada takomillashtirish va qurilish materiallari sohasida qulay muhitni yaratish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining qabul qilish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini qabul qilinishi tufayli amalga oshiriladigan ishlar natijalari quyidagilarda aks etadi:

  • kapital qurilish sohasidagi normativ bazani bozor munosabatlarini joriy etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish;

  • loyihalash va qurilish tashkilotlariga moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun hamda yangi qurilish texnologiyalarini joriy etishga yo‘naltirilgan soliq va boshqa turdagi imtiyoz va engilliklar berish;

  • milliy loyihalash va qurilish tashkilotlarining tashqi bozorlarga kirib borishga keng jalb etishni ta’minlovchi kompleks tadbirlarni amalga oshirish;

  • loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish;

  • loyihalarni moliyalashtirishning turli zamonaviy usullarini va boshqa moliyaviy vositalarini joriy etish;

  • pudrat tashkilotlarida mavjud bo‘lgan mutaxassislarni saqlab qolish, malakali kadrlarni jalb etish imkonini beradigan sharoitlarni yaratish;

  • qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish;

  • loyihalash va qurilish tashkilotlari assotsiatsiyalarini tashkil etish.




Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin