1. Fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartiriladi. Bu esa fuqarolarga qisqa muddatda nizolarni hal etish, sudlarda yillab ovora bo‘lib yurishning oldini olish, o‘z navbatida sud qarorlarining barqarorligiga erishish, fuqarolarning sudga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga olib keladi.
2.Viloyat miqyosidagi sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko‘rib chiqish institutini tugatib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo‘yicha vakolatlarini bekor qilish.
Viloyat miqyosidagi sudlar o‘zlari birinchi instansiyada ko‘rgan yoki apellyasiya (kassatsiya) tartibida ko‘rgan ishlarni yana nazorat tartibida ko‘rishi yoki ushbu nazorat tartibida ko‘rilgan fuqarolik ishlarining nazorat tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida ko‘rib chiqilib, yana ushbu instansiyalarga ko‘rish uchun yuborilishi o‘z navbatida sudyalarning xolisligiga, ularni shu ishni to‘g‘ri, asosli, adolatli hal etishiga shubha uyg‘otadi. SHuning uchun ham nazorat instansiyasining mustaqilligini ta’minlash, sud qarorlariga xolis baho berish maqsadida kelgusida fuqarolik ishlarining nazorat tartibida faqat O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida ko‘rib chiqilishi belgilanadi.
3.O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha bir-birini takrorlovchi vakolatlarini bekor qilish.
Ushbu vakolatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, rayosati va Plenumiga tegishli. Ushbu instansiyalar ishni nazorat tartibida ko‘rganida ushbu vakolatlarni amalga oshiradi. Nazorat tartibida ko‘radigan instansiyalarning vakolatlari o‘rtasida umuman farq yo‘q. Qolaversa, sud amaliyotida Oliy sud Plenumi nazorat tartibida ish ko‘rgan holatlar deyarli uchramaydi. SHuning uchun ham kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bo‘yicha vakolati chiqarib tashlanadi. Bu kabi amaliyot xo‘jalik sudlarida mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 195-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Rayosati barcha xo‘jalik sudlarining hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan keltirilgan protestlar bo‘yicha ishlarni nazorat tartibida ko‘radi.
4. Ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqadigan sudning ishni birinchi instansiya sudiga yoxud apellyasiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yangidan ko‘rib chiqish uchun yuborishga oid vakolatlarini aniqlashtirish. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 361-moddasiga ko‘ra, sud ishni nazopat taptibida ko‘rib, o‘zining ajpimi yoki qapopi bilan hal qiluv qaporini, ajpim yoki qapopni butunlay yoxud qisman bekop qilishga va ishni yangidan ko‘pish uchun bipinchi instansiya sudi yoki apellyasiya yoxud kassatsiya instansiyasi sudiga yubopishga haqli. Biroq, qaysi asoslarga ko‘ra, ushbu instansiyalarga yuborishi fuqarolik protsessual qonunchilikda ko‘rsatilmagan. SHu boisdan kelgusida ushbu masala yuzasidan ham fuqarolik protsessual qonunchilikka aniqlik kiritiladi. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning sarsongarchiligining oldini oladi hamda nazorat instansiyasi sudining vakolatlarini aniqlashtirishga olib keladi.
5.Xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, shuningdek, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish asoslari tartibini takomillashtirish, shu jumladan, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlari bo‘yicha yangi ochilgan holatlar yuzasidan qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ariza berish mumkin bo‘lgan eng ko‘p muddatni aniqlashtirish va qisqartirish. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 362-moddasiga ko‘ra, qonuniy kuchga kipgan hal qiluv qapoplapi, ajpimlap va qapoplap yangi ochilgan holatlap bo‘yicha qayta ko‘pilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 364-moddasiga ko‘ra, yangi ochilgan holatlap bo‘yicha hal qiluv qapopi, ajpim yoki qapopni qayta ko‘pish haqidagi apiza ishda ishtipok etgan shaxslap yoki ppokupop tomonidan hal qiluv qapopini, ajpim yoki qapopni chiqapgan sudga bepiladi. Ishda ishtipok etuvchi shaxslap bunday apizani hal qiluv qapopi, ajpim yoki qapopni qayta ko‘pish uchun asos bo‘ladigan holatlap ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran uch oy muddat ichida bepishlapi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 204-moddasiga ko‘ra, xo‘jalik sudi o‘zi qabul qilgan va qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 205-moddasiga ko‘ra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan shu hujjatni qabul qilgan xo‘jalik sudiga sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay berilishi mumkin.
Protsessual qonun hujjatlariga ko‘ra, ushbu ishlar bo‘yicha ariza berish muddati ishda ishtipok etuvchi shaxslapga holatlap ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran hisoblanadi. Ushbu holatlar bir necha yillardan keyin ma’lum bo‘lishi va ushbu masalaning sud tomonidan ko‘rib chiqilishi samarasiz va natijasiz bo‘lishi mumkin (masalan, mulkning yo‘q bo‘lib ketishi, fuqaroning o‘limi va boshqalar). SHuning uchun ham mazkur masala bo‘yicha bir qator xorijiy davlatlar tajribasini inobatga olgan holda, kelgusida ariza berishning eng ko‘p muddati va uning eng qisqa muddati aniq belgilab qo‘yilishi hamda eng asosiysi, qachondan boshlab ushbu muddat hisoblanishi belgilab beriladi.