Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə66/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Tayanch so’z va iboralar: tarkibiy o’zgarishlar, xususiy mulk huquqi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik.

  1. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatdoshligini oshirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi63. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida muhim o‘rin egallaydi.


Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida albatta tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatdoshligini oshirish masalasi turadi.
Butun jahonda “o‘zbek modeli” nomi bilan tan olingan o‘zimizga xos va mos rivojlanish modeli yo‘lida dadil qadamlar bilan borayotganimiz qo‘lga kiritilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarning bosh omili bo‘lmoqda. Pirovardida iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida yurtimiz kun sayin ravnaq topib, mamlakatimizning nafaqat shaharlarida, balki qishloqlarida ham sanoat jadal rivojlanib bormoqda, zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari barpo etilyapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida “Barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘anievich Karimov bugun oramizda yo‘q. Biroq Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz”, deb ta’kidlab o‘tildi64
Mamlakatimizda o‘tgan 2016 yil yakunlari bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga o‘sganligi, sanoat mahsuloti hajmlari – 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari – 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,4 foizga, xizmatlar – 12,5 foizga o‘sganligi, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilganligi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi ta’minlanganligi, inflyasiya darajasi prognoz parametrlaridan oshmaganligi va 5,7 foizni tashkil etganligini sanab o‘tishimiz mumkin.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, amalda faoliyat yuritayotgantexnika va texnologiyalarni yangilash, ularni qo‘llab-quvvatlash investitsion jarayonlarni nechog‘liq to‘g‘ri va samarali amalga oshirishga bog‘liq. SHu boisdan ham, O‘zbekiston Respublikasi davlat rahbari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun markazlashgan, markazlashmagan jamg‘armalar mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirishga hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga urg‘u berilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq.
2016 yildaiqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollaridan ko‘p investitsiya kiritildi, bu 2015 yilga nisbatan 9,6 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlari hajmi esa 11,3 foizga o‘sib, 3,7 milliard dollardan ziyod bo‘ldi.
2016 yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik 164ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon IESda 450 MVt quvvatli ikkita bug‘-gaz turbinasi va Angren IESda ko‘mir kukunidan foydalanishga mo‘ljallangan 130-150 MVt quvvatli energiya bloki qurish, Jizzax viloyatidagi sement zavodi quvvatini kengaytirish, «Indorama Qo‘qon tekstil» xorijiy korxonasi va «Fanteks» MCHJda yigiruv ishlarini tashkil etish, «GM O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida «T-250» rusumidagi engil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil qilish», shu bilan birga, «Sirdaryo viloyatidagi «Guliston Med Texnika» qo‘shma korxonasida steril shpritslar ishlab chiqarish" va boshqa loyihalar shular jumlasidandir65.
Bundan tashqari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlari doirasida 2016 yilda 28 mingdan ko‘p loyiha amalga oshirildi.
2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yichaHarakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatdoshligini oshirish yo‘nalishida korxonalarning mablag‘lari, O‘zTTJ, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 2017 - 2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlari amalga oshiriladi.
Natijada kelgusi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizga oshadi. 2017 yilda 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor mahsulotlar o‘zlashtiriladi.
2017 yilda umumiy qiymati 1milliard dollarlik 145 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish, shu jumladan:
meva-sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 147 million dollarlik 63 ta loyiha;
rangli va qimmatbaho metallarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 217 million dollarlik 6 ta loyiha;
kimyoviy xom ashyolarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 25 million dollarlik 2 ta loyiha;
uglevodorod xomashyolarini qayta ishlashni chuqurlashtirish bo‘yicha 342 million dollarlik 6 ta loyiha;
tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha 6 million dollarlik 9 ta loyiha;
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirishga yo‘naltirilgan 24 million dollarlik 7 ta loyiha;
qurilish materiallari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish bo‘yicha 151 million dollarlik 29 ta loyiha;
tayyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha 178 million dollarlik 15 ta loyiha.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida 2017-2020 yillarda aholining energiya ta’minotini yaxshilash uchun ko‘mir qazib olish sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobidan ko‘mir qazib olishni yiliga 7,8 million tonnaga oshirish imkonini beruvchi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, ularning natijalari atroflicha muhokama qilinmoqda.
Milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish masalasini hal etish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning tayanch tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonaning rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini yuksaltirish asosida ishchilar sonini ko‘paytirishga erishish rejalashtirilgan. Bu tadbirlar natijasida korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi va ishchilar soni ko‘payadi.
Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanish dinamikasidagi muhim o‘zgarish korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilanish asosida sanoatda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiyaning amalga oshirilgani hisoblanadi.
Sanoat siyosatidagi asosiy ustuvor ahamiyat institutsional islohotlarning sifatini oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berish, sanoat ishlab chiqarishni modernizatsiyava diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotining real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, o‘rta va uzoq muddatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan Harakatlar strategiyasida yuqori texnologiyalarga asoslangan qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish zarurati alohida ta’kidlandi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash va sanoat tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2016 yilda 2015 yilga nisbatan 6,6 foizga o‘sishini ta’minladi. YUqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sanoat tarmoqlarida dinamik rivojlanish ta’minlandi. 2016 yilda mahalliy xomashyo resurslarini bosqichma-bosqich chuqur qayta ishlash va tayyor iste’mol mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish tarmoqlari evaziga sanoat mahsulotlarining yuqori o‘sish sur’atlariga erishildi. Xususan, to‘qimachilik buyumlari, kiyim va charm mahsulotlari ishlab chiqarish 111,7 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 110,8 foiz, farmatsevtika mahsuloti va preparatlari 123,9 foiz, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlari 129,7 foiz, boshqa noruda meneral mahsulotlar 113,8 foizga oshdi.
Sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash loyihalari, shuningdek, 2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida respublika YAIMga sarflanadigan energiya sarfini 7,4 foiz, hamda yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini esa o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 10,6 foiz kamaytirishga erishildi.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida 2017 yilda sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini o‘rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab berilgan. SHu jumladan, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu yo‘nalishga korxonalarning mablag‘lari va tijorat banklar kreditlari hisobidan 602 000,0 million so‘m investitsiyalar yo‘naltiriladi, bu esa mahalliy mahsulotlarning, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatdoshligini va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
SHu bilan birga, Harakatlar strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatdosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish bo‘yicha vazifalar belgilangan. Mazkur yo‘nalishda avvalambor 2017 yilda ushbu sohani tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish nazarda tutiladi. Mazkur qonunda quyidagilar aks ettirilishi rejalashtirilgan:
korxonalarning birlashishi va qo‘shib olinishida monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish talablarini birxillashtirish;
raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan harakatlarga qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirish;
ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarning aksiya va ulushlarini sotib olishda tadbirkorlik sub’ektlarining hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish;
manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish maqsadida shu’ba korxonalar tomonidan ta’sischining ustav fondidan ulush sotib olishini va shu’ba korxona vakillarining ta’sischi kuzatuvchilar kengashida a’zoligini taqiqlash.
Turizm tarmog‘i jahon savdosining eng yirik tarmog‘iga aylanib bormoqda va hozirgi kunda er yuzidagi jami tovar va xizmatlar eksportida daromad keltirish bo‘yicha ikkita yirik tarmoq - neft qazib olish va avtomobilsanoatidan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Turizm sohasi jahonda bo‘ladigan jami eksportning 10 foizini beradi, xizmatlar savdosining esa 35 foizi turizmga to‘g‘ri keladi. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan, asrlar davomida qadimiy shaharlari bilan mashhur, tarixiy va madaniy o‘tmishga ega O‘zbekiston Respublikasi turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun real imkoniyatlarga ega.
Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirishga olib keladigan o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, shuningdek, 2017 - 2021 yillarda Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish rejashtirilgan. Mazkur vazifaning amalga oshirilishi turizm sohasining tezkor rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi. SHu bilan birga,«Turizm to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish natijasida turistik sohani rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari aniqlab beriladi, mazkur sohada tadbirkorlikning keng rivojlanishiga zamin yaratiladi.
Harakatlar strategiyasiga asosan, 2017 yilda aeroport va vokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash nazarda tutilmoqda. Mazkur yo‘nalish xorijiy turistlarni kutib olayotgan yoki kuzatayotgan turistik faoliyat sub’ektlari xodimlariga belgilangan tartibda rejim va himoya choralariga amal qilgan holda, maxsus ruxsatnomalar berish orqali aeroport va vokzallar zallarida hozir bo‘lishiga ruxsat berish kabi chora - tadbirlarni o‘z ichiga oladi
Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va yangi turistik marshrutlarni yaratish, jumladan: mamlakat barcha hududining turistik imkoniyatini o‘rganish va yangi turistik mahsulot va marshrutlarni shakllantirish; aholi uchun turlar va ekskursiyalar o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;ichki marshrutlar bo‘yicha yangi aviaaloqalar ochish; marketing tadqiqotlarini o‘tkazish asosida hududiy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha charter reyslarini tashkil etish maqsadida yangi turistik marshrutlarni yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini kuchaytirishga oid islohotlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar Harakatlar strategiyasidan joy egallagani turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlarning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida mamlakatimiz turizm sohasidagi ikkita katta muammoni hal etish, birinchidan, o‘z faoliyatining barcha turlarini miqdor va sifat jihatidan kengaytirish, ikkinchidan, pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirishga imkon yaratadi.
Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobidan iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirishdaishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish Xarakat dasturining eng muhim vazifalari qatoridan o‘rin olgan.
Belgilangan ushbu vazifalarni bajarish yo‘nalishida mustahkam zamin yaratilgan bo‘lib, 2016 yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida qiymati 6145,8 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 2015 yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobarni, import o‘rnini bosish samaradorligi 2,1 milliard dollarni tashkil qildi.
Mahsulotlar raqobatdoshliligini oshirish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning eksport salohiyatini yuksaltirish iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi kunda tashqi iqtisodiy aloqalarning son va sifat jihatidan o‘sishi bu jarayonlarni har tomonlama chuqur o‘rganishga yanada yuksak talablar qo‘ymoqda.
Turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarning ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, valyuta-moliyaviy, xorijiy sheriklar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblangan eksportga mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, turizmni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarida ma’lum bir muammolar mavjud bo‘lib, ularning hal etilishi bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Mamlakatimiz eksport salohiyatidan samarali foydalanish va uni kengaytirishda eksportchi korxonalarning maqsad va vazifalarini aniq belgilash, ularni amalga oshirish yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, eksport strategiyasini shakllantirish korxonalarning hozirgi paytda kuchli raqobat sharoitida o‘z o‘rni va mavqeni to‘g‘ri belgilab olishiga yordam beradi. Jahon bozorlarida raqobatning keskin tus olishi shuni ko‘rsatmoqdaki, endilikda korxonalar o‘z maqsad va vazifalarini belgilashda nafaqat mahsulotga bo‘lgan oddiy talab va taklifdan kelib chiqishlari kerak, balki birinchi navbatda, salohiyatli iste’molchilarining ehtiyojlari, hohish-istaklari hamda maqsadlarini doimo diqqat markazda tutib, ularni chuqur o‘rganishlari va shu sharoitga mos keladigan strategiyani amalga oshirishlari muhim bo‘lib qolmoqda.
Oxirgi yillar davomida diversifikatsiya qilish va iqtisodiyot sohalarining raqobatdoshligini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida jahon iqtisodiyotida inqiroz holatlari hamon saqlanib turgan va jahon bozoridagi narxlar darajasi pastligi mamlakatimizning asosiy eksport sohalariga ta’sirini kamaytirishga erishildi.
YUrtimiz eksportchilarining tashqi bozordagi o‘rnini saqlash hamda mamlakatning salohiyatini kuchaytirish maqsadida xorijga mahsulot etkazib berish hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi.
2016 yil davomida yana 877ta korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, mahalliy mahsulotlarni chetga etkazish geografiyasi 60 ta yangi bozorga ko‘paydi. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Kot-d`Ivuar, Somali, Nigeriyaga engil avtomobillar, SHvetsiya, Ruminiya, Bolgariya, Turkiya, Indoneziya, Moldova va Ozarbayjonga mineral o‘g‘itlar, Belarus, Ozarbayjonga sport poyafzallari, Polsha va Janubiy Koreyaga charm buyumlar va boshqa mahsulotlar eksport qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida “Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2017 yilda so‘zsiz hal qiluvchi faoliyat yo‘nalishiga aylanishi zarur”,-deb ta’kidlagani bu borada kelgusida ulkan ishlar amalga oshirilishidan darak beradi66
Ushbu ma’ruzada davlatimiz rahbari mazkur sohaning holatiga tanqidiy baho berib,mashinasozlik kompleksida import hajmi eksportdan bir necha barobar yuqori bo‘lib, mahalliylashtirish darajasi esa importga nisbatan 20 foizdan kam ekanligi hamda ayni vaqtda mashinasozlik kompleksi, «O‘zfarmsanoat» konserni va «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarda import hajmi eksport hajmidan o‘nlab marta ko‘p ekanini aytib o‘tdi. SHubilan birga, «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati va «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tizimida mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi import miqdoriga nisbatan 25-30 foizdan oshmasligi ta’kidlab o‘tildi.
YUqoridagilardan kelib chiqib, Xarakat strategiyasidagi mamlakatimizning 2017 yil uchun dasturida eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni yuqori darajada mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning istiqbolli sohalarini rivojlantirish dasturini tasdiqlash ko‘zda tutilgan.Mazkur ishlarni amalga oshirish yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va modernizatsiya qilish, raqobatdosh, eksportbop mahsulot hamda materiallarni ishlab chiqish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.
2018-2021 yillarga mo‘ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini qabul qilish ham 2017 yildagi asosiy vazifa bo‘lib unda quyidagilar nazarda tutiladi:
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish;
O‘zbekiston uchun savdo aloqalarini rivojlantirish borasidagi maqsadli bozorlarni aniqlash;
tashqi bozorlar kon’yunkturasini o‘rganish asosida katta hajmdagi eksportbop tovarlarni ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish;
tashqi bozorlarni marketingga xos o‘rganish usulini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
belgilangan bozorlarni asosiy ishtirokchilar bilan uzviy o‘zaro hamkorlik o‘rnatish orqali milliy mahsulotlar bilan ta’minlash;
xalqaro sifat standartlarni (ISO 9001) keng joriy etish, ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish.
Transport-kommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilishi mamlakatimizning xalqaro transport kommunikatsiyalariga integratsiyalashuviga xizmat qilmoqda. 2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturiga muvofiq, 2016 yilda Respublika Yo‘l jamg‘armasi tomonidan 520,1 kilometr avtomobil yo‘llari qurilishi va ta’mirlanishi yakunlandi.
Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning boshqa hududlari bilan ishonchli tarzda bog‘lovchi, Qamchiq dovonidan 19,2 kilometr uzunlikdagi er osti yo‘li orqali o‘tuvchi yangi Angren–Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l tarmog‘i qurildi. Mazkur temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi bilan mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oluvchi yagona temir yo‘l tizimi to‘liq yaratildi.
Toshkent–Buxoro va Buxoro–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanadigan «Afrosiyob» yo‘lovchi elektr poezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 291,5 kilometr uzunlikdagi Samarqand–Buxoro temiryo‘l qismini elektrlashtirish loyihasi yakunlandi. Havo kemalari parki 2 ta zamonaviy «Boeing 787-800 Dreamliner» samolyoti bilan to‘ldirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2016 yilda yuk tashish hajmi 5 foizga, shundan avtomobil transportida 5,3 foizga, havo transportida 8,8 foizga oshdi67.
Davlatimiz rahbari shu yil 14 yanvarda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganlaridek, “Hayotning o‘zi va o‘tgan yillar tajribasi hududlarni kompleks rivojlantirishni va infratuzilma faoliyatini tubdan o‘zgartirishni ta’minlashdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilmoqda.
SHu sababli yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha dasturlarning prognoz parametrlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish hamda ularga erishish lozim. 
YAkuniy maqsad – iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishonchli infratuzilmani shakllantirish, shahar va qishloq aholisiga qulay shart-sharoit yaratib berishdir”68
Sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturining asosiy maqsadi- ushbu vazifalarni amalga oshirishdir. Unga muvofiq  milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish uchun yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar rejalashtirilgan.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin