Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Vazmin, o‘zaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə96/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

2. Vazmin, o‘zaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

Ma’lumki, dunyodagi har qanday suveren davlat jahon hamjamiyatiga o‘zining tashqi siyosiy qarashlari, umumsayyoraviy muammolarga munosabatlari hamda azaliy munozara va muzokaralar ob’ekti bo‘lgan urush va tinchlik masalalariga yondashuvlari bilan kirib boradi. Bu borada O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq aniq siyosiy pozitsiyasini va tashqi siyosat borasidagi konsepsiyasini bayon etdi. Jumladan, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekistonning tashqi siyosatini qonuniy asosida kafolatlab berdi. Uning 17-moddasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidava normalariga asoslanishi belgilab qo‘yildi. Davlatning, xalqning oliy manfaatlarini, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli ittifoqlar tuzishi, xamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi, zarur bo‘lganda ulardan ajralib chiqishi mumkinligi Asosiy qonunda belgilab berildi.


Mustaqillik davrida O‘zbekiston chindan ham jahon xamjamiyatining eng siyosiy faol, xalqaro munosabatlarda o‘zini asosli, qat’iy va o‘zgarmas pozitsiyasiga ega bo‘lgan davlat sifatida namoyon qildi. Bu O‘zbekistonning jahon xamjamiyatidagi siyosiy mavqei va imijini belgilab beradigan muhim omil sifatida o‘z kuch-qudratini ko‘rsatdi.
Vaqt o‘tgan sari umumdunyoviy siyosiy jarayonlar tobora faollashmoqda, yangidan -yangi muammolar davlatlararo, mintaqalararo va umumsayyoraviy miqyosda butunlay yangicha yondashuvlarni, siyosiy qarashlarni taqozo etmoqda. O‘zbekiston ana shu jarayonlarda, xalqaro munosabatlar va tashqi siyosatda o‘zining zamonaviy qarashlari va muammolar echimini topishdagi o‘ziga xos yondashuvlari bilan o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon etmoqda. Bu haqdagi haqqoniy fikrlarni Prezident SHavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasida yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu ma’ruzada Prezident O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining hozirgi zamon talablari va zamonaviy sivilizatsiya ehtiyojlari nuqtai nazaridan aniq belgilab berdi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston davlatining ichki va tashqi siyosatida mustahkam izchillikning mavjudligi, birinchi Prezidentimiz, I.A.Karimov boshlab bergan mustaqil taraqqiyot yo‘li, ichki va tashqi siyosat davom etayotgani davlatimiz qudratining va siyosiy barqarorligining yorqin misolidir. I.A.Karimov tamal toshini qo‘ygan va jahon mehvarida butun salohiyatiyu salobati va qudratini ko‘rsatayotgan O‘zbekiston davlatining tashqi siyosati zamonaviy talablar, bugungi ehtiyojlar va dunyoviy qarashlarning eng ilg‘or namunalari bilan boyitib borilmoqda. Demak, O‘zbekiston bugungi kunda o‘z Prezidenti SH.M.Mirziyoev rahbarligida o‘tgan 25 yilda to‘plangan tarixiy tajribalarga tayangan holda, uni yanada boyitish, takomillashtirish, rivojlantirish yo‘lidan bormoqda.
O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o‘z vaqtida va adekvat javob choralari ko‘rib, ularni oqilona echishni talab etadigan XXI asrning o‘ta shiddat bilan o‘zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda.
Mamlakatimizning xalqaro munosabatlarini to‘laqonli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, yurtimiz iqtisodiyotining barqaror va tez sur’atlar bilan o‘sishi, uning ochiq, demokratik davlat qurish yo‘lida jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan munosib o‘rin egallashi bugungi kunda tashqi siyosat sohasidagi asosiy maqsaddir.
O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida quyidagi prinsiplarga sodiq bo‘lib qolmoqda:
o‘zining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta o‘ylangan tashqi siyosat olib borish;
teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, chegaralarning daxlsizligi va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, munozarali masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik;
tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Aslini olganda, tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, davlatning siyoiy qarashlari va jahon hamjamiyatidagi xalqaro munosabatlarda uzviylikning mavjudligi uning jahon hamjamiyatidagi mavqeini belgilash bilan birga, ichki siyosatda barqaror taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda ichki va tashqi siyosatning ana shunday sog‘lom, qat’iyatli va ishonchli rivojlanishi bevosita uning ham dunyoviy, ham ichki mavqeini belgilamoqda. Hozirgacha mavjud siyosiy qarashlar XXI asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar tizimini qamrab olmoqda. Prezident SH.Mirziyoev bugungi kunda va olis istiqbolda O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy vazifalarini aniq belgilab berdi.
Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni davlatlar hududlari qurolli mojarolar va keskinlik o‘choqlariga aylanishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi, shuningdek, o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’ektlari joylashtirilishiga yo‘l quymaydi;
siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish;
mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyatni va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;
Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot zonasiga aylantirish, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga ko‘maklashish;
jahonning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘pqirrali tizimini shakllantirish, mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlab turish, O‘zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya qilish;
mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish uchun siyosiy diplomatik hamda xalqaro huquqiy mexanizmlardan, jumladan, preventiv diplomatiya chora-tadbirlaridan foydalanish;
O‘zbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, mas’uliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun investitsion, sayyohlik, madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;
milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish jarayonlarini kuchaytirish uchun ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;
O‘zbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini ta’minlaydigan ko‘p muqobilli transport-kommunikatsiya yo‘laklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlari har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash.
YUqoridagi vazifalar, aytish mumkinki, O‘zbekistonnning jahon hamjamiyatiga tobora chuqurroq kirib borishini ta’minlaydi. SHu asosda har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik chuqurlashib boradi. Ayni paytda bu vazifalarning samarali hal etilishi O‘zbekistoning jahon hamjamiyatidagi mavqeini, siyosiy va iqtisodiy salohiyatini namoyon qiladi.
YAna shuni alohida ta’kidlash kerakki, keyingi 2-3 oyda O‘zbekistonning tashqi siyosatida muhim voqealar yuz berdi. Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambaev 2016 yil 24 dekabr kuni amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi. Har ikki davlat rahbarlari azaliy qardoshlik tuyg‘ulari asosida shakllangan yaqin qo‘shnichilik tuyg‘ularini ifoda etishdi. Xalqlarimiz tarixiy, madaniy va diniy qadriyatlari mushtarak ekanligi, an’ana va urf-odatlari o‘xshashligi siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan har ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro bir-birini tushunish va ishonchga asos bo‘lishi ta’kidlandi. Har ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, savdo va madaniy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishib olindi.
2016 yil 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev Buyuk Britaniya va SHimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlari vaziri o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi. O‘zbekiston Buyuk Britaniyani jahon siyosati va iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadigan davlat bilan siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, xalqaro maydonda, jumladan, mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
2017 yil 19 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev jahon banki vitse-prezidenti Siril Myullerni, 1 fevral kuni esa Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi. SHu yilning 15 fevral kuni Iqtisodiy Hamkorlik bo‘yicha Rossiya Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi. 2017 yil 6 – 7 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘zining chet davlatga birinchi davlat tashrifini amalga oshirdi – Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga binoan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Mazkur tashrif juda samarali bo‘ldi hamda O‘zbekiston Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga, strategik sheriklik darajasiga ko‘tardi. Bularning barchasi O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan mustahkam aloqada bo‘lb kelayotganidan, turli mamlakatlar bilan har tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirib borayotganidan dalolat beradi.
Prezident SH.Mirziyoevning davlatlararo va mintaqaviy masalalarni hal qilishda yaqin qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi sa’yi harakatlari O‘zbekiston davlatining tashqi siyosatidagi muhim tamoyil sifatida ko‘zga tashlanayotgani ayniqsa e’tiborlidir.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi, hech shubhasiz, O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi davrini boshlab beradi.

IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI”



Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin