Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Keys stadi Yaponcha ishlab chiqarshning boshqarilishi xususiyatlari



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə113/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Keys stadi
Yaponcha ishlab chiqarshning boshqarilishi xususiyatlari
Yaponiya iqtisodiy taraqqiyotida va raqobatbardoshlilikni yuzaga keltirishda ishlab chiqarish menejmenti va o‘zgi xos rahbarlik uslubining yaratilishi muhim o‘rin egallaydi. 70 – yillargacha uzoq davom etgan arzon ish kuchi va yonilg‘i – xomashyo past baholi importga asoslangan raqobatbardoshlik mavjud edi. Dollarga nisbatan iena pas kursda bo‘lib, yapon mahsulotlari eksporti ham boshqa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan past edi. Yonilg‘i – xomashyo narxining, ayniqsa neftning narxini baland bo‘lib ketilishi, katta o‘zgarishlarga olib keldi. Yaponiya sanoati o‘zida tezda o‘zgarishlar yasab, kam resurs sig‘imli tarmoqlarga o‘tishni ta’minlay oldi va resurs tejamli, mehnat tejamli texnologiyalarni ishlab chiqib, sanoatda qo‘llay boshladi.
Yaponiya kompaniyalarining turg‘unlik xususiyatini yaponcha yollanma mehnat tizimi bilan bog‘laydilar. Bu tizimning uch tomoni mavjud: 1) ishchilarning umr bo‘yi yollanishi. Bunda ishchilarning to nafaqaga chiqquncha ish bilan ta’minlanishi kafolatlib, ish joyining doimiyligi ta’minlanadi. 2) Maxsus ish haqi tizimi. Bunda yoshiga va kompaniyadagi ish stajiga qarab maosh ortib boradi. 3) Kasaba uyushmalari tarmoq bo‘yicha emas, balki firma bo‘yicha tuziladi va muayyan korxona ichida faoliyat ko‘rsatadi.
“Umr bo‘yi yollanish” asosan yirik korporatsiyalarda va qisman o‘rta korxonalarda qo‘laniladi. Umuman taxminan sanoat ishlab chiqarishidagi bandlikning 15-20 foizini tashkil etadi. Bu tizim yuridik asossiz bo‘lib,, kelishuv bo‘yicha amalga oshiriladi. Yaponiyada ikki xil mehnat bozori mavjud bo‘lib, birinchisi “tashqi mehnat bozori” deyiladi. Bu boshqa mamlakatlardan deyarli farqlanmaydi. Ikkinchisi “ichki mehnat bozori” bu korporatsiya yoki “Keyretsu” sanoat guruhida qo‘llaniladi. Bunda firma ichida past samarali joydan boshqasiga o‘tkazilib, yuqori malakali ishchilarni saqlab qolishga erishiladi. SHu bilan birga ishga qabul qilish ma’lum mutaxassisligi, malakaga egaligi asosida bo‘lmay, “inson yollanishi” tarzida amalga oshadi. Chunki o‘qitish, hunarga o‘rgatish butun ish va amal davrida davom etadi. Halollik va mehnat bilan bog‘langan insof, xatarlikka qattiq e’tibor beriladi va bunda mehnat bilan menejment o‘rtasilagi to‘la kelishuvlik katta ahamiyat kasb etadi. Malakali ishchilar va boshqaruv xodimlarining ish haqi farqi juda kam bo‘ladi. Injener-texnik xodimlar va ishchilarning bir-biriga yaqin bo‘lishi va farqning kamligi rag‘batlantiriladi.
Bu tizim hozirgacha ham Yaponiyada asos bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotlar bo‘yicha 1000 kishiga nisbatan sanoat kompaniyalarida universitetlardan to‘g‘ri yollanganlar ichida 30 yoshgachasi – 78,9 foiz, 40 yoshgachasi – 70 foiz, 50 yoshgachasi – 66,2 foiz, 60 yoshgacha – 33,6 foizni saqlab qolgan. Bu raqamlar “umr bo‘yi” tizimining amalda ekanligini ko‘rsatadi.
Malakali xodimlarni saqlab qolish uchun kompaniyalar Yangi usullar qo‘llashni lozim topadilar. Aytaylik, o‘rta va yuqori menejerlar uchun aksiyalarni imtiyozli baholarda sotish. Bu avvalo AQSHda qo‘llanilgan bo‘lib, hozir Yaponiyada ham keng qo‘llanila boshladi.
Yaponiya ishchilari dunyoda eng yuqori ish haqiga ega. Bu mehnat bilan menejment o‘rtasida to‘la kelishuvning katta asosi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, ish kunining yo‘qotilishi bo‘yicha yetakchi rivojlangan mamlakatlar ichida Yaponiya eng past o‘rinda turadi. Ma’lumki, ish kunlarini yo‘qotish avvalo mehnat bo‘yicha kelishmovchilik sababi bilan yuz beradiki, ishchilar o‘z boshliqlariga qarshi norozilik bildirishini natijasi hisoblanadi.
Yaponiya korxonalarida texnika xavfsizligi darajasi juda yuqori. Bularning barchasi ish kuchi sifatining yuqoriligi va buning raqobatbardoshlikka ta’siri kattaligini ko‘rsatadi.
Keyingi yillarda Yaponiya ishlab chiqarish menejmenti tizimi va boshqarishda bir qancha takomillashuv amalga oshmoqda. Bunda “Toyotizm” Yangi modeli ahamiyatlidir. Buni ishlab chiqqan Toyota firmasidir. Yangi tizim standartlikning ustuvorligini saqlagan xolda diversifikatsiyalashgan mahsulotlar sifatini ko‘tarish va moslashuv darajasini ko‘tarish imkonini beradi. Ma’lumki, fordcha ommaviy mahsulot ishlab chiqarish modeli vaqtlarida bir qancha qiyinchiliklarga duch kelib, o‘zgarish talab etgan xolda Yangi texnologiyalarni yuzaga keltiradi.
Yangi tizimda “albatta o‘z muhlatida” va “sifatni total nazorati” usulari ishlab chiqarilib, bular kompaniyalar bilan ta’mineotchlar o‘rtaisda jips aloqani talab etadi. Ishlab chiqarishni ilmiy asosda olib borish, dizayn, injiniring va sanoat ishlab chiqarishini integratsiyalashuvi hamda yagona ishlab chiqarish jarayoni sikliga aylantirish yuz beradi. Iste’molchilar va talab me’yoriga katta e’tibor beriladi. Bunday sharoitda inson resursi menejmenti Yangi talablarni yuzaga keltiradi. SHu bilan birga ishchilarning malakasi, mutaxassisligi to‘xtovsiz takomillashib borishi zarur bo‘ladi.
Pravodgi “Toyotizm”dan kelib chiqadigan natija zarur mahsulotlarning zarur miqdorda va zarur vaqtda ishlab chiqarilishini ta’minlashga to‘la erishuvdan iboratdir. Bu tizimda avtomatlashuv, Ya’ni aqlli mashinalar yaratish va defektni avtomatikaning o‘zi boshqarishi, bir vaqtda bir necha modellarni yig‘ish, buyurtmachilar bilan ta’minotchilar o‘rtasida axborot doimiyligini ta’minlash kabilar asos hisoblanadi.
Toyota avtomobil kompaniyasida qo‘llanilgan bu ishlab chiqarish menejmenti tizimi boshqa mamlakatlarga ham tarqalgan va sanoatda inqilobiy o‘zgarishlarga olib keldi.
Yaponiya kompaniyalaridagi boshqaruv usuli qisqa vaqtda foyda olishga emas, balki foyda olishning doimiyligini ta’minlashga qaratilgandir. Shuning uchun Yaponiya menejmenti G‘arbiy menejmentdan ko‘p tomonlama farqlanadi.
Yaponiya menejmenti dunyoda eng ilg‘or hisoblanadi va u to‘xtovsiz takomillashib boradi, og‘ir holatlarga moslashuvchan bo‘lib, Yaponiya kompaniyalarining raqobatdoshligini ta’minlashda katta o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda Yaponiya iqtisodiyoti boshqaruvi tajribalarini o‘rganib borish va foydalanish usullarini belgilab borish ahamiyatlidir.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin