Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Xitoy iqtisodiyoti to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə115/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Xitoy iqtisodiyoti to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Xitoy dunyoda eng aholisi ko‘p katta mamlakatdir. Hozirga kelib aholisi soni 1,3 mlrd.ga etgan. Keyingi 50 yil ichida 700 mln. odam qo‘shilib, o‘sish 2,3 barobarga to‘g‘ri kelgan. XXRning keyingi 20 yillar ichidagi iqtisodiy o‘sishi hammani xayratda qoldirib, jahon iqtisodiyot tarixida eng muhim voqealardan hisoblanadi. YAIM o‘sishi juda yuqori bo‘lib, bu sohada eng oldingi mamlakatga aylandi. Keyingi islohotlar natijasida dinamik ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarga aylandi.
Lekin faqat aholining 20 foizi shaharlarga to‘g‘ri keladi va 90 foiz aholi Sharqiy tomonda istiqomat qiladi. Erining 7 foizigina dehqonchilikka mos xolos. Iqtisodiy rivojlanishda sanoat ishlab chiqarishi asos bo‘lib, ko‘p xil mahsulotlar bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi. Ko‘mir, po‘lat, sement, g‘alla, go‘sht, paxta ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda eng oldingi o‘rinni hamda neft, elektroenergiya xajmi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi. Yillik YAIM bo‘yicha 90 – yillar o‘rtasidan boshlab dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 2005 yilga kelib AQSHga tenglashuvi kerak.
Xitoyni eng istiqbolli bozor deb hisoblaydilar va u 300 mlrd. dollarni tashkil etadi. Chet investitsiyasi bo‘yicha AQSHdan keyingi o‘rinda turadi va 90 – yillar o‘rtasida u ishlab chiqarilgan mahsulotning19 foiziga to‘g‘ri keladi va bandlikda 17 mln. kishidan iborat. Yillik tashqi savdo aylanmasi 90- yillarda 16-17 foizga etib, Xitoyni bu sohada eng yetakchi mamlakatlar qatoriga qo‘shdi. Lekin aholi jon boshiga hisoblaganda Xali Xitoy rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ancha orqada va mehnat unumdorligi darajasi ham past.
Xitoy iqtisodiyoti o‘sishida eng ko‘zga tashlanadigan tomoni YAIM o‘sishining tezligidir. U iqtisodiy islohot davrida 1978-1997 yillar ichida 5,7 barobar o‘sgan bo‘lib, bu yiliga 9,6 foizga to‘g‘ri keladi. Aholi jon boshiga olinsa, ishlab chiqarish 4,4 barobar, mehnat unumdorligi (YAIM har ishlovchiga nisbatan) – 3,5 barobar o‘sgan. O‘sish tezligini olsak, yiliga 5-7 foizga to‘g‘ri keladi. Natijada aytilgan davr ichida Xitoy iqtisodiy salohiyati 2,5-3,5 marta o‘sgan.
Taqqoslasak, 1978-yili Xitoy YAIM Rossiyaga nisbatan 23% kam bo‘lgan bo‘lsa, 1997-yilda 6,2 barobar ko‘p bo‘lgan. YAIMni jon boshiga olinsa 1978-yili Rossiyanikiga nisbatan 11%, 1990-yili 23%, 1997-yili 75%ga etgan.
Xitoy tarmoqlar tuzumida qishloq xo‘jaligi yetakchilik qiladi. Keyin sanoat va xizmat ko‘rstaish sohalari to‘ri keladi. Keyingi yillarda bunda ham o‘zgarishlar yuz bermoqda. Agrar sektorda bandlik 1978 – yili 71 foiz bo‘lsa, 1995 – yili 59 foiz bo‘lgan. Sanoat va qurilishda esa 12 va 23 foiz, ko‘rinib turibdiki eng ko‘p o‘sish xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi. Lekin sanoat va qurilishda ham o‘sish kam bo‘lmagan. Natijada qishloq xo‘jaligidagi bandlik 12 foizga pasaygan.
Hozirgi vaqtda Xitoy qishloq xo‘jaligi ko‘p tarmoqli bo‘lib, dehqonchilik bilan bir qatorda sanoat, savdo, transport, xizmat ko‘rsatishlar ham qo‘shilib ketgan. Dehqonchilikni olsak, bu ham monokultura o‘rniga ziroatchilikning ko‘p tarmoqliligiga o‘tgan.
Ilgari asosan g‘allachilik bo‘lsa, keyingi vaqtlarda g‘alla, texnik ekinlar va boshqa xillari mavjud. Ziroatchilik, chorvachilik, o‘rmonchilik, baliq xo‘jaliklarini qo‘shib katta qishloq xo‘jaligi tarkibiga aylanib ketgan.
Bu katta qishloq xo‘jaligida hozirda noagrar qism 80 foizga etib qoldi. Noqishloq xo‘jaligi tarmoqlari juda tezlik bilan o‘sib bormoqda va yillik o‘sish xatto 34 foizga etdi. Xitoy qishloq iqtisodining rivojida bular muhim bo‘lib, asosan volost-poselok korxonalariga kiradi. Hozir bu korxonalar strategik yo‘nalish hisoblanadi. Xatto buni xalq xo‘jaligi va qishloq iqtisodi ravnaqi deb belgilangan.
Keyingi yillarda qishloq sanoat iste’mol tovarlari etkazib berish bilan chegaralanmasdan energiya beruvchi, sanoat qismlari etishtiruvchi kimyo o‘g‘itlari, kimyoviy zaxar moddalar, ishlab chiqarib, qishloq xo‘jaligini ta’minlamoqda. Buning hissasiga ipak va trikotaj buyumlari yetishtirishning 50 foizi, g‘ishtning 95 foizi, mayda qishloq xo‘jaligi asboblari va cherapitsalarning 90 foizi, charm poyabzalining 35 foizi, sement va ko‘mirning 40 foizi to‘g‘ri keladi. Bu korxonalar katta eksport salohiyatiga ham ega. Masalan, 40 foiz ishlab chiqarilgan poyabzal tashqi savdoda sotiladi. Faqat AQSHning o‘ziga yiliga 700 mln. juftdan ortiq pofafzal eksport etiladi, bu esa AQSH poyabzal importining yarmini tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligidagi bunday o‘zgarishlar bir qancha muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bu ayniqsa g‘allachilikka ko‘p ta’sir etmoqda. Noqishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning o‘sib borishi baho erkinligi sharoitida, dehqonlarning daromadli tarmoqlarni tanlash erkinligi tug‘iladi. Bu esa foyda yuqori tarmoqlarga resurslar ko‘chishiga olib kelib, bevosita qishloq xo‘jaligining o‘ziga salbiy ta’sir etmoqda. Kapitalning qishloq xo‘jaligidan boshqa tarmoqqa siljishi yuz bermoqda. Keyingi bir necha yil ichida bunday siljish 40 mlrd yuanga etmoqda.
SHu bilan birga qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab bilan mavjud qishloq xo‘jalik tuzumi o‘rtasidagi ziddiyatning o‘sishiga olib kelmoqda. Past Navli g‘allaga talab kamayib yuqori sifatli bo‘lgan bug‘doy, guruchga talab o‘sioqda. Bu va bunday holat qishloq xo‘jalik tuzumiy shaklining o‘zgarishini talab etmoqda.
Sanoatda bevosita davlat sektori ustunlik qiladi. Davlat sektorida 15,7 ming yirik va o‘rta korxonalar mavjud. Bular 44,5 foiz mulkni tashkil etib, barcha sanoat korxonalarining 43 foiz foydasini bergan. Davlatning sanoat sektori davlatningg 60 foiz moliyaviy daromadini bergan va bularda shahar ishchi va xizmatchilari bandligining 2/3 qismi to‘g‘ri keladi.
Sanoatda bevosita iste’mol bilan bog‘langan tarmrqlar tezroq rivojlanmoqda. Aytaylik, yonilg‘i-xomashyo tarmoqlari, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy texnik tarmoqlar o‘zaro bog‘liqligi natijasidagi infratuzilmalar shular jumlasidandir.
90 – yillarga kelib to‘qimachilik, poyabzal, maishiy texnikaga qaratilgan strategik iqtisodiy o‘sish o‘zgarmoqda. Industrial rivojlanish, mashinasozlik, elektronika, avtomobilsozlik, neftkimyo, qurilishlarga qaratilmoqda. Masalan, avtomobilsozlik umuman og‘ir sanoat ichida ustunlik bilan o‘sib, yaqin 10-15 yil ichida jahon talabiga mos avtomobilllar ishlab chiqarish darajasida, Xitoyni umumiy avtomobillashtirish vazifasi qo‘yilgan.
Ilg‘or va yuqori texnologiyaga aloxida e’tibor berilib, buning uchun maxsus dalvat dasturi amalga oshirilmoqda. SHu bilan birga an’anaviy tarmoqlarni ham esdan chiqarmayotir. Buni po‘lat ishlab chiqarishda ko‘rish mumkin va tarmoq bo‘yicha Xitoy jahonda birinchi o‘ringa chiqdi.
Xitoy iqtisodiy rivojida xizmat sohasining o‘rni ham o‘sib bormoqda. Avvalo bu savdo rivojida o‘z aksini topmoqda. Kooperativ va xususiy savdo tarmoqlari kengaymoqda. Oziq-ovqat bozorlari Xitoy aholisi hayotida o‘ziga yarasha o‘rin egallamoqda CHakana tovar aylanishi keyingi 25 yil ichida 9 marta o‘sdi, Shuning ichida chakana savdoda 26 martadan ortiqroq ko‘paydi. Noishlab chiqarishga qaratilgan dalvat xarajatlari ham o‘sib bormoqda. Keyingi 15 yilda ayniqsa bu tezlashdi. Davlatning ijtimoiy maqsadlarga qaratilgan xarajatlari harbiy xarajatlardan ustun keladi.
Xitoy iqtisodiga an’anaviy ravishda moliyaviy sohasining xalqaro standartlarga mos kelmasligi ma’lum. Lekin keyingi yillarda bu sohada ham o‘zgarishlar yuz bermoqda. 90 – yillarda Xitoy fond bozori o‘zining SHanxay va SHenchjendagi asosiy birjalari bilan o‘zini ko‘rsata boshladi. Trast investitsiya kompaniyalari, investitsion fondlar, maxsus davlat banklarining tijorat banklariga aylanishi kabilar yuzaga kelmoqda. Yangi xil kredit-pul xarakatlari kiritilmoqda. Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi avj olmoqda. Keyingi yillarda buning xamji 5-6 barobarga o‘sgan. Tashqi savdoda yirik ijobiy saldoga ega. Masalan, 1997 yilda bu 40 mlrd. dollarga teng bo‘lgan. Oltin valyuta zahirasi ham katta. Bu Xitoyda 140 mlrd. dollar va Syanganda 100 mlrd. dollarga teng.
Xitoy maxsus sotsiolizm modeli iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishini belgilaydi. Bunda Xitoy sotsiolizmining boshlang‘ich bosqichi ekanligi ko‘rsatilib, davlat asosligi va bevosita xususiylashtirish inkor qilinadi. Rejalashtirish bozor mexanizmlari bilan mos kelishi tan olinadi. Makro daraja davlat qo‘lida va mikro daraja bozor ihtiyoridaligi e’tiborga olinadi. Mehnatga taqsimlash asos bo‘lib, kapital bo‘yicha taqsimot qo‘shimcha hisoblanadi. Bu Xitoy sotsiolizmining asosiy tamoyili deb tan olinadi. Tarmoqlar ustuvorligi qishloq xo‘jaligi, engil sanoat – og‘ir sanoat tizimida belgilanadi. Tashqi dunyoga nisbatan ochiqlik siyosatida ketma-ketlikni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Umuman hozirgi Xitoycha sotsiolizm modeli “sotsiolistik rejani tovar iqtisodiyotidan sotsiolistik bozor iqtisodiyotiga” o‘sib o‘tdi.
Xitoy iqtisodiyoti siklik xususiyatga ega bo‘lib, vaqti-vaqti bilan salbiy oqibatlarga duch kelib turadi. Ya’ni, yuksalish-pasayish bilan o‘rin almashtirib turadi. Bu ineflyasiyaning o‘zini bildirib turishi, narx-navoning ko‘tarilish sharoitlari bilan o‘rin almashtirib turiladi. Bu asosan o‘sishning qizib ketishiga olib ketishi sababi orqali yuz beradi. Davlatning bunga ta’sir etishi iqtisodiy o‘sishning pasayishi bilan o‘rin almashadi. Masalan, 1988 – yili iqtisodiy o‘sish yuqori darajadaligida shunday holat yuz beradi, Ya’ni YAIM o‘sishi 11,3 foiz bo‘lgan xolda inflyasiya darajasi 18,5 foizga etadi. Hukumatning narxlarni pasaytirib inflyasiya oldini olish harakatlari inflyasiyani 2,1 foizga tushiradi, biroq iqtisodiy o‘sish darajasi 3,8 foizga pasayadi.
1992 – yilda ham iqtisodiy o‘sish 14,2 foiz bo‘lganda inflyasiya 21,7 foiz bo‘lgan. Hukumat asta-sekinlik bilan harakat qilib, inflyasiya uzoqroq davom etib, o‘sish pasayishi birdan bo‘lmay bu ham sekinlik bilan davom etdi. Shunday holat 1997-1998 yillarda ham yuz berib iqtisodiy o‘sishni 7 foizgacha saqlashga erishilgan.
Bunday siklik holatni makro va mikro darajada ko‘rish mumkin. Mikro darajada bu davlat korxonalarining islohot darajasidan orqada qolishi va bozor o‘zgarishlarining oldinga ketishi bilan bog‘langandir. Islohot davrida davlat resurslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqsimlanishini pul oqimini tartiblashtirish orqali amalga oshira boshlagan va davlat korxonalariga ko‘p qo‘shimcha huquqlar berilgan. Amalda esa ular mustaqil bo‘la olmagan. Ularning mahsulotlari ko‘pincha bozorda xaridorlarga ega emas. Ishlab chiqarishni to‘xtatib bo‘lmaydi. Chunki bu ishsizlik va mahalliy byudjetlarga tushum bo‘lmasligi bilan bog‘liqdir. Bank kreditlari safarbar etilib, og‘ir ahvoldan chiqishga harakat qilinadi. Bu investitsiyaga ham ta’sir etadi. Makro darajada esa guruhiy manfaatdorlik monetar hokimiyatlarning yumshoq pul siyosatini o‘tkazishga undaydi. Korxonalarning ehtiyojlarini qondirish shartlari bo‘lib emissiya hisoblanadi.
Pul massasining ko‘payishi albatta inflyasiya bilan bog‘liqdir. Pul siyosatining kuchayishiga korxonalar to‘lamaslik, qarzlarning ko‘payishi bilan javob beradi. Natijada daromadning ancha qismi byudjetning taqsimot mexanizmida qatnashmay boshqaruv tizimining pastki qatlamlarida qolib ketadi. Bu korxonalarning investitsiyaga bo‘lgan talabini to‘xtovsiz ortib borishi va aholining iste’mol talabining o‘sib borishiga olib keladi. Daromadning tez o‘sib borishi uning iste’mol xarajatlarini ko‘paytirish bilan birga, jamg‘armani ham davom yettirish imkonini berib, banklarning kreditlarni davom yettirish imkonini beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Xitoydagi makroiqtisodiy siklni shunday tushunish mumkin: iqtisodiy o‘sishni saqlash, qo‘shimcha ish joylari yaratish, tarmoqlar va regional darajadagi guruhiy manfaatlar siquvi natijasida davlat pul siyosatini birlashtiradi. Bu maxalliy hokimiyatlar va korxonalar xo‘jalik faoliyatining kuchayishiga olib keladi. Mamlakatda gipertrofik investitsiya yuz beradi va yuqori darajali o‘sish bilan birga inflyasiya kuchayadi. Inflyasiya ijtimoiy chegaradan o‘tishi bilan davlat pul siyosatini kuchaytiradi va kapital xarajatlar ustidan nazoratni qat’iylashtiradi bu esa iqtisodiy o‘sishni pasaytiradi

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin