X A R A J A T L A R
|
Ishlab chiqaruvi tarmoqlar
n 3 2 1
|
a11
|
a12
|
a13
|
|
a1n
|
S1
|
|
|
|
|
|
|
I1
|
G1
|
X1
|
Y1
|
a21
|
a22
|
a23
|
|
a2n
|
S2
|
|
|
|
|
|
|
I2
|
G2
|
X2
|
Y2
|
a31
|
a32
|
a33
|
|
a3n
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
I
oraliq
qiymat
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
II
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
an1
|
an2
|
an3
|
|
ann
|
Sn
|
|
|
|
|
|
|
In
|
Gn
|
Xn
|
Yn
|
Qo‘shilgan
Qiymat
|
|
|
|
|
|
|
IV
|
I + II
|
W1
|
W2
|
|
|
|
Wn
|
|
|
|
|
|
|
P1
|
P2
|
|
|
|
Pn
|
|
|
|
III
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Im-port
|
M1
|
M2
|
|
Mn
|
=
I + III
|
Jami:
xara-jatlar bo‘yicha
YAIM
|
Y1
|
Y2
|
|
Yn
|
II kvadrantda – S – (shaxsiy iste’mol); I – (investitsiyalar); G – (davlat xaridi); X (eksport).
III kvadrantda – W – ish haqi;
P – foyda;
M – import.
3-chizma.Tarmoqlararo balans chizmasi
«Xarajatlar – natijalar» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganishga, balki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o‘zgarishi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini bashoratlashga imkon yaratadi.
Iqtisodiy o‘sish modellari to‘g‘risida so‘z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka shu kabi ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko‘payib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa, tabiiy resurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‘sish chegaralarini cheklab qo‘yadi. Buning oqibatida ocharchilik, ekologiyaning buzilishi, resurslarning tugashi ro‘y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. SHunga ko‘ra, «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o‘sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o‘sish tovar va xizmatlar hajmining ko‘payishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o‘sish bir vaqtning o‘zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar. O‘z navbatida, mazkur konsepsiya muholiflari iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o‘zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o‘sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko‘rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o‘sish oqibati bo‘lmay, u tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto‘g‘riligidan kelib chiqadi. SHunga ko‘ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.
Mamlakatimizda 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirish asosida iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) mamlakatning davlat va jamiyat rivojlanishi istiqbolini strategik rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlarni boshlab berdi.
Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) tasdiqlanishi strategik rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini amaliy ro‘yobga chiqarishning boshlang‘ich mexanizmi bo‘ldi.
Dastlabki sarhisoblar davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlarining Davlat dasturini samarali amalga oshirishga qaratilgan kuchlari, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar va xalqaro ekspertlarni faol jalb qilgan holda chinakam jipslashganligini ko‘rsatdi.
Hozirgi kunda Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Xususan, davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida zamonaviy talablar hamda ustuvor yo‘nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko‘rib chiqildi, 20 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi.
Sud-huquq tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan ma’muriy sudlar tashkil etildi.
Ichki ishlar organlari tizimi isloh qilinib, ularning asosiy faoliyati fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga – "Xalq manfaatlariga xizmat qilish"ga yo‘naltirildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida soliq tizimi isloh qilindi, halol soliq to‘lovchilar – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq ta’tillari berilishi nazarda tutildi.
Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 13 339 ta loyiha amalga oshirildi, 2,1 trln. so‘m kredit o‘zlashtirildi, 10 ta erkin iqtisodiy zona, 5 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi, “Peugeot” va “Citroyon” brendi bilan engil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha zavod barpo etilmoqda.
Ijtimoiy sohada faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming km. avtomobil yo‘llari qurildi va ta’mirlandi, 84 300 ta ish o‘rni yaratildi.
2017-2020 yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmoqda, uning doirasida 50 286 ta xonadondan iborat 1 136 ta ko‘p qavatli uylarni, bundan tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish mo‘ljallangan.
Millatlararo totuvlikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi.
Evropa Ittifoqi va 21 ta xorijiy mamlakat bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya, texnologiya va moliyaviy-texnik sohalarda 22 ta “yo‘l xarita”lari tasdiqlandi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning borishi haqida aholi, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro jamoatchilikni keng xabardor qilish ishlari amalga oshirildi. Joylarda 6 mingga yaqin uchrashuvlar, ommaviy axborot vositalarida teleko‘rsatuv va chiqishlar tashkil etildi.
SHu bilan birga, navbatdagi islohotlarni sifatli va oldindan rejalashtirish uchun 2017 yil yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalarni chuqur o‘rganish va puxta tahlil qilish zarur.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijalari haqida aholi va jamoatchilikni keng xabardor qilish, shuningdek, 2017 yilda mamlakatni rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilish va 2018 yilda navbatdagi islohotlarni rejalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish maqsadida:
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tomonidan barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ijodiy va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, keksa avlod, ayollar va yoshlarning faol ishtirokida amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasining dastlabki yakunlari o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda:
Dostları ilə paylaş: |