1990 – 1995 yillarda MDH mamlakatlarida mahsulot ishlab
chiqarish dinamikasi (1995 yil 1990 yilga nisbatan, %)
Mamlakatlar
|
Yalpi ichki
Mahsulot
|
Qishloq xjalik mahsuloti
|
Sanoat
Mahsuloti
|
O’zbekiston
|
81,1
|
89,0
|
99,0
|
Rossiya
|
62,2
|
67,0
|
50,0
|
Belorussiya
|
60,5
|
79,0
|
61,0
|
Qirg‘iziston
|
50,3
|
57,0
|
35,0
|
Qozog‘iston
|
45,4
|
54,0
|
48,0
|
Ukraina
|
44,4
|
61,0
|
53,0
|
Jadvalda keltirilgan hamma davlatlar uchun qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Bu tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulotning kamayishi O’zbekistonda hammasi bo‘lib 11,0 foizni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa hamdo‘stlik mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 33,0 –46,0 foizni tashkil etib, demak qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining kamayish sur’atlari O’zbekistonga nisbatan 3-4 marotaba yuqori bo‘lgan.
Yana shuni ta’kidlash kerakki, O’zbekistonda 1990-1995 yillarda chorvachilikda mollar sonining, dehqonchilikda ekin maydonlarining kamayishiga yo‘l qo‘yilmadi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining respublikada kamayishi o‘tish davri qiyinchiliklaridan kelib chiqib, ekin mahsulotlarining hosildorligi, chorvachilik mahsuldorligining pasayishi hisobidan bo‘ldi.
Sanoat mahsulotini oladigan bo‘lsak, O’zbekistonda uni ishlab chiqarish hammasi bo‘lib bir foizga kamaydi, boshqa hamdo‘stlik mamlakatlarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning kamayish sur’atlari 47 –65 foizni tashkil etdi.
Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlari Moskvada chop etiladigan «Nezavisimaya gazeta»da ham berilgan. Undan tashqari bu gazetada quyidagi ma’lumotlar ham chop etilgan15.
Ilgari «Nezavisimaya gazeta» O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, jamiyatni demokratlash jarayoni bo‘yicha faqat salbiy, tanqidiy ma’lumotlarni chop etgan, lekin bu gal, majburan O’zbekistonda sanoat taraqqiyoti bo‘yicha ijobiy ma’lumotlarni chop etdi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, 1990-1996 yillarda O’zbekistonda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 6,0 foizga oshgan. Shu davrda sanoat mahsuloti Turkmanistonda 16 foizga, Belorussiyada – 37 foizga, boshqa davlatlarda 2-3 marotaba, Gruziyada esa 5 marotabadan ko‘pga kamaygan.
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish ma’lumotlarini tahlil qilar ekanmiz quyidagi jadvalda keltirilgan sanoat mahsuloti bir guruh turlarining 1991-1995 yillarda ishlab chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida e’tiborga molik.
3-jadval.
Dostları ilə paylaş: |