1990-1996 yillarda MDH mamlakatlarida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish dinamikasi (1996 yil 1990 yilga nisbatan ,%)
O’zbekistan
106,0
Turkmaniston
84,0
Ukraina
55,0
Qozog‘iston
48,0
Armaniston
48,0
Rossiya
47,0
Moldova
43,0
Ozarbayjon
41,0
Qirg‘iziston
39,0
Tojikiston
36,0
Gruziya
18,0
4-mavzu. O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari Reja:
Iqtisodiy taraqqiyotning “O’zbek modeli”ni amalga oshirish bosqichlari
Iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini barpo etish
Bozor munosabatlariga moslangan boshqaruv tizimini shakllantirish
Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish
Tayanch so’z va iboralar:Iqtisodiy taraqqiyotning “O’zbek modeli”, menejment, marketing, kuchli ijtimoiy siyosat.
1. Iqtisodiy taraqqiyotning “O’zbek modeli”ni amalga oshirish bosqichlari
Yuqorida ko‘rilganidek, respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazish borasidagi «o‘zbek modeli» – iqtisodiy islohotlari, bozor munosabatlariga o‘tish dasturi ikki bosqichda ishlab chiqildi: respublika mustaqilligidan oldingi 1989-1990 va respublika mustaqillikka erishgandan keyingi yillar.
1989-1990 yillarda «o‘zbek modeli»ning asosi I.A. Karimovning ma’ruzalarida barpo etilib, respublika mustaqillikka erishgandan keyin u ham nazariy, ham tashkiliy tomondan Respublika Prezidenti I.A. Karimovning maxsus tayyorlangan asarlarida va ma’ruzalarida boyitildi, takomillashtirildi va natijada bozor munosabatlariga o‘tishning «o‘zbek modeli» shakllantirildi.
Iqtisodiy taraqqiyotning «o‘zbek modeli» respublikaning bozor munosabatlariga o‘tish Dasturi to‘g‘risida gap borar ekan, uning shakllanish bosqichlaridan tashqari, uni amalga oshirish bosqichlarini alohida yoritish zarur. Chunki bozor munosabatlariga o‘tish Dasturida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar birin-ketin, har xil qo‘yilgan maqsadlar uchun amalga oshiriladi.
Ma’lumki, iqtisodiy islohotlar ko‘p qirrali bo‘lib, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning xususiyati shundan iboratki, ular orqali bir iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining boshqa iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy – boshqaruv tuzilmalari bilan almashinuvidir.
Shu sababli, respublika iqtisodiy islohotlari yanada ko‘p qirrali va murakkab bo‘lganligi uchun ular bir davr mobaynida birin-ketin, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim edi, va shunday amalga oshirilmoqda.
Yuqorida ta’kidlanganidek, respublikaning 1990 yili qabul qilingan dasturi uch bosqichda amalga oshirilishi kerak edi. Bu 1990-1992, 1993-1994, 1995-1996 yillar.
Respublika mustaqilligi o‘rnatilishi bilan 1990 yilda qabul qilingan dastur qaytadan ko‘rib chiqildi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bosqichlari ham o‘zgartirildi, chunki respublika sotsial-iqtisodiy rivojlanishi shart-sharoitlari tubdan o‘zgardi.
I.A. Karimovning 1995 yili chop etilgan «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» nomli asarida respublika iqtisodiy islohotlarini ikki bosqichda amalga oshirilishi asoslab berildi.
Bu 1990-1995 yillar va 1996 yildan keyingi yillar.
Respublika iqtisodiy islohotlarining birinchi bosqichining yo‘naltirilganligi bu – «...ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirishdan iborat»16 deb aniqladi I.A. Karimov.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish, iqtisodiy inqirozdan chiqish maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar bajarildi:
iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini barpo etish;
ma’muriy boshqaruv tizimining og‘ir natijalarini bartaraf etish;
asta-sekin korxona, tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
ko‘p ukladli bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish;
narx-navoni erkinlashtirish;
bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi elementlarini shakllantirish;
respublika aholisini bozor munosabatlarining salbiy ta’siridan himoya qilish;
respublika xalqlarining ma’naviy boyligini tiklash;
ma’muriy boshqaruv tizimidan voz kechib, bozor munosabatlariga moslangan davlatchilikni shakllantirish;
xalq xo‘jaligi moliyaviy holatini yaxshilash;
milliy valyutani barpo etish;
korxona va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;
raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarib, jahon iqtisodiy tizimiga kirib borish;
respublika iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
moliya, soliq, narx-navo siyosatini takomillashtirish.
I.A. Karimov respublika iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichining amalga oshirilishiga baho berib shunday degan edilar: «Biz islohotlar strategiyasi va ular yo‘lini shakllantirishga qaratilgan o‘z modelimizni ishlab chiqishga va amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldik. Bu – amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar boshlang‘ich bosqichining asosiy natijasidir»
«Biz respublikada vujudga kelgan vaziyatga haqiqiy baho berar ekanmiz, O’zbekiston o‘z davlatchilik-siyosiy va moddiy qurilishida sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qo‘yganini alohida ta’kidlashga haqlimiz».17 Respublika iqtisodiy islohotlarining ikkinchi bosqichi oldiga qo‘yilgan maqsad to‘g‘risida to‘xtalib, I.A. Karimov shunday degan edilar:
«Hozir respublika jamiyatni isloh qilishning navbatdagi bosqichiga izchil sur’atda qadam qo‘ydi. Ikkinchi bosqich – bu qonuniyatli va bizning bosh strategiyamizdan mantiqan kelib chiqadigan taraqqiyot va yangilanish yo‘lidan olg‘a tomon ilgarilab borish davridir».18 Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida xalq xo‘jaligida qo‘lga kiritilgan barqarorlikni saqlab, mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyotini ta’minlash maqsadida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
– korxona va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini davom ettirish;
– milliy valyuta konvertatsiyasini amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish va amalga oshirish;
– respublika iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish;
– ishlab chiqarishda tugallangan texnologiyalardan keng foydalanish;
– respublika iqtisodiyotini xom ashyo ishlab chiqarishga yo‘naltirilganligini bartaraf etish;
– respublika mahsulotlarini raqobatbardoshligini ko‘tarish;
– tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;
– kuchli sotsial siyosatni amalga oshirish;
– respublikada mustaqil, demokratik, adolatli davlat, fuqarolar jamiyatini qurish;
– investitsiya siyosatini rivojlantirish;
– respublikada iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– respublika iqtisodiyotining uzluksiz taraqqiyotini ta’minlash;
– bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini shakllantirish;
– respublika iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish;
– tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirib, eksportning import ustidan ustuvorligini ta’minlash;
– sotsial yo‘naltirilgan, ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini shakllantirish;
– respublika aholisi farovonligini ko‘tarish va respublikada yashayotgan hamma xalqlarning ma’naviy boyligini rivojlantirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov respublika iqtisodiy islohotlarini amalga oshirishning asosiy shartini eslab ta’kidlaydilarki: «Islohotlarning muvaffaqiyati har birimizning qo‘limizda, O’zbekistonda yashovchi barcha aholining qo‘lidadir. Mamlakatimiz erkin, boy va ravnaq topayotgan mamlakat bo‘lsin desak, farzandlarimiz baxtiyor va to‘kin-sochin yashasin desak, islohotlar ikkinchi bosqichidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun butun kuch-g‘ayratlarimizni sarflamog‘imiz darkor. Bu bosqich mamlakatimizning jadal rivojlanishi, uning qudrati hamda jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tiborini kuchaytirish uchun mustahkam zamin yaratishga qaratilgandir. Ushbu maqsadlarga erishish – bizning muqaddas burchimiz, kelajak avlodlar oldidagi ezgu majburiyatlarimiz».19 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o‘zining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devonining O’zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi «O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyoti yo‘li» nomli ma’ruzasida respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bosqichlari masalasini qaytadan ko‘rib chiqib, ularning muhlatlarini, maqsadlarini yangichasiga ifodalab berdilar.
I.A. Karimov 1995 yili respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni, bozor munosabatlariga o‘tish borasidagi «o‘zbek modeli» ni shakllantirish bosqichlarini aniqlaganlarida mezon sifatida respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirib, iqtisodiy inqirozdan olib chiqib, uni kelgusidagi uzluksiz taraqqiyotini ta’minlash qabul qilingan bo‘lsa, o‘zlarining «O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li» ma’ruzalarida yangi mezon qabul qilindi, ya’ni: islohotlarning birinchi bosqichida respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirib, rivojlantirib uni 1990 yildagi darajasiga ko‘tarish va islohotlarning ikkinchi bosqichida – respublika iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, uni modernizatsiya qilish aniqlandi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti 1991-1995 yillarda iqtisodiy inqirozda bo‘ldi va 1996 yildan boshlab iqtisodiyotning rivojlanishini amalga oshirib, hamdo‘stlik mamlakatlar tarkibida 2000 yili birinchi bo‘lib yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha 1990 yil darajasiga ko‘tarildi. Bu vaziyatdan kelib chiqib, I.A. Karimov respublika iqtisodiy islohotlarining yangi muhlatlarini asoslab berdilar, ya’ni birinchi bosqichi 1990-2000 yillar, ikkinchi bosqich 2001 yildan boshlab.
Iqtisodiy islohotlarning bu bosqichlari oldiga qo‘yilgan vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib, I.A. Karimov shunday deydilar: «Bugun 16 yil mobaynida boshimizdan kechirgan kunlar, haftalar, oylarni ana shu nuqtai nazardan baholar ekanmiz, qat’iy ishonch bilan aytish mumkinki, o‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991-2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o‘tish davri tom ma’noda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan davr bo‘ldi.
2001 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich – faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g‘oyat muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi.
Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmi qaror qildik»20 Shunday qilib, I.A. Karimovning yangi ko‘rsatmalariga binoan respublika iqtisodiy islohotlari ikki bosqichda: 1991-2000 va 2001 yildan keyingi yillarda amalga oshirilmoqda.
I.A. Karimov ko‘rsatganlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, respublika iqtisodiy islohotlari uch bosqichda amalga oshirilmoqda va har bosqichning o‘ziga xos maqsadlari va vazifalari mavjud.
Birinchi bosqich – 1991-1995 yillar – respublika xalq xo‘jaligini barqarorlash va iqtisodiy inqirozdan chiqish.
Ikkinchi bosqich – 1996-2000 yillar – respublika xalq xo‘jaligida qo‘lga kiritilgan barqarorlikni saqlab qolib, respublika iqtisodiyoti taraqqiyotini ta’minlash, respublika iqtisodiyotining 1990 yil darajasiga ko‘tarilishi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar yuqorida keltirildi.
Uchinchi bosqich – 2001 yildan boshlab keyingi yillarda amalga oshirilib, bu davrda respublika iqtisodiyotini faol islohotlab uni modernizatsiya qilish maqsadi qo‘yilgan va bu maqsadga yetish uchun quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutilgan:
– respublika davlat tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish;
– respublika makroiqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash;
– ustuvor ishlab chiqarish tarmoqlarini yuqori sur’atlarda rivojlantirish;
– ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va qaytadan jihozlash;
– xo‘jalik sub’ektlari faoliyati, umuman milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ko‘tarish;
– mahsulot tannarxini, moddiy va energiya xarajatlarini kamaytirish yo‘li bilan respublika iqtisodiyoti samaradorligini ko‘tarish;
– respublika bank tizimini takomillashtirish va uning iqtisodiyot taraqqiyotiga ta’sirini kuchaytirish;
– respublika iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgartishlarni chuqurlashtirish;
– respublika aholisi farovonligi va madaniy darajasini ko‘tarish;
– davlat va xo‘jalik sub’ektlarining investitsiya siyosatini takomillashtirish;
– korxona va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tizimini takomillashtirish;
– sotsial yo‘naltirilgan ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini shakllantirish;
– respublika iqtisodiy islohotlarini yanada chuqurlashtirish;
– milliy valyuta ichki va tashqi konvertatsiyasini ta’minlash;
– respublikaning jahon bozor iqtisodiyotiga har tomonlama kirib borishini ta’minlash;
– qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish;
– tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish.
Iqtisodiy islohotlarning uchinchi bosqichidagi hozirgi paytda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Respublika Prezidenti I.A. Karimovning 2008-2009 yillarda qilgan ma’ruzalarida, ular tomonidan maxsus tayyorlab, chop etilgan «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli risolasida va respublikada 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi chora-tadbirlar Xukumat Dasturida aniqlangan va ular amalga oshirilmoqda.
Respublikada ishlab chiqilgan iqtisodiy islohotlar, bosqichma-bosqich amalga oshirilib, ijobiy natijalar bermoqda va kelgusida respublika iqtisodiyotini yanada yuqori sur’atlarda rivojlantirish maqsadida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilmoqda.