Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


-jadval 2015 yilning yakunlari bo‘yicha ayrim MDH davlatlarining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə17/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

1-jadval
2015 yilning yakunlari bo‘yicha ayrim MDH davlatlarining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
(oldingi yilga nisbatan foizda)



Mamlakatlar

Real YaIMo‘sishi

Sanoatishlabchiqarishi-ningo‘sishi

Inves-titsiyao‘sishi

Eksport xajmio‘sishi

Davlat budjeti defitsiti/ profitsiti YaIMganisbatan %da

Inflya-tsiya

Rossiya

-7,9

-10,8

-17,0

-44,2

-9,4

8,8

Ukraina

-15,0

-21,9

-43,7

-48,7

-5,0

12,3

Qozog‘iston

1,2

1,7

2,1

-47,7

-3,5

7,8

Armaniston

-14,4

-7,8

-43,4

-41,5

-8.1

13,9

O’zbekiston

8,1

9,0

24,8

2,4

0,2

7,4

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2015 yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 8,1 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9 foizga ko‘paydi,qishloq xo‘jaligidagi o‘sish 5,7 foizni tashkil etdi, chakana savdo aylanmasi 16,6 foiz, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish 12,9 foizga oshdi. Aholining real daromadlari esa 26,5 foizga, oylik ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar o‘rtacha 40 foizga oshgani qayd etildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘tgan yili iqtisodiyotga investitsiyalar kiritish hajmi 8,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2008 yilga nisbatan 24,8 foizdan ko‘p demakdir. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 68 foizga o‘sdi, eng muhimi, ularning asosiy qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilgan investitsiyalar bo‘lib, ularning hajmi 1,8 barobar oshdi. Eksport hajmi esa 2,4 foizga ko‘paydi.
Mamlakatimizda inflyatsiya darajasi 7,4 foizni tashkil etib, 2009 yil uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmadi. 2002 yilda bu ko‘rsatkich 21,6 foizni tashkil qilgan edi.
Boshqa o‘sish raqamlarini keltirmasakda, ustuvor tendensiyalarga xos ushbu raqamlarning o‘zi dunyo hamjamiyatining yetakchi ekspertlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Ularning fikricha, O’zbekistonning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi o‘z tanlagan yo‘li nechog‘li to‘g‘ri ekanligi, inqiroz boshqa davlatlardan farqli ravishda O’zbekiston iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani yo‘q.
Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi O’zbekistonda, MDHning aksariyat mamlakatlaridan farqli o‘laroq, 2009 yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati saklanib qolishini va bu boradagi ko‘rsatkich Hamdo‘stlikda eng yuqori bo‘lishini ta’kidlagan edi. Ayni chog‘da XVJ O’zbekistonning inqirozga qarshi choralarini mintaqamizdagi eng samarali dastur, deb baholadi.
"Ko‘plab davlatlar global inqirozdan aziyat chekkan bir paytda O’zbekiston iqtisodiy o‘sishga erishdi, — deb ta’kidladi Janubiy Koreya Prezidenti Li Myon Bak O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Janubiy Koreyaga tashrifi kunlarida. — Bu yutuq, albatta, dono rahbarning rahnamoligida qo‘lga kiritildi. Inqirozga qarshi choralar borasida O’zbekiston, o‘ylaymanki, ko‘plab mamlakatlar uchun o‘rnak bo‘lishi mumkin".6
Boshqa o‘sish raqamlarini keltirmasakda, ustuvor tendensiyalarga xos ushbu raqamlarning o‘zi dunyo hamjamiyatining yetakchi ekspertlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Ularning fikricha, O’zbekistonning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi o‘z tanlagan yo‘li nechog‘li to‘g‘ri ekanligi, inqiroz boshqa davlatlardan farqli ravishda O’zbekiston iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani yo‘q.
Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi O’zbekistonda, MDHning aksariyat mamlakatlaridan farqli o‘laroq, 2009 yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati saklanib qolishini va bu boradagi ko‘rsatkich Hamdo‘stlikda eng yuqori bo‘lishini ta’kidlagan edi. Ayni chog‘da XVJ O’zbekistonning inqirozga qarshi choralarini mintaqamizdagi eng samarali dastur, deb baholadi.
"Ko‘plab davlatlar global inqirozdan aziyat chekkan bir paytda O’zbekiston iqtisodiy o‘sishga erishdi, — deb ta’kidladi Janubiy Koreya Prezidenti Li Myon Bak O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Janubiy Koreyaga tashrifi kunlarida. — Bu yutuq, albatta, dono rahbarning rahnamoligida qo‘lga kiritildi. Inqirozga qarshi choralar borasida O’zbekiston, o‘ylaymanki, ko‘plab mamlakatlar uchun o‘rnak bo‘lishi mumkin".7
— O’zbekistonning Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqiyot modeli jahonda ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otmokda va hakli ravishda e’tirofga sazovor bo‘lmokda, — dedi Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa va Markaziy Osiyo masalalari Departamenti direktorining o‘rinbosari Chjan Xan-xue. — O’zbekistonning o‘z rivojlanish yo‘li naqadar to‘g‘ri tanlangani va puxta ishlab chiqilgani jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yanada yaqqolroq namoyon bo‘layotir.
Bu yutuqlarning bosh omili, menimcha, iqisodiy rivojlanish yo‘lining O’zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqilgani va uni amalga oshirishning puxta tashkiliy-xuquqiy tizimi yaratilgani hamda islohotlarning tadrijiy, bosqichma-bosqich, izchil amalga oshirilayotganidir. Qisqa muddat ichida O’zbekistonda sanoatning yangi-yangi tarmoqlariga asos solindi, infrastrukturalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.Inqirozga qaramay, O’zbekiston jahondagi kamsonli davlatlar qatorida yuqori iktisodiy o‘sishga erishgani tahsinga sazovordir.8
Bunday muvaffaqiyatlar, e’tiroflar barchamizga mamnuniyat va cheksiz faxr-iftixor bag‘ishlaydi, Zero, yuqorida qayd etilgan ma’lumotlar, raqamlar, bildirilgan fikrlar shunchaki aytilgan gaplar emas. Ularning zamirida xalqimizning ezgu orzusi — buyuk davlatni barpo etish, avlodlarimizga ozod va obod Vatan qoldirish, mustaqilligimizning iqtisodiy asoslarini yanada mustahkamlash, xalqimizning hech kimdan kam bo‘lmay yashashi kabi ezgu sa’y-harakatlarimizning amaliy ifodasi mujassamdir.
Erishgan yutuqlarimizning omillari haqida gapirganda, xalqimizning ertangi kunga, tanlagan yo‘limiz to‘g‘ri ekanligiga bo‘lgan qatiy ishonchi va shu yo‘lda sobitqadamligini alohida ta’kidlash joizdir.
Zotan, davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan iktisodiy islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish borasidagi besh tamoyilning mohiyatini o‘sha davrda jahonda hamma ham teran anglab yetmagan edi.
O’zbekiston o‘sha paytda ayrim «dono» maslahatchilarning iqtisodiyotni tezroq erkinlashtirish zarurligi haqidagi puch tavsiyalarini qat’iy rad etdi, bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zini tartibga soladi va boshqaradi, degan aqidaga mutlaqo ishonmadi. Iktisodiyoti o‘tish davriga hali moslashmagan va aholisi bozor munosabatlariga tayyor bo‘lmagan bir paytda ko‘plab davlatlar iktisodiyotini «falaj qilib davolash» usuli orqali zo‘r-zo‘raki liberallashtirishga tushib ketganida, O’zbekiston yetti emas, yetmish o‘lchab bir kesdi — islohotlarni ijtimoiy yo‘naltirgan tarzda bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lidan bordi.
Sportdan xabardor kishi uzoq masofaga yugurganda, bor kuchini birdaniga sarflab qo‘ysa, manzilga kech yetib borishini juda yaxshi biladi. Odatda, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni teran tasavvur etadigan va unga erishish yo‘lini puxta ishlab chiqqan, kuch va imkoniyatlarini butun masofa bo‘ylab to‘g‘ri taqsimlay olgan, mavridi kelganda va muvaffaqiyat qozonishga ko‘zi yetganda qadamini tezlata oladiganlargina yaxshi natijaga erishadi.




  1. Yüklə 3,9 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin