Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə33/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Harakatlar strategiyasiyada siyosiy partiyalar deputatlik guruhlarining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazorat qilishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarni - partiya guruhlari tomonidan mahalliy xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini ko‘rib chiqish, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining hisobotlarini eshitish haqidagi takliflarni kiritish, tuman (shahar) hokimi nomzodini viloyat hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga tegishliligi bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining, shuningdek, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalarni taqdim etish huquqini berish, Qonunchilik palatasi deputatlariga joylardagi jamoatchilik vakillari sifatida tegishli siyosiy partiya hududiy bo‘limlarining vakillarini biriktirib qo‘yish kabi muhim faoliyat yo‘nalishlarini tartibga solish nazarda tutildi.
Mamlakatda “saylovchilar (fuqarolar) – siyosiy partiyalar – parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalari (mahalliy vakillik organlaridagi partiya guruhlari) – qonunlar, me’yoriy hujjatlar, davlat organlari qarorlari” sxemasi asosida fuqarolarning manfaatlari va irodasini davlat hokimiyati, jumladan, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatida ifodalaydi. Boshqacha aytganda, mahalliy davlat boshqaruvi xalq manfaatlari asosida faoliyat yuritadigan organ sifatida namoyon bo‘ladi.
Harakatlar strategiyasi asosida partiya guruhlariga yangi huquq va vakolatlar berilishi mahalliy vakillik organlarini faoliyatini kuchaytirish, bu borada siyosiy partiyalar vositasida mahalliy deputatlarning rolini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, mahalliy vakillik organlarida shakllangan partiya guruhlari ishini faollashtirish, ularning tashkiliy jihatdan ta’sirchan kuchga aylanishi, hududdagi muammolarni ko‘tarib chiqish, ularning echimini topishga doir faoliyatini jonlashtirish uchun zamin tayyorlaydi. Ayniqsa, siyosiy partiyalar o‘rtasidagi o‘zaro raqobat muhiti partiya guruhlari o‘rtasida yaqqol sezilib turishiga muhim ahamiyat berish, turli dasturiy va g‘oyaviy maqsadlar o‘rtasidagi munozaralar, aholi orasida o‘z elektorati qarashlariga ta’sir etish mexanizmlarini shakllantirish sohasida tajribalarning shakllanishi fuqarolik jamiyatiga xos xususiyatlarning shakllanishiga olib keladi.
Siyosiy partiyalarning mahalliy vakillik organlarida partiya guruhlari rolini oshirishdan asosiy maqsad - muhim davlat qarorlari qabul qilishni va davlat hokimiyati organlarini shakllantirishni xalq irodasi va xohish – istagiasosida amalga oshirishdan iboratdir. Xalqning siyosiy manfaatlari va irodasini ifoda etish, ularni himoya qilishning asosiy instituti, bu – siyosiy partiyalarni demokratik talablar darajasida rivojlantirishdir.
Mahalliy vakillik organlaridagi partiyaviy guruhlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib turadigan, ularning mahalliy hududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga shart-sharoitlar yaratib beradigan me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish fuqarolarning manfaatlarini mahalliy vakillik organlarida ifodalash va himoyalash uchun shart-sharoit yaratadi. Mahalliy kengashlardagi partiyaviy guruhlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib turadigan, ularning mahalliy hududlar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata olishiga shart-sharoit yaratib beradigan me’yoriy xujjatlarni yanada takomillashtirish partiyaviy guruhlarning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishi muqarrar.
Harakatlar strategisida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi Doimiy vakili (bundan keyin – Doimiy vakil) lavozimini ta’sis etish, uning doimiy vazifasi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning qonun ijodkorligi sohasida, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etishda o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga qaratilishi ko‘rsatildi. Bu kabi Doimiy vakil instituti barcha rivojlangan davlatlarda parlament va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashning alohida bir bo‘g‘ini sifatida o‘zini namoyon qilmoqda. Bu kabi hamkorlik ijro hokimiyatining qonunlar loyihasini takomillashtirishdagi rolini oshirishga, qonunlar ijrosi samaradorligini ta’minlashga, hukumat va parlament o‘rtasidagi aloqalarni tezkorlik bilan amalga oshirishga, qonun ijodkorligi jarayonida ijro etuvchi hokimiyat nuqtai nazariga e’tibor berilishini ta’minlaydi.



Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin