portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI
5-rasm. Mamlakatimizda2016-2020 yillarda qoramolchilik yo‘nalishidagi naslchilik xo‘jaliklarini tashkil etishning prognoz ko‘rsatkichlari
Harakatlar strategiyasi bo‘yicha 2017-2021 yillarda chorvachilikni yanada rivojlantirish yo‘nalishida quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilangan:
chorvachilik va veterinariya bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish;
naslchilik bazasini rivojlantirish, naslchilik xo‘jaliklari negizida zamonaviy seleksiya-genetik markazlar tashkil qilish hamda ularning texnik va texnologik jihozlanish darajasini oshirish, naslchilikda ilmiy tadqiqot ishlarini kengaytirish;
chorvachilikning ozuqa bazasini yaratish, ozuqa ekinlari etishtiriladigan maydonlarni kengaytirish, ozuqa ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ularning urug‘chiligini tashkil qilish, chorvachilikni sifatli ozuqalar, bioqo‘shimchalar, vitaminlar, makro-mikro elementlar va boshqa ozuqa birliklari bilan ta’minlash;
veterinariya xizmatlarini yaxshilash va epizotik holatning barqarorligini ta’minlash, veterinariya laboratoriyalarini moddiy-texnik jihozlashga davlat byudjetidan 21 400million so‘m sarflash;
veterinariya me’yorlari va qoidalarini takomillashtirish hamda veterinariya preparatlarini va ozuqa qo‘shimchalarini sertifikatlashni bir xil qoidalarga keltirish;
zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish orqali yirik parrandachilik korxonalarining to‘liq quvvatlar bilan ishlashini ta’minlash, ularni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash;
chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash darajasini oshirish, yangi turdagi tayyor mahsulot ishlab chiqarish tizimini rag‘batlantirish;
sohani yuqori malakali kadrlar, ayniqsa, zootexnik va veterinarlar bilan ta’minlash, shuningdek, malakali chet el mutaxassislarini jalb qilish.
Bularning natijasida 2020 yilga borib 2016 yilga nisbatan parranda bosh sonini 42,4 foiz, go‘sht ishlab chiqarishni 21,4 foiz va tuxumni 39 foizga o‘stirish kutilmoqda.
Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi butun jahonni tashvishga solayotgan global muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi vaqtda dunyodagi jami aholining qariyb 30 foizi to‘yib ovqat emaslikdan qiynalmoqda. SHunday sharotda respublikamizda aholini sifatl va etarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash orqali mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, agar 1990 yilda barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha aholi jon boshiga hisoblaganda me’yorga nisbatan oz iste’mol qilingan bo‘lsa, 2015 yilga kelib me’yorga nisbatan iste’mol hajmi go‘shtda 105,40, sut mahsulotlarida 194,90, kartoshkada 104,4 foizni, sabzavotda va polizda 221,3 foizni tashkil etdi.
Harakatlar strategiyasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, ichki bozorda ularga bo‘lgan narxlar keskin oshishining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab berilgan:
2017 yilda sabzavotlar ishlab chiqarish hajmini 105,7, kartoshkani 106,3, polizni 106,1, mevani 106,0, uzumni 105,7, go‘shtni 105,6, sutni 108,1, tuxumni 111,3, baliqni 120,0 va asalni 118,2 foizga oshirish;
394 gektar maydonga 503 ta issiqxona xo‘jaliklari va 6885 ta aholi shaxsiy tomorqasidagi 176 gektar maydonda issiqxonalar qurish;
aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklarida muqobil elektrenergiyasi manbalaridan foydalanadigan engil konstruksiyali issiqxonalar, kichik parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik xo‘jaliklarini tuzish, boshqa yuqori samarali va yuqori daromadli mahsulotlar ishlab chiqarishda amaliy yordam ko‘rsatish;
shaxsiy tomorqalardan samarali va oqilona foydalanish, yuqori hosil va daromad olish bo‘yicha zamonaviy texnologiya va tajribalarni targ‘ibot qilish hamda tarqatish;
ho‘l meva va qayta ishlangan mahsulotlarni saqlash va eksportga jo‘natish maqsadida umumiy hajmi 132,2 ming tonnalik 184 ta muzlatkichli ombor tashkil qilish va 1,4 ming tonnalik 4 ta muzlatkichli omborni modernizatsiya qilish, muzlatkichli omborlarning umumiy hajmini 632 ming tonnaga etkazish va 1000 ta yangi ish o‘rini yaratish;
almashlab ekish tartibini qo‘llagan holda, uzoq muddatga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishni rejalashtirishga o‘tish asosida tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxni kamaytirish.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish istiqbolda qishloq xo‘jaligini barqaror va samarali rivojlantirishning muhim omillaridan biridir. Ular nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, balki ularni chuqur qayta ishlash, aholiga turli ishlar va xizmatlar ko‘rsatish bilan ham shug‘ullanishi maqsadga muvofiq. Bu ularning moliyaviy barqaror-ligi hamda to‘lovga qobilligini mustahkamlab, raqobatdoshligini oshirishga yordam beradi. Respublikamizda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017 yilda qabul qilingan dastur ko‘rsatkichlari quyida keltirilgan.