Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə69/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Qishloq xo‘jaligi ekinlari

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2020 y. 2015 y.ga nisb. o‘zgarish

+, –

%da

Maydoni, ming gektar

Paxta

1 285,5

1 255,0

1 221,0

1 187,0

1 151,0

1 115,0

– 170,5

86,7

Boshoqli don

1 329,5

1 329,5

1 319,5

1 304,5

1 289,5

1 279,5

– 50,0

96,2

Kartoshka

80,3

85,3

92,5

100,5

108,8

116,3

+ 36,0

144,8

Sabzavotlar

192,0

204,6

222,7

243,0

264,0

283,0

+ 91,0

147,4

Mevazor bog‘lar

261,9

264,4

268,0

272,0

276,1

279,9

+ 18,0

106,9

Ozuqa ekinlari

309,1

316,1

326,1

337,3

348,9

359,4

+ 50,3

116,3

Moyli ekinlar

14,3

16,2

19,0

22,1

25,4

28,3

+ 14,0

197,9

Tokzorlar

144,0

145,5

147,8

150,3

152,9

155,2

+ 11,2

107,8

Hosildorlik, s/ga

Paxta

26,1

26,2

26,3

26,5

26,7

26,9

+ 0,8

103,1

Boshoqli don

54,9

60,9

62,5

63,6

65,1

66,4

+ 11,5

120,9

Kartoshka

218,9

224,3

226,0

227,5

229,0

230,5

+ 11,6

105,3

Sabzavotlar

277,1

286,1

288,5

290,0

292,0

294,0

+ 16,9

106,1

Mevazor bog‘lar

123,9

126,4

129,4

132,9

136,6

140,4

+ 16,5

113,3

Ozuqa ekinlari

225,0

228,0

231,0

234,0

237,0

240,0

+ 15,0

106,7

Moyli ekinlar

17,0

18,0

19,0

20,0

21,0

22,0

+ 5,0

129,4

Tokzorlar

126,7

127,9

129,9

132,1

134,6

137,1

+ 10,4

108,2

Mahsulot ishlab chiqarish, ming tonna

Paxta xomashyosi

3 350

3 287

3 217

3 147

3 074

3 000

– 350,0

89,5

Boshoqli don

7 305

8 100

8 250

8 300

8 400

8 500

+ 1 195,0

116,3

Kartoshka*

2 670

2 833

3 010

3 206

3411

3 601

+ 931,0

134,9

Sabzavotlar*

9 923

10 458

11 031

11 651

12 314

12 925

+ 3 002,2

130,2

Mevalar

2 731

2 874

2 982

3 109

3 244

3 380

+ 648,6

123,8

Ozuqa ekinlari*

18 725

18 976

19 303

19 662

20 039

20 396

+ 1 670,6

108,9

Moyli ekinlar*

98

110

125

132

145

160

+ 62,0

163,3

Uzum

1 556

1 601

1 651

1 707

1 769

1 830

+ 273,9

117,6

Birinchi navbatda 2016-2020 yillarda paxta xomashyosi etishtiriladigan maydonlarni 170,5 ming va sug‘oriladigan g‘alla maydonlarini 50 ming gektarga qisqartirish hisobidan kartoshka maydonini 36 ming, sabzavotlar maydonini 91 ming, intensiv bog‘lar maydonini 18 ming, ozuqa ekinlarini 50,3 ming, moyli ekinlarni 14 ming va uzumzorlarni 11,2 ming gektarga kengaytirish bilan bog‘liq ekin maydonlarini yanada optimallashtirish ishlari amalga oshiriladi. SHu bilan bir qatorda ekinlarga ishlov berishning ilg‘or agrotexnologiyalarini, yuqori unumdorlikka ega texnika va mashinalarni hamda sug‘orishning zamonaviy usullarni qo‘llash natijasida ekinlar hosildorligini paxtada 26,1 dan 26,9 s/ga (+ 0,8), boshoqli donlarda 54,9 dan 66,4 s/ga (+ 11,5), kartoshkada 218,9 dan 230,5 s/ga (+ 11,6), sabzavotlarda 277,1 dan 294,0 s/ga (+ 16,9), mevalarda 123,9 dan 140,4 s/ga (+ 16,5), tokzorlarda 126,7 dan 137,1 s/ga (+ 10,4) oshirish ko‘zda tutilmoqda (1-jadval).
.

Ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish hajmini sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Jumladan, 1-jadvalda keltirilganidek, 2016-2020 yillar davomida boshoqli don etishtirish hajmi 1 195,0 ming, kartoshka 931,0 ming, sabzavotlar 3 002,2 ming, mevalar 648,6 ming va uzum 273,9 ming tonnaga ko‘payadi va mamlkatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga zamin yaratadi.


O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida birgina 2017 yilning o‘zida paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish hisobidan qisqartirilgan ekin maydonlarining 8,1 ming gektariga kartoshka, 27,2 ming gektariga sabzavot, 5,9 ming gektariga intensiv bog‘, 2,9 ming gektariga tokzor,— 10,9 ming gektariga ozuqa ekinlari va 4 ming gektariga moyli ekinlarni joylashtirish ko‘zda tutilgan. Bu tadbirlar natijasida past rentabelli ekin maydonlarida paxta va g‘alla etishtirishdan ko‘riladigan zararni 80 milliard so‘mga qisqartirish, qo‘shimcha 1 million tonnaga yaqin meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, hududlarda 48,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish natijasida ushbu ekin maydonlarida band bo‘lgan aholi sonini 75,6 mingga etkazish, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini 2 barobar oshirish imkoni yaratiladi
Zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yuqori hosildorlikka ega bo‘lgan, ertapishar hamda shirin ta’mga ega pakana va yarim pakana daraxtlarni ekish orqali intensiv bog‘ va uzumchilikni rivojlantirish va dunyo bozorlarida xaridorgir eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish eng muhim vazifalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-2016 yillar davomida bog‘dorchilikda yangi agrotexnologiyalar asosida 31 308 gektar yuqori hosil beradigan pakana va yarim pakana intensiv mevali bog‘lar yaratilgan.





4-rasm. Respublikamizda 2011-2016 yillarda pakana va yarim pakana intensiv mevali bog‘lar barpo etish ko‘rsatkichlari

Harakatlar strategiyasi bo‘yicha bu yo‘nalishda fermer xo‘jaliklari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari hisobidan jami 532 346 million so‘m mablag‘ sarflash evaziga quyidagi tadbirlarni amalga oshirish belgilangan:


13 ming gektar maydonda yangi intensiv bog‘ va 7,3 ming gektar tokzorlar tashkil qilish hamda 15,4 ming gektar bog‘ va 9 ming gektar tokzorlarni rekonstruksiya qilish;
mavjud past rentabelli bog‘ va tokzorlarni bosqichma-bosqich, yiliga 10 foizdan yoki 26,4 ming bog‘ va 14,1 ming tokzorlarni intensiv usulga o‘tkazish evaziga 2020 yilga borib ularning salmog‘ini 30 foizga oshirish;
mevali bog‘lar hosildorligini kamida 3-4 martaga oshirish;
yangi tashkil etilayotgan va mavjud intensiv bog‘ va tokzorlarga bosqichma-bosqich yiliga 5,7 ming gektardan tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish;
mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitiga mos pakana va yarim pakana daraxt ko‘chatlari va payvantaklari etishtirish hajmini kamida 7000 mingtaga oshirish;
istiqbolli va dunyo bozorlarida talab yuqori bo‘lgan eksportbop intensiv bog‘ mevalari ko‘chatlari navlarini sinash va ularni mamlakatimiz hududida ekishga tavsiya etiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga kiritish va boshqalar.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishda urug‘chilik-seleksiya va nav tanlashning ahamiyati katta. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, mustaqillik yillarida mamlakatimiz olimlari tomonidan mevali, rezavor mevali, yong‘oqsimon, subtropik, sitrus o‘simliklar hamda uzumning yangi navlarini yaratish, mahalliy va introduksiya qilingan navlarni o‘rganish, parvarishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha keng miqyosda tadqiqotlar olib borildi. Natijada Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib seleksion yo‘l bilan urug‘li, danakli, rezavor, yong‘oq mevali ekinlar seleksiyasi yo‘lga qo‘yilib, yangi navlar yaratishga asos solindi. Ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlar tufayli 170 dan ortiq meva-uzum navlari yaratilib, ularning saksonga yaqini Davlat reestriga kiritildi. Hozirgi kunda meva, sabzavot, kartoshka va poliz navlarining 709 turi Davlat reestriga kiritilgan bo‘lib, ularning 189 tasini mahalliy navlar va 520 tasini chet el navlari tashkil etadi.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin