Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


-jadval O‘zbekistonda aholi jon boshiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariniiste’mol qilish ko‘rsatkichlari



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə72/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

6-jadval
O‘zbekistonda aholi jon boshiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariniiste’mol qilish ko‘rsatkichlari





Oziq-ovqat mahsulot-larining turlari

Minimal iste’mol me’yori,
kg/kishi

1990
Yil

2000
yil

2010
yil

2015
yil

2015 yil

me’yorga nisb.,%da

1990 y.ga nisb,%da

Go‘sht va go‘sht mahsulotlari

40,2

31

34

38

42,5

105,7

137,1

Sut mahsulotlari

136,7

183

162

239

266,4

194,9

145,6

Tuxum, (dona/kishi)

292

97

47

138

230,4

78,9

237,5

Sabzavot va poliz

128,8

107

128

238

285

221,3

266,3

Kartoshka

54,6

29

36

45

57

104,4

196,6

O‘simlik yog‘i va boshqa moylar

7,3

12

12

13

22

301,4

183,3

SHakar

19,4

12

16

17

28

144,3

233,3

Meva va uzum

90,6

23

42

83

145

160,0

6,3

Manba: O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010 yillar) asosiy tendensiyalari va ko‘rsatkichlari hamda 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan prognozlari (T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011 yil, 87-bet. va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari asosida hisoblangan.)

Keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ma’lumki, 2017 yilda jami 23 846 fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, turli xizmatlar ko‘rsatish, intensiv bog‘lar va tokzorlar yaratish, chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 1762203 million so‘m bo‘lgan 25 506 ta loyiha amalga oshiriladi.


Harakatlar strategiyasida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning iqtisodiy samaradorligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyati me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish, ularni davlat tomonidan, shu jumladan, imtiyozli kreditlash bilan qo‘llab-quvvatlash;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va sotishda fermer xo‘jaliklari kooperatsiyasini rivojlantirish, qishloq joylarda mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha kichik korxona va ularning bo‘limlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish.


7-jadval
Respublika bo‘yicha 2001-2015 yillarda sug‘oriladigan
erlar sho‘rlanish darajasining o‘zgarishi



Er turlari

O‘lchov birligi

2001 yil

2015 yil

2015 y. 2001 y.ga nisb. o‘zgarish, (+, –)

maydoni

foizda

maydoni

foizda

maydoni

foizda

SHo‘rlanmagan

ming ga

1928,0

45,4

2261,7

52,5

+ 333,7

+ 7,1

Kuchsiz sho‘rlangan

ming ga

1212,9

28,5

1344,7

31,2

+ 131,8

+ 2,7

O‘rtacha sho‘rlangan

ming ga

893,3

21,0

586,9

13,6

 306,4

 7,4

Kuchli sho‘rlangan

ming ga

218,4

5,1

113,5

2,7

 104,9

 2,6

Jami

ming ga

4252,6

100

4306,8

100

+ 54,2




Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan.

Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega omillardan biri sanaladi. CHunki, respublikamizda mavjud sug‘oriladigan ekin maydonlarining 50 foizga yaqinini u yoki bu darajada sho‘rlangan erlar tashkil etadi. Keyingi yillarda sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha yirik davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2008-2016 yillar davomida sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini amalga oshirishga davlat byudjetidan jami 2 011,37 milliard so‘mlik mablag‘lar ajratildi.


Natijada 2015 yilda 2001 yilga nisbatan sho‘rlanmagan erlar 17,3 foizga, kuchsiz sho‘rlangan erlar 10,9 foizga oshib, o‘rtacha sho‘rlangan erlar 34,3 foizga va kuchli sho‘rlangan erlar 48,0 foizga qisqardi.
Harakatlar strategiyasida sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini rivojlantirish, ularning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish va shu asosda qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish barqarorligiga erishish uchun quyidagilarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
734,9 kilometr magistral, tumanlararo, xo‘jaliklararo kollektorlarni, 348,3 kilometr yopiq-yotiq drenaj tizimlarini, 6 dona meliorativ nasos stansiyalarini, 79 dona meliorativ tik quduqni, 131 dona meliorativ ob’ektdagi gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish;
14537,2 kilometr ochiq kollertorlarni, 1330,5 kilometr yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini, 15 dona meliorativ nasos stansiyasini, 791 dona meliorativ tik quduqlarni, 2277 dona meliorativ ob’ektlardagi tidrotexnik inshoatlarini ta’mirlash va tiklash;
500 kilometr kanallarni, 74 kilometr sug‘orish lotok tizimini, 106 dona gidrotexnik inshootni, 10 kilometr bosimli suv quvurlarini, sig‘imi 625 million metr kubga teng bo‘lgan suv omborlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda 0,5 kilometr qirg‘oqbo‘yi mintaqasini himoyalash;
142 dona meliorativ texnika va jihozlarni suv xo‘jaligida ixtisoslashgan pudrat tashkilotlariga lizing orqali etkazish;
“2013-2017 yillar davomida sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi” doirasida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini tanqidiy o‘rganish asosida “2018-2022 yillarda sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi” loyihasini ishlab chiqish.
Bu ishlarga jami 905 000million so‘m, shu jumladan, 457 273 million so‘m davlat byudjeti mablag‘larini sarflash belgilangan. Buning natijasida 270,5 ming gektar sug‘oriladigan erning meliorativ holatini barqaror saqlash, 276,2 ming gektar sug‘oriladigan erni suv bilan kafolatli ta’minlashga erishiladi.
Keyingi yillarda respublikamizning bir qator hududlarida ekinlarni sug‘orishning yangi texnologiyalari sinovdan o‘tmoqda va qo‘llashga tavsiya etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi”ga muvofiq 2013-2017 yillarda jami 104 600 gektar maydonda sug‘orishning zamonaviy usullarini joriy etish ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda respublikamizda 2011-2015 yillarda jami 47356 gektar ekin maydonlarida tomchilatib sug‘orish, 19214 gektarda egatga polietilen plyonka to‘shab sug‘orish, 18418 gektarda ko‘chma egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan.
Harakatlar strategiyasi bo‘yicha sug‘orishning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish ishlari tizimli ravishda davom ettiriladi va bu global suv tanqisligi sharoitida ekinlarni suv bilan ta’minlash va hosildorlikning oshib borishiga zamin yaratadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash asosida yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish respublikamizni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi “2016-2020 yillarda meva sabzavot va go‘sht-sut mahsulotlarining xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ularni qayta ishlashni chuqurlashtirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giPQ-2505-sonli qaroriga asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi korxonalar qurish, amaldagilarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati 595 886,3 ming dollar ekvivalentiga teng jami 180 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Mazkur qarorga muvofiq, 2016-2020 yillarda meva-sabzavotlarni qayta ishlash bo‘yicha quvvati 99 100 tonnaga teng 138 ta, go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha quvvati 16 500 tonnga teng 46 ta, sut mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha quvvati 34 850 tonnaga teng 79 ta va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha quvvati 26 840 tonnaga teng 153 ta yangi korxonani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha tizimli tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2020 yilga kelib 2016 yilga nisbatan meva-sabzavot konservalari hajmini 79,4 foiz, meva sharbatlarini 80,5 foiz, quruq mevalarni 73,1 foiz, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini 59,5 foiz, kolbasa mahsulotlarini 68,8 foiz, sut va sut mahsulotlarini 56,6 foiz, sariyog‘ni 51,4 foiz, qandolat mahsulotlarini 59,9 foiz, o‘simlik yog‘ini 57,2 foiz, shakarni 24,0 foizga, pishloqni 2,5, go‘shtli konservalarni 2,4, baliq mahsulotlarini 3,4 va muzlatilgan baliqni 2,8 marta oshirish imkonini beradi.
8-jadval
2016-2020 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi korxonalar qurish, amaldagilarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalarining qiymati




Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin