Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Reyting Jahon bankining “Global iqtisodiy istiqbollar” hujjatida keltirilgan ma’lumotlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, un



Yüklə 3,9 Mb.
səhifə78/168
tarix22.12.2023
ölçüsü3,9 Mb.
#190480
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   168
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Reyting Jahon bankining “Global iqtisodiy istiqbollar” hujjatida keltirilgan ma’lumotlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda jami 13 davlat keltirilgan. O‘zbekistonning 2014-2017 yillardagi o‘rtacha iqtisodiy o‘sish sur’ati 7,8foiz etib belgilangan. Mamlakat paxta eksporti bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda hamda tabiiy gaz va oltin zahirasiga boy davlat ekanligi ta’kidlanadi83.
“Bundan tashqari,2015 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ga a’zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashsohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo‘lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e’tirof etildi”84
Bu kabi yuqori marralarni egallashni rag‘batlantirish hamda tegishli shart-sharoitlarni ta’minlash Harakatlar strategiyasiga oid Dasturda ham o‘z ifodasini topgan. Jumladan, 2017 yilning II choragida O‘zbekistonning ob’ektiv reyting ko‘rsatkichlarini egallashi va ulardagi mavqeini oshirish uchun talab qilinadigan statistik va boshqa ma’lumotlarning xalqaro hisobotlarda chop qilinishiga doir cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish belgilab berilgan. Mazkur chora-tadbirlar mamlakatimizning turli reytinglarda munosib o‘rinlarni egallashi va ularni muntazam ravishda oshirib borish imkonini beradi.


8-mavzu. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash
Reja:



  1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish

  2. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish



Tayanch so’z va iboralar: makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o’sish, iqtisodiy salohiyat.
1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish

O‘tgan 26 yillik mustaqil taraqqiyot davrda iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyasiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.


Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
SHularni e’tiborga olib, Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning quyidagi vazifalari belgilab olindi:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobidan yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda, davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish;
ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda, pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek, valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;
sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish bugungi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi.
Ushbu masalalarni amalga oshirish asnosida Harakatlar strategiyasida tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash, unda iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini, shuningdek, milliy valyuta va narxlar darajasining barqarorligini ta’minlash nazarda tutilgan. Iqtisodiyotning rivojlanishi ko‘p jihatdan milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligiga bog‘liqdir. Buning uchun tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari (tariflari) o‘zgarishini kuzatish metodikasini takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, Markaziy bank tomonidan belgilanadigan qayta moliyalash stavkasi moliya bozorini tartibga solishning asosiy ko‘rsatkichidir. SHu borada, ya’ni moliya bozorlarini va tijorat banklarining investitsiyaviy imkoniyatlarini barqarorlashtirish uchun Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini belgilash tizimini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
SHuning uchun ham Harakatlar strategiyasida ushbu sohani yanada rivojlantirish va Markaziy bankning asosiy regulyatori bo‘lmish qayta moliyalash stavkasini o‘rnatishning xalqaro metodikasidan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning ochiqligi va moliya bozorlarining rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
O‘tgan yillarda amalga oshirilgan bank-moliya sohalaridagi tizimli tadbirlar natijasida, ya’ni 2016 yil davomida o‘tkazilgan sterilizatsiya operatsiyalarining o‘rtacha hajmi 2015 yilga nisbatan 1,3 martaga oshdi. Bu esa bank tizimidagi likvidlikni samarali boshqarishga, pul massasining prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiqcha o‘sishining oldini olishga va shu orqali ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi.
Ayni damda, tovar va xizmatlarni xarid qilishda naqd pulsiz, naqd pul ko‘rinishidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish amaliyoti keng tarqalgan. Ammo ne’matlarni naqd pulsiz ko‘rinishda ayriboshlash amalga oshirilganda sotuvchilar tomonidan sun’iy ravishda narxlarning oshirib ko‘rsatish holatlari yuzaga kelmoqda. Mazkur holat ikki xil ko‘rinishdagi to‘lovlar o‘rtasidagi tafovutning bir-biridan keskin farqlanishiga va natijada iste’molchilarning xaqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, narxlarning bozor qonunlariga zid bo‘lgan holatda o‘sishiga olib kelmoqda.
YUzaga kelayotgan noiqtisodiy kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 2017  2021 yillar davomida naqd pulsiz ko‘rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar o‘rnatganlik uchun javobgarlikni oshirish hamda bozor mexanizmlarini joriy qilish tartibini ishlab chiqish belgilangan. Ikkinchidan, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bosqichma-bosqich qisqartirish hamda keyinchalik 2020 yilda uni bekor qilish vazifasi belgilangan.
Uchinchidan, naqdsiz hisob-kitoblar hajmi va qamrovini oshirish, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarida to‘lovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy etish va tadbirkorlik sub’ektlarini rag‘batlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanishini qisqartirish lozim. Buning uchun aholiga muayyan vaqt davomida belgilangan limit doirasida bank mablag‘lari hisobidan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi kredit kartalarini muomalaga kiritish; bank plastik kartalari orqali hisob raqamlarga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan («SMS-banking», «Internet-banking», «Mobil-banking») foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; bank plastik kartalari orqali jismoniy shaxslarning depozit hisob raqamlarini boshqarish imkoniyatini kengaytirish; to‘lov terminallaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi miqdorini ikki martaga qisqartirish; plastik kartadagi mablag‘larni boshqa kartaga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni kamaytirish; valyuta va soliq nazoratini soddalashtirishni o‘z ichiga olgan elektron tijoratni rivojlantirishni rag‘batlantirish, plastik kartalar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob qilish tizimida olinmagan tovar va foydalanilmagan xizmat uchun to‘lovni qaytarishning tartib-taomillari va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Hech kimga sir emaski, ichki va xalqaro savdoni amalga oshirishda valyuta kursi asosiy ta’sir ko‘rsatadigan omil sifatida qaraladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida O‘zbekiston Respublikasi valyuta tizimida valyuta munosabatlarini tartibga solish amaliyotini takomillashtirish borasida qator muammolarning mavjudligi namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, valyutaviy nazorat jarayoniga aslida nazorat funksiyasiga ega bo‘lmagan tijorat banklarining faol tarzda jalb etilganligi valyutaviy nazoratning ta’sirchanligi va samaradorligiga, joriy valyuta bozori likvidlilik darajasining past darajada ekanligi esa, milliy valyutaning nominal almashuv kursini talab va taklif asosida shakllantirish jarayoniga salbiy ta’sir qilmoqda.
CHunonchi, valyuta kursi va pariteti o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud bo‘lib, valyuta kursi naqd va naqdsiz pul aylanmalariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ammo pul tizimining ayrim elementlari rivojlanishda davom etib, tizimning o‘ziga, iqtisodiyotning holatiga, ayrim davriy oraliqlarda, bevosita va kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, pullar taklifining keskin oshishi inflyasiya darajasining o‘sishiga va shuning asosida pul qiymatining pasayishiga olib keladi. YOki milliy valyutaning real almashuv kursining oshishi mamlakat eksport salohiyatining pasayishiga va shu tariqa xorijiy valyutalar taklifining kamayishiga olib kelishi mumkin.
2016 yilda so‘mning hamkor davlatlar va boshqa asosiy xorijiy valyutalarga nisbatan almashuv kursining qadrsizlanishi mamlakatimiz eksport qiluvchi korxonalari raqobatdoshligining kuchsizlanishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xorijiy valyutalar va oltin bilan amalga oshiriladigan svop operatsiyalari hajmini oshirish va milliy valyutaning nominal almashuv kursini AQSH dollari, evro va YAponiya ienidan tashkil topgan “valyuta savati”ga nisbatan aniqlashni joriy qilish yo‘li bilan milliy valyuta -so‘mning devalvatsiya sur’atini pasaytirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki AQSH Federal zaxira tizimi, Evropa Markaziy banki va YAponiya Markaziy banki bilan valyutaviy svop operatsiyalarini uzluksiz ravishda amalga oshirishni yo‘lga qo‘yishi lozim. Buning natijasida, birinchidan, joriy valyuta bozorining likvidliligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar barham topadi; ikkinchidan, Markaziy bankning rasmiy xalqaro valyuta zaxiralarini boshqarish imkoniyati kengayadi.
SHuborada to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etish uchun valyutani tartibga solishning ilg‘or bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish kun tartibidagi birlamchi masalalardan hisoblanadi. SHuning uchun ham valyutani tartibga solishning yangicha mexanizmalarini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini tayyorlash Harakatlar strategiyasida belgilab qo‘yildi. Qaror loyihasida quyidagilarning aks etishi nazarda tutilgan:
valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, bozor mexanizmini hisobga olgan holda, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini ta’minlovchi va qo‘llab-quvvatlovchi valyuta kursi siyosatini takomillashtirish;
tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqi to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash;
har qanday manipulyasiyalarning oldini oladigan mexanizmlarni joriy etgan holda, xorijiy valyutaning birjada erkin muomalada bo‘lishini ta’minlash;
tijorat banklari tomonidan jalb qilingan va o‘z resurslari hisobidan xorijiy valyutani tegishli qoidalarga rioya qilgan holda erkin sotish tizimini joriy qilish;
byudjetga qo‘shimcha tushumlar, tijorat banklarining joriy kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini vaqtinchalik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.
Byudjet mablag‘lari mamlakatning makroiktisodiy barkarorlikka erishish yo‘lida Hukumat tomonidan yaqin va uzoq davrlarga mo‘ljallangan davlat dasturlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati u bajarayotgan funksiyalarda namoyon bo‘ladi. Uning asosan ikkita funksiyasi mavjud: taksimlash; nazorat. Davlat aynan byudjetning taqsimlash funksiyasiga tayanib, ixtiyoridagi markazlashgan moliya resurslarini shakllantiradi va ularning yordamida umumdavlat iste’mollarini pul resurslari bilan ta’minlaydi.
Moliyaviy nazorat tizimi sub’ektlar (nazorat kiluvchilar), ob’ektlar (nazorat kilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlab, uz ichiga oladi. Moliyaviy nazoratning muhim shakllaridan biri bu - davlat byudjet-moliya nazorati hisoblanadi. Byudjet nazorati orkali davlat va mahalliy hokimiyat organlari uchun muntazam ravishda tasdiqlangan byudjetning daromad va xarajatlar rejalarining to‘liq va sifatli bajarilishini nazoratga olish, ularning bajarilishiga ta’sir qiluvchi turli salbiy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun zudlik bilan zarur chora-tadbirlarni belgilash imkoniyati yaratiladi.
Davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash, pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish, naqd pul muomalasi mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bugungi voqelik nuqtai nazaridan dolzarb bo‘lib qolmoqda. Buning uchun davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarni davlat sektorida hisobga olishning xalqaro standartlariga moslashtirish orqali ularning shaffofligini ta’minlash hamda pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish, shu jumladan, iqtisodiyotning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qayta moliyalashtirish stavkasini tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirishni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Xalqaro globallashuv jarayonlarining chuqurlashib borayotgani mamlakatlarning valyuta siyosatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda va qator davlatlarda “golland kasali”ning yuzaga kelishiga turtki bermoqda. “Golland kasalligi” tabiiy resurs manbalarining kashf etilishi natijasida mamlakat sanoatlashuv darajasining pasayib ketishi, davlat milliy valyutasining kuchli revalvatsiyalanishi va natijada mamlakat eksport tovarlari raqobatdoshligining sezilarli darajada pasayishini anglatadi. “Golland kasalligi”ga uchragan davlatda asosiy eksport tovarlarini ishlab chiqarishga asoslangan mamlakat qayta ishlash sanoatida keskin pasayish yuz beradi va mamlakatning an’anaviy eksport tushumlari manbai bo‘lgan qayta ishlash sanoatiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir vujudga keladi. Tabiiy resurslar uchun qulay baholar sharoiti yo‘qolgach, mamlakatning kuchsizlangan an’anaviy sanoati orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi ancha og‘ir kechadi.
YUqoridan ta’kidlangan “kasallik”ning oldini olish uchun Harakatlar strategiyasida bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymayotgan to‘siqlarni bartaraf etish uchun 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, jumladan, quyidagi vazifalar belgilanmoqda:
bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‘lari etarliligi va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-quvvatlash;
boshqaruv va bank tavakkalchiligi tizimi, shu jumladan, xorijdagi ilg‘or tajribalar asosida tijorat banklarida menejment tavakkalchiligi samaradorligini yanada oshirish;
tijorat banklari faoliyatiga, shu jumladan, kredit siyosatiga davlat hokimiyati organlari tomonidan ma’muriy aralashuvlarning oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik;
tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish, kredit portfeli miqdorini doimiy oshirib borish va uning sifatini yaxshilash, investitsiyaviy loyihalarni moliyalash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash ko‘lamini yanada oshirish;
banklarga xos bo‘lmagan vazifalarni istisno etish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rishni nazarda tutuvchi dastur loyihasini ishlab chiqish.
Navbatdagi o‘zgarishlar sifatida kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan yangi tartiblarni ishlab chiqish belgilangan. Ushbu tartiblarda qarzdorning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi axborotni har qanday kreditorga uning yozma so‘rovi olingan vaqtdan boshlab 10 kun ichida taqdim etish hamda kreditorga qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarorga e’tiroz bildirish huquqini berish masalasi kiritilmoqda. Ushbu tartiblarning hayotga tadbiq etilishi asnosida sanatsiya rejasi bilan rozi bo‘lmagan kreditorlarning huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, bankrotlik holatlaridan tikilgan mablag‘larni qaytarish darajasini oshirish, «Biznes yuritish» hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilash imkoni yaratiladi.
Banklarning umumiy kapitali va depozit bazasining yanada mustahkamlanishi ularning iqti­sodiyotdagi ishlab chiqarish jarayonlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, investitsion faollikni rag‘batlantirishni ichki manbalar hisobidan amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirib, bank tizimi aktivlarining sifat hamda miqdor jihatdan oshishiga olib keladi. Mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash, xususan, omonatlarning yangi va mijozlar talablariga mos jozibador turlarini joriy etish tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashning eng qulay vositasi hisoblanadi.
SHularni hisobga olib, kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasini yaratish va bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasida quyidagilarning aks etishi rejalashtirilgan:
mustahkam moliyaviy institutlar (banklar, sug‘urta kompaniyalari, yirik davlat kompaniyalari, aksiyadorlik jamiyatlari)ga qimmatli qog‘ozlar (obligatsiyalar, veksellar va boshqalar) chiqarishga ruxsat berish;
qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy qilinishdagi rolini kuchaytirish, ya’ni mazkur organni nazorat organi sifatida emas, balki qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatidagi faoliyati samaradorligini oshirish;
qimmatli qog‘ozlarni dastlabki va qo‘shimcha emissiya qilishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish;
sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarning yangi shakllarini joriy qilish, sug‘urta va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarning hajmini kengaytirish;
alohida milliy korxonalar aksiyalarining xorijiy nufuzli fond birjalarida dastlabki tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning xorijiy kapital bozoriga chiqishini ta’minlash.
Mamlakatimizning hozirgi qimmatli qog‘ozlar bozorida birlamchi emissiyalar ustunlik qilmoqda. Ikkilamchi fond bozorining rivojlanishi, eng avvalo, qimmatli qog‘ozlar likvidligini oshirish uchun bozorning tashkil etilishini takomillashtirish, qimmatli qog‘ozlarning muomala qilishi va ularga xizmat ko‘rsatish tizimida chiqimlar va xarajatlarni kamaytirishga yordam berish, bozorning axborot jihatdan ochiqligini kuchaytirish kerak bo‘ladi.
Ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishidagi muammolarning hal qilinishi qimmatli qog‘ozlar bozorining yanada rivojlanishiga va investorlar ishonchining mustahkamlanishiga olib keladi.
Tarmoqlar va mintaqalarni barqaror rivojlantirish hisobidan ijtimoiy muammolarning hal etilishini ta’minlovchi mahalliy byudjetlarning daromad manbaini kengaytirish, o‘z-o‘zidan mahalliy hokimiyatning turli xildagi ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi. Ammo shuni esdan chiqarmaslik kerakki, mahalliy byudjetning cheklanganligi undan xo‘jasizlarcha foydalanish mumkin, degani emas. SHuning uchun yaqin istiqbolda byudjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, shahar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish, fiskal nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqozo etiladi.
Ushbu hujjatlarning kuchga kirishi oqibatida byudjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, mahalliy byudjetlar tasarrufida qoladigan soliqlar va majburiy to‘lovlarning ro‘yxati va miqdorini qayta ko‘rib chiqish orqali shahar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mintaqalar mablag‘larini boshqarish bo‘yicha mustaqilligini oshirgan holda, fiskal nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish imkoni yaratiladi.
Harakatlar strategiyasida ko‘tarilgan yana bir muhim masala bu - soliq ma’muriyatchiligi sifati va samaradorligini yaxshilashdan iboratdir. Ushbu masalani hal etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1) soliq qonunchiligini tanqidiy o‘rganish va tahlil qilish, huquqni qo‘llashda ortiqcha va murakkab normalarni bartaraf etish, soliqqa tortish bazasini hisoblash jarayonini soddalashtirish, yagona bazadan undiriladigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash;
2) soliq yukini, xususan: yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq miqdorini, shu jumladan, faoliyat ko‘rsatish (masalan, uzoq va borish qiyin bo‘lgan) joylarini hisobga olgan holda, qayta ko‘rib chiqish; yirik korxonalar uchun soliq yukini maqbullashtirish hisobidan uni izchil pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalda qo‘llanilayotgan soliqqa tortish tartiblari ular faoliyatiga bevosita ta’sir etib, kelgusi moliya yiliga nisbatan tegishli qarorlarni qabul qilishlarida katta ahamiyat kasb etmoqda. Aynan davlat soliq siyosati instrumentlari orqali ularning iqtisodiy faollik darajasini oshirishga erishilmoqda. CHunki kichik tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faolligini belgilovchi omillarga korxona to‘laydigan soliqlar va yig‘imlarning ta’sir doirasi yuqoridir.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliqqa tortish tizimida amalga oshirilgan islohotlar va o‘zgarishlarga nazar soladigan bo‘lsak, mazkur islohotlarni quyidagi uch bosqichga bo‘lishimiz hamda har bir bosqichda erishilgan tendensiyalarni tahlil qilishimiz mumkin: Ibosqich (1991-1997 yillar); IIbosqich (1998-2004 yillar); IIIbosqich (2005 yildan hozirgi kunga qadar).
Bundan tashqari, soliqqa tortish tizimida mazkur sub’ektlar zimmasidagi soliq yukining optimal darajasini aniqlash masalasi dolzarb muammolardan bo‘lib, soliqlar orqali davlat ular faoliyatini cheklashi yoki maqsadli tarzda rag‘batlantirishi mumkin. Davlat mazkur sub’ektlar faoliyatiga investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish hamda jamg‘armalarni kengaytirishda soliq dastagidan unumli foydalanishi kelgusida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash omili ekanligi, soliq stavkalarining pasaytirilishi, iqtisodiyotda yalpi taklifga ijobiy ta’sir etib, aholi va tadbirkorlar daromadlarining ko‘payishiga, natijada esa jamg‘armalarning oshishiga hamda kapitalning jamlanishiga, aksincha, soliq stavkalarining me’yordan oshishi iqtisodiyotda mehnat va iqtisodiy faollikning pasayishiga, jamg‘armalarning iqtisodiyotdan chetlanishiga, xufyona iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi85.
Iqtisodiyotda optimal soliq yuki darajasini amalda ushlab turish orqali soliq to‘lovchilarning iqtisodiy faolligini oshirishga, ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishga, bu orqali esa mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga erishish mumkin. Soliq imtiyozlaridan foydalangan holda, kichik korxona o‘z faoliyatini kengaytirishga, ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga hamda oxir-oqibat o‘zining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga erishmas ekan, taqdim etilgan soliq imtiyozlari faqatgina ular sonini ko‘paytirishga xizmat qilishi mumkin. SHuning uchun kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalda bo‘lgan soliq imtiyozlarining soni, hajmidan tashqari, ularning mazkur sub’ektlar faoliyati davomidagi samaradorlik ko‘rsatkichini ham tahlil qilib borish zarur.
Imtiyozlarning individual tartibda berilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ularni maqbullashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish lozimdir.
Bugungi globallashuv jarayonlari jadallashayotgan sharoitda mamlakat iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan sohalardan yana biri- bu xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro moliya bozori institutlari bilan aloqalarni kengaytirishni talab etadi.
Etakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish orqali:
xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag‘larini jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan:
2016-2020 yillar davomida 27 ta loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki kreditlarini jalb etish;
2017-2019 yillar davomida 20 ta loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki kreditlarini jalb qilish.
Islom taraqqiyot bankining 1 milliard dollardan kam bo‘lmagan miqdordagi kreditlarini jalb qilishni ko‘zda tutadigan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish orqali 2017-2019 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish.
Ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, infratuzilmaviy va boshqa loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan chet el hukumat tashkilotlarining (Xitoy eksport-import banki, Koreya eksport-import banki, EDCF Fondi, YApon xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), SHveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SHTHA), Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA), Evropa hamkorlik komissiyalari va hokazo) imtiyozli kredit hamda grant mablag‘larini jalb qilish imkonining yaratilishi Harakatlar strategiyasida keltirib o‘tilgan.
SHuningdek, etakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, jalb qilinayotgan tashqi sarmoya bo‘yicha yuzaga keladigan xarajatlarni kamaytirish maqsadida O‘zbekistonning kredit reytingini yaxshilash hamda yuqori suveren reyting ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida etakchi xalqaro reyting va sug‘urta agentliklari (S&P, FITCN, MOODY’S va hokazo) bilan uchrashuv va davra suhbatlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish lozim.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin