Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida» 2002 yil 12 yanvar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida olib boriladi.
«O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi Nizom Fuqarolik kodeksi, «Markaziy bank to’g’risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’g’risida»gi Konunlari va Markaziy bankning O’zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.
Mulkchlik shakllarining xilma-xilligi
Mulkchlik shakllarining xilma-xilligi sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati tovar-pul munosabatlari rivojlanish sharoitlarida naqd pulsiz hisob-kitob qoidalari xo’jalik organlari tomonidan hisob-kitob shakllarini erkin tanlash printsiplaridan kelib chiqadi va ular shartnomalarda mustahkamlanadi.
Xo’jalik organlarining shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi:
To’lov topshiriqnomalari;
To’lov talabnomalari;
Akkreditivlar;
Inkasso topshiriqnomalari;
Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;
Plastik kartochkalar bo’yicha hisob-kitoblar
To’lovchi va mablag’ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar
To’lovchi va mablag’ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shartnoma asosida belgilanadi. Hisob-kitob shakllari deyilganda, xuquqiy me’yorlarda ko’zda tutilgan, hisob-kitob hujjatining turi, hujjatlar aylanish tartibi, mablag’larni mol sotuvchi korxona hisobvarag’iga o’tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi.
Hisob-kitoblarning alohida shakllarining mazmuni, ular bo’yicha hujjatlar aylanishini va operatsiyalar hisobi hamda rasmiylashtirilishini alohida paragraflarda ko’rib chiqamiz.