Iqtisodiyotni modernizatsiya sharoitida naqd pulsiz hisob kitoblar va ularni takomillashtirish


To’lov topshiriqnomalari orqali kuyidagi to’lovlar amalga oshiriladi



Yüklə 13,69 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü13,69 Kb.
#207084
1   2   3   4   5
Asadova Nargiza Rustamovna

To’lov topshiriqnomalari orqali kuyidagi to’lovlar amalga oshiriladi:


tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar;
notovar operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar;
Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko’zda tutilgan bo’lsa, bank ssudalari va unga ko’shilgan foizlarni qoplash uchun mablag’ o’tkazish;
Hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi bank to’lovlari.

To’lov topshiriqnomalarI


To’lov topshiriqnomalarining bankka topshiradigan nusxalar soni to’lovchi va mablag’ oluvchilarning qaysi bankda joylashganligiga bog’liq.
To’lovchi va mablag’ oluvchi korxonalar bir bank bo’limi xizmatidan foydalansalar, topshiriqnomalar bankka uch nusxada taqdim etiladi.

Topshiriqnoma nusxalarining har biri quyidagicha ishlatiladi:


• birinchi nusxa to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan, bankning to’rtburchak muhrining izi tushirilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi;
• ikkinchi nusxasi to’lov oluvchining hisobvarag’iga ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning to’rtburchak muhr izi tushirilgan holda to’lovni oluvchi korxona vakiliga beriladi;
• uchinchi nusxa operatsiya bajarilgandan so’ng, bank bo’limining to’rtburchak shtampi izi tushirilgan, mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to’lovni amalga oshirish va topshiriqnomani qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda, to’lovchi korxona vakiliga ularning depozit hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda beriladi.

To’lov topshirig’ida quyidagi rekvizitlar ko’rsatilishi lozim:


a) to’lov topshirig’ining nomi va nomeri.
b) to’lov topshirig’i to’ldirilgan sana, ya’ni kun, oy va yil.
v) to’lovchining nomi, to’lovchi bankining nomi va kodi.
g) to’lovchining hisobvaraq nomeri va identifikatsiya kodi.
d) mablag’larni oluvchi korxona nomi, unga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va kodi
j) mablag’ oluvchining hisobvaraq nomeri.
z) to’lovlarning summasi raqam va yozuvlarda ko’rsatiladi.
i) to’lovning maqsadi.

Yüklə 13,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin