birinchidan, hujjatlar aylanishining oddiyligi va tezligi, ya’ni hisob-kitoblarni amalga oshirishning texnik jihatdan kulayligi. Bu esa o’z navbatida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va bank xodimlarining mehnat sarfini kamaytiradi;
ikkinchidan, pul mablag’lari harakatining tezligi, ya’ni to’lov talabnomasiga nisbatan to’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarda hujjatlarning aylanishi harakati qisqaligi so’zsiz xo’jalik oborot mablag’larining aylanish tezligini oshiradi;
uchinchidan, tovar sotib oluvchining qabul qilgan tovarlari yoki xizmatlar sifatini oldindan aniqlab olinishi. Hisob-kitoblarning bu shaklida to’lov talabnomasi orqali hisob-kitoblarda bo’lgan kabi bankka rad etish arizasi topshirilmaydi, chunki to’lovchining o’zi to’lovni to’lashga rozi bo’lsa, topshiriqnomani bankka topshiradi;
to’rtinchidan, to’lov topshiriqnomasining barcha tovarsiz operatsiyalarda ko’llanishi, bu esa ushbu shakl bo’yicha hisob-kitoblarning ahamiyatini yanada yakkol aks ettiradi.
Naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan biri to’lov talabnomasi
Naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan biri to’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar bo’lib, ular 1992 yil 1 avgustigacha respublika naqd pulsiz aylanishining qariyb 60-65 foizini tashkil etar edi. Markaziy bankining 1992 yil 6 iyundagi 78-sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni tartibga solish, ularning holatini yaxshilash, hamda bozor talablariga moslashtirish maqsadida,
1992 yil 3 iyuldan boshlab mulkchilik shaklidan kat’iy nazar barcha korxona va tashkilotlar uchun talabnomalarning o’rniga yangi tartibdagi to’lov-talabnoma topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblar amaliyotga kiritildi. Shu bilan birgalikda, 1992 yil 1 avgustgacha to’lov talabnomalarining oborotda bo’lishiga ruhsat etildi.