Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi


Davlat tomonidan yuritiladigan makroiqtisodiy siyosatning ko‘rinishlari



Yüklə 40,99 Kb.
səhifə2/3
tarix29.04.2023
ölçüsü40,99 Kb.
#104692
1   2   3
13-mavzu

13.2. Davlat tomonidan yuritiladigan makroiqtisodiy siyosatning ko‘rinishlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat mamlakat iqtisodiyotiga bevosita aralashadi. Davlatning mamlakat iqtisodiyotiga aralashuvi makroiqtisodiy siyosat orqali amalga oshiriladi. Bu siyosatga asosan quyidagilarni kiritamiz:

  • byudjet;

  • pul-kredit;

  • dotatsiya; subvensiya; subsidiya;

  • xalq xo‘jaligi balansi;

  • soliq mexanizmi;

  • chegaralangan baholar va boshqalar.

Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transert to‘lovlari) ko‘paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat haridi, YAMM ni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko‘rsatish, narxlar ustidan nazorat o‘rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‘rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat. Avvalambor u mamlakatda pul massasini tartibga solishga qaratilgan va uning asosiy vazifasi narxlar va real milliy ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga mos keladigan pul emmisiyasi hisoblanadi. Pul-kredit siyosati deganda to‘liq bandlik sharoitida jami mahsulotlarni ishlab chiqarishga inflyasiyani ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o‘zgartirish tushuniladi. Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tatbiq etadi.
Hozirda hamma mamlakatlarda pul miqdorini tartibga solishda ochiq bozorda operatsiyalarni, ya’ni davlat qimmatli qog‘ozlarini taklif qilish usulidan keng foydalanilmoqda. Ushbu operatsiyalarni Markaziy bank asosan nufuzi katta banklar guruhi bilan birgalikda amalga oshiradi. Bozorda Markaziy bank xazina qimmatli qog‘ozlarini sotish yoki harid qilish yo‘li bilan pul taklifiga ta’sir etadi, ya’ni pul bozorida talab va taklif muvozanatini ta’minlaydi.
Pul bozorida muomilada pul miqdori ortiqchaligini mavjud deb faraz qilamiz. Tabiiyki, Markaziy bank ortiqcha pul massasini kamaytirish yoki yo‘q qilishga harakat qiladi. Buning uchun, u ochiq bozorda o‘zining qimmatli qog‘ozlarini aholi va banklarga taklif etadi, ular esa uni harid qila boshlaydilar. Davlat qimmatli qog‘ozlarining (sotish yoki harid qilish yo‘li bilan) taklifi oshib borgan sari, uning bahosi pasayadi, o‘z navbatida unga bo‘lgan harid (ya’ni qimmatli qog‘ozlarni sotib olganlarga foiz shaklida haq to‘lanadi) oshadi, bu esa unga bo‘lgan talabni oshiradi.
Banklar va aholi qimmatli qog‘ozlarni ko‘proq harid qila boshlaydilar, pirovard natijada banklarning zahiralari qisqaradi, o‘z navbatida, bu hol pul taklifi bank multiplikatoriga teng nisbatda qisqarishiga olib keladi. Bu bank zahirasi va pul taklifining ortishiga olib keladi.
O‘zbyokitonda pul-kredit siyosatining quyidagi yo‘nalishlari mavjud:

  • davlat tomonidan pul massasini oldindan bilish, uni doimiy nazorat qilish;

  • Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining operatsiyalarini pul bilan ta’minlash pul muomilasi sohasini nazorat qilishga imkon beradi;

  • kredit va byudjet tizimlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar vositasini takomillashtirish, kredit berish, byudjet kamomadi sharoitida uni pul chiqarish hisobiga emas, balki davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotish hisobiga qoplash zarur.

Bu siyosatning asosiy vositasi, Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan hisob stavkasini tartibga solish, tijorat banklarining majburiy ravishda Markaziy bankda saqlaydigan zahira me’yorini o‘zgartirish, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha ochiq bozordagi operatsiyalarni yo‘lga qo‘yish va boshqa tadbirlardan iborat.
Davlat tomonidan xo‘jaliklarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.
Dotatsiya - byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan qaytarib olmaslik sharti bilan xo‘jaliklarning zararlarini qoplash, shuningdek, mahalliy byudjetlar mutanosibligini ta’minlash uchun ajratilgan pul mablag‘laridir.
Subvensiya - qat’i maqsadlar uchun beriladigan dotatsiya turi bo‘lib, foydalanish sharti buzilganda uni qaytarib olish mumkin.
Subsidiyalar - bu pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam turi bo‘lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan ko‘rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‘lish mumkin. To‘g‘ri subsidiyalar – kapital qo‘yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta taerlashga ajratilgan mablag‘lar, egri subsidiyalar soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va hoqazolardir.
Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‘rinishida himoya qiladi.
Balans – bu, ikki qismdan iborat bo‘lgan iqtisodiy hisob-kitobdir. Birinchi bo‘limda, resurslarni tashkil etish manbalari, ikkinchisida ulardan foydalanish yo‘llari ko‘rsatiladi. Ikki bo‘limning bir - biriga tengligi resurslar va ular iste’moli mutanosibligini bildiradi. Balanslar - moddiy balanslar, mehnat balanslari, moliyaviy balanslarga, shuningdek, yana hisobot va reja balanslariga bo‘linadi.
Balanslar yordamida xalq xo‘jaligi tarmoqlari, turli xo‘jalik yurituvchi subektlarning iqtisodiy faoliyatlari hamda moddiy va moliyaviy bo‘limlar harakati o‘rtasidagi bog‘liqlik ta’minlanadi. Balanslarning eng asosiylaridan biri Xalq xo‘jaligi balansi hisoblanadi. Bu balans jadvallar tizimi bo‘lib, unda milliy iqtisodni rivojlantirish ko‘rsatkichlari, ijtimoiy mahsulot va milliy daromadning hajmi va o‘sish sur’atlari, jamg‘arish va iste’mol fondlari, ishlab chiqarish vositalarini va iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish, aholining pul daromadlari va ularni mahsulotlar bilan ta’minlash va boshqalar o‘rtasidagi asosiy nisbatlar o‘rin oladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig‘i, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to‘laydi. SHu kabi juda ko‘p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq tizimi siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi. Va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi. YA’ni, soliqlarni o‘zgartirish orqali investitsiyalar va jamg‘armalar rag‘batlantiriladi.
Davlat bozor tizimining faoliyat ko‘rsatishida baho mexanizmidan, xususan, chegaralangan baholardan keng foydalaniladi. Jumladan, chegaralangan baholar aholini himoya qilish maqsadida ayrim turdagi oziq - ovqat mahsulotlariga belgilangan. CHegaralangan baho uning haqiqiy qiymatlaridan bir necha barovarga kam bo‘lishi mumkin. Davlat chegaralangan bahoni bozor bahosidan yuqori va kam belgilashi mumkin.
qayd etilgan narxlar davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari tizimida alohida o‘rin tutadi. Bozor tizimida narxlar talab va taklifni tartibga soluvchi asosiy vosita hisoblansada, biroq dunening barcha mamlakatlarida davlat narxlarini shakllantirish jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 40,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin