Tk = ((Is(baz) x %M)/100) – ((Is(baz) x %Is)/100) (3.10)
bu yerda: Is(baz) – bazis davrida u yoki bu xodimlar toifasining soni
%M – ishlab chiqarish hajmining o’sish foizi;
%S – xodimlarning ana shu guruh sonini o’sish foizi.
Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining har bir toifasi bo’yicha ana shunday hisob qilinadi. Mehnat unumdorligini o’sishi bunday holda quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
Mu = (Tk / Is(baz)) x d (3.11)
bu yerda: Is(baz) – bazis darvridagi ishchilar soni;
d – umumiy xodimlar sonida xizmat ko’rsatuvchi ishchilar salmog’i.
Ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish hisobiga mehnat unumdorligining o’sish rezervlari bu, avvalo vaqtning bekor sarf bo’lishiga barham berish bilan bog’liqdir. Haqiqatdan ular sermehnatlik darajasining pasayishi rezervlaridan keskin farq qiladi, hamda faqat mehnat va ishlab chiqarishni yaxshi taslikil etilmaganda mehnat intizomi buzilganda, mehnatni muhofaza qilish etarli darajada tashkil etilmagan va shu kabi holatlarda sodir bo’ladi. Bu rezervlar ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar barham topgach tugaydi. Holbuki sermehnatlik darajasini kamaytirish rezervlari sifatida amalda cheksiz hisoblanadi Ish vaqtining bekor sarf bo’lishi
39
hisobiga mehnat unumdorligining o’sish rezervlarini aniqlash maqsadida ish vaqtining haqiqiy balansini sinchiklab tahlil qilish uni rejalashtirilgan ish vaqti bilan taqqoslash ish kunini sur’atga tushirish va bu ishni mustaqil ravishda amalga oshirish yordamida ish vaqtining bekor sarf etilishini aniqlash ularning sabablarini belgilash va ularni kamaytirish yoki to’liq barham toptirish tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
Statistik hisobotlarda jami ish vaqti fondidan foydalanish to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Biroq bu fonddan foydalanishni tahlil qilish va mehnat unumdorligining o’sish rezervlarini aniqlash uchun mazkur ma’lumotlar kifoya qilmaydi. Buning uchun o’rta hisobda bitta ishchiga to’g’ri keladigan haqiqiy rejalashtirilgan ish vaqti balanslarini qiyoslab ko’rish kerak. Bunday qiyoslash asosida ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish imkoniyatlari qandayligini balansning moddalari bo’yicha haqiqiy foydalanishdan chetga chiqishlar mavjudligini, ularni keltirib chiqaradigan asboblarini batafsil chuqur o’rganish yo’llarini belgilash mumkin bo’ladi. Ish vaqtining eng ko’p bekor sarf bo’lishi kasallik tufayli ishga kelmay qolish tufayli yuz beradi. Kasalliklar sababini aniqlash va ularni qisqartirish tadbirini ishlab chiqish uchun bu kasalliklar hjmini va asosiy turlar bo’yicha shamollash kasalliklari, surunkali kasalliklar ishlab chiqishdagi shikastlanishlar va hokazolar bo’yicha tarqashini bilib olish zarur. Kasallik tufayli ishga kelmay qolishning qisqarishida ish vaqti fondining ko’payishi mehnat unumdorligining to’g’ri proporsional ravishda ortishini va ish kuchining tegishli ravishda tejalishini ta’minlaydi. Ma’muriyat ruxsati bilan ishga kelmay qolishlarni o’rganishda ulaming haqiqiy miqdori va sabablari, shuningdek ruxsat berilishining asosli ekanligi va rasmiylashtirilish tarkibiy aniqlab olinadi. Ishga kech qolish va mehnat intizomining boshqacha yo’llar bilan buzilishiga doir nuqsonlarni tahlil qilishda ham ana shu yo’llar qo’llaniladi.
Ish vaqtidan foydalanishni tahlil ishchilarning soatlik, kundalik va yillik ishlab chiqarish normalarining o’sib borishini qiyoslash zarur. Agar kundalik
ishlab
|
chiqarish
|
normasi
|
ko’rsatkichi
|
soatlik
|
ishlab
|
chiqarish
|
normasi
|
ko’rsatkichidan kamroq bo’lsa, bu ish vaqti smena ichida bekor sarf bo’layotganini
40
ko’rsatkichidir. Yillik ishlab chiqarish normasi ko’rsatkichi kundalik ishlab chiqarish normasi ko’rsatkichidan ortib ketgani esa yil mobaynida ishga chiqilgan kunlar soni ortganligi yoki aksincha kamayganidan dalolat beradi. Ishchilarning soatlik, kundalik va yillik ishlab chiqarish normalarining ortib borishi hisobot davrida ish vaqtidan foydalanishdagi o’zgarishlar haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Biroq. bu usul bilan bazis davriga nisbatan ish vaqtidan foydalanish yaxshilanganini yoki yomonlangani to’g’risida faqat nisbiy ma’ulmotlargina olish mumkin. Ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish hisobiga mehnat unumdorligining o’sishi, rezervlarini aniqlash uchun esa ish vaqti bekor sarf etilganiga doir mutlaq miqdorlarni bilish zarur bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |