Iqtisodiyotva turizm fakulteti


Mehnatga layoqatli yoshdagi



Yüklə 195,45 Kb.
səhifə6/19
tarix17.05.2023
ölçüsü195,45 Kb.
#114987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
kurs ishi Omonov SHerzod

Mehnatga layoqatli yoshdagi
aholi

Ishlaydigan yoki vaqtincha ishlamaydigan aholi
B

Ishlamaydigan aholi

I

Ish qidirayotgan (yoki) ishga tayyor turganlar

Ish qidirmayotgan yoki ishga tayyor
turmaganlar

T


Maskur paytda faol
bo’lmagan aholi

1.4-rasm. Asosiy elementlar bo’yicha ishchi kuchini ta’riflash.
B-ishchi kuchi guruhiga kiruvchi ish bilan bandlar; I- ishchi kuchi guruhiga kiruvchiishsizlar; T- ishchi kuchi guruщidan tashqarilar.
“Mehnat” so’zi xodimlarning ishlayotganliklarini, odamlarning aqliy va jismoniy energiyalari sarflashlari bog’liq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bo’yicha maqsadga muvofiq faoliyatlarini anglatadi. Bu so’zdan ba’zi hollarda bo’lsada, kishilarning ma’lum toifasini – ishchilar sinfi, ishchilar va umuman xodimlarni aniqlashda foydalaniladi.
Ishchi kuchi – mehnat jarayonida inson foydalandigan uning jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarning majmuasidir. Zamonaviy xorijiy iqtisodiy nazariyalarda “ishchi kuchi” atamasi ko’pincha “iqtisodiy faol aholi” tushunchasining sinonimi sifatida qo’llaniladi. Masalan R.J.Erenberger va R.S.Smit bunday ta’rif berganlar: “Ishchi kuchi” deganda yoshi 16 dan yuqori bo’lgan xodimlar va yo endilikda ishlayotganlar, yoki faol ravishda ish qidirish bilan band bo’lganlar yoxud ishdan

bo’shatilganlaridan

xizmatlarga

yana

murojaat

qilishlarini

kutayotganlar

16

tushuniladi”6. Halqaro mehnat tashkiloti ham xuddi shunga o’xshash nuqtai nazarga amal qiladi.


“Ishchi kuchi” atamasi ko’p hollarda uch ma’noni anglatishda ishlatiladi:  organizm, tirik inson shaxs ega bo’lgan va har safar u qandaydir iste’mol qiymatini yaratish chog’ida ishga soladigan jismoniy va ma’naviy qobiliyatlari majmui sifatida;
aholining ish bilan band bulgan yoki ish izlayotgan qismi – iqtisodiy faol aholining sinonimi sifatida;
umuman ishlovchilar yoki muayyan bir korxona ishchilari (kundalik turmushida odatda shunday foydalaniladigan tushuncha) sifatida7.

"Mehnatga

layoqatli

yoshdagi

mehnat

qilishga

qobiliyatli

aholi"

tushunchasini ta’riflab olgandan keyin mehnat resurslariga kiradigan fuqorolarning boshqa kategoriyalariga – ishlaydigan o’smirlar va ishlaydigan pensionerlarga o’tish mumkin.
Fuqorolarning ana shu qismi mamlakat xo’jaligidagi mehnat bilan bandligining huquqiy asosi hamisha qonun bilan belgilanadi. Xususan, hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi qonunida mehnat huquqini ruyobga chiqarish aholining mehnat bilan bandligi sohasidagi davlat siyosatining eng muhim tamoyillaridan biri sifatida tilga olingan.
Rivojlangan mamlakatlarda allaqachon "iqtisodiy jihatdan faol aholi" tushunchasi qaror topgan. Halqaro standartlarga muvofiq ularga mehnat bilan band aholi va ish qidirayotgan ishsizlar kiradi. Shuningdek, "fuqorolik jihatidan iqtisodiy faol aholi" tushunchasi ham tarqalgan bo’lib, ynga harbiy xizmatchilar kiritilmaydi8.
Shunday qilib, "mehnat resurslari" o’z mazmuniga ko’ra, "iqtisodiy faol aholi" tushunchasidan kengroqdir. Iqtisodiy faol aholidan tashqari mehnat
6 Erenberg R.J., Smit R.S. Zamonaviy mehnat iqtisodiyoti: nazariya va davlat siyosati. -M.: 1996. –B. 34.H
7Abduraxmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti (nazariya va amaliyot) darslik. -T.: “Mehnat” 2004. –B. 211.
8 Владимирова Л.П. Економика труда. (Учебное пособия). –М.: Издателский Дом “Дашков иК”, 2000. –С. 48
17

resurslari yana mehnatga layoqatli yoshdagi o’quvchilarni ham, shuningdek, ana shu yoshdagi uy bekalari va mamlakatning qolgan barcha aholisini, ya’ni ishsiz bo’lmasa ham, qandaydir sabablarga ko’ra, mamlakat xo’jaligida ish bilan band bo’lmagan aholini ham o’z ichiga oladi.


Mavjud adabiyotlarda "ish kuchi" tushunchasi ko’p ishlatilsada, uning chegarasi aniq belgilanmagan. Ba’zan ish kuchi deganda ham haqiqiy xodimlar, ham potensial xodimlar, ya’ni amalda o’sha "mehnat resurslari"ning o’zi tushuniladi. Ko’pincha bu tushuncha tor ma’noda xodimlarning umumiy sonini anglatadi.
Bunga sabab shu bo’lganki, ko’pgina mualliflar mehnat bozoridagi vaziyatga baho berar ekanlar, "ish kuchiga bo’lgan talab”, “ish kuchini taklif qilish" degan tushunchalardan ham foydalanadilar.
Ish bilan band aholini va ish izlayotgan ishsizlarni anglatadigan “iqtisodiy jihatdan faol aholi” tushunchasi inson resurslari to’g’risidagi tasavvurlarni aks ettiradigan yana bir boshqa tushunchadir. Bu tushuncha iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatda allaqachondan buyon ishlatilib kelmoqda. Xalqaro andozalarga muvofiq, (iqtisodiy jihatdan faol aholi) tushunchasi BMT milliy hisobi varaqalari va balanslari tizimlariga kiritilgan tovarlar va xizmatlar, ishlab chiqarishuchun muayyan vaqt mobaynida o’z mehnatini taklif etadigan ikkala jinsga mansub shaxslarni o’z ichiga oladi.
Xalqaro andozalarda “iqtisodiy jihatdan faol aholi” atamasi asosiy tushuncha sifatida ishlatiladi. Iqtisodiy jihatdan faol aholini aniqlaydigan quyidagi ikkita ulchagich (lekin boshqa variantlar ham bo’lishi mumkinligi) ko’zda tutiladi: odatda “faol aholi”, deb uzoq davom etadigan vaqtga, masalan, yilga tadbiqan: “hozirgi paytda faol aholi” deb qisqacha vaqt bo’lgan, masalani, xafta yoki kunga tadbiqan aytiladi (1.3-rasm).
Faollik tamoyili shuni anglatadiki, shaxsni u yoki bu tofaga kiritish uning muayyan davr mobaynidagi haqiqiy faoliyatiga bog’liq bo’ladi, ya’ni yuqorida ko’rsatilgan guruhlar tarkibiga faqat iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullangan yoki ish qidirgan va ishga kirishga tayyor turgan shaxslarnigina kiritish mumkin.
18

Iqtisodiy jihatdan faol bo’lmagan aholi kunduzgi o’quv yurtlarida o’qiydigan o’quvchilar, talabalar, kursantlar, pensiya oluvchi shaxslar; uy xo’jaligi bilan shug’ullanuvchi shaxslar; ish qidirmay qo’ygan shaxslar; ishlashga zaruriyati bo’lmagan shaxslar kiritiladi.


Ko’rib turibmizki, “mehnat resurlari” “iqtisodiy jihatdan faol aholi” atamalari bir-biridan farq qiladi. “Iqtisodiy jihatdan faol aholi” tushunchasi “mehnat resurslari” tushunchasidan o’z mazmuni bo’yicha torroqdir. Mehnat resurslari tofasiga ishsizlardan tashqari, qandaydir sabablarga ko’ra mamlakat xo’jaligida ish bilan band bo’lmagan mamlakatning muayyan yoshdagi barcha boshqa fuqarolari kiritiladi. Biz “mehnat resurslari” tushunchasi hozirgi vaqtda faqat tarixiy ma’noga ega bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi fikrga qo’shilamiz, chunki ishlatib bo’lmaydigan narsani resurs deb bo’lmaydi. Xalqaro integrasiya jarayonlarini va mamlakatlararo taqqoslashlarini amalga oshirish uchun turli tushunchalardan foydalanishini bir xillashtirish zarurligini hisobga olib, “iqtisodiy jihatdan faol aholi” tushunchasini qo’llashga o’tish to’g’riroq
bo’ladi, dunyodagiko’pchilik mamlakatlarningstatistikalari aynan shuni qabul qilganlar.

19


Yüklə 195,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin