Iqtisodiyotva turizm fakulteti


-jadval Aholining yosh guruhlari bo’yicha tarkibi



Yüklə 195,45 Kb.
səhifə3/19
tarix17.05.2023
ölçüsü195,45 Kb.
#114987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
kurs ishi Omonov SHerzod

1-jadval Aholining yosh guruhlari bo’yicha tarkibi

Bolalar
(0-15 yosh)

mamlakat jami aholisining eng katta qismini tashkil etib, ularning aksariyati mehnat jarayonida ishtirok etmaydi. Ammo ushbu guruh salmog’i mehnat salohiyatining kelgusi va istiqbol ko’rsatkichlarini belgilab beradi. Chunki bu qatlamning yuqori chegarasidagi o’smirlar tez orada mehnat resurslari safiga qo’shiladi.

O’smir yoshlar (16-24 yosh)

mazkur guruhning katta qismi iqtisodiy nofaol aholi tarkibiga kirib, ular maktab, akademik lisey, kollej va oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yoshlar, tug’ruq ta’tilidagi ayollar hisoblanadi. Shuningdek, ular tarkibida iqtisodiyotning qator soha va tarmoqlarida band bo’lganlari ham mavjud bo’lib, mehnat faoliyati aksariyat hollarda boshlang’ich ko’rinishga ega bo’ladi.

O’rta yoshlilar (25-30 yosh)

ular o’zi jismoniy holati va imkoniyatlarijihatdan yuqori ko’rsatkichga ega bo’lib, mehnatga layoqatli jami aholining asosiy qismini qamrab oladi. Bu guruh vakillari aniq hayot yo’llarini tanlab olgan, o’z oilasiga ega bo’lgan va jamiyatda ma’lum yutuqqa erishgan hisoblanadi. Lekin ularning barchasi ham iqtisodiyotda band bo’lmaydi, chunki bu tarkibda yosh bolali onalar va ayollar ham ko’pchilikni tashkil etadi.

31-59 yoshdagi aholi

ushbu guruhdagi aholi yuksak mehnat salohiyatiga ega bo’lib, hayotiy va ish tajribasining yuqori ko’rsatkichiga erishadi. Shu vaqtgacha olgan amaliy ko’nikma va malakalarini ishlab chiqarish jarayonlariga safarbar etadilar hamda mehnat jamoasida alohida o’rin egallaydilar. Bu toifa insonlar yoshlarga o’rnak va maslakdosh bo’ladi. Ushbu yosh chegarasidagi kishilarning iqtisodiy faollik darajasi boshqalarga nisbatan yuqori hisoblanadi. Shuningdek, mazkur qatlamning yuqori qismida pensiya yoshiga yetgan ayollar hamda mehnat faoliyatini yakunlash taraddudida bo’lgan erkaklar ham mavjud.

60 dan 70 yoshgacha bo’lganlar

bu qatlam vakillari pensiya yoshiga yetgan aholi hisoblanib, ularning aksariyati pensiyada bo’ladi. Lekin, ularning orasida o’z ish faoliyatlarini davom ettirayotganlari ham bo’lib (ayniqsa, erkaklar), ular ham butunlay nafaqaga chiqish va mehnat faoliyatini yakunlash arafasida bo’ladilar.

Keksalar (70 va undan katta
yosh)

ularning deyarli hammasi mehnat faoliyatidan chetlashgan bo’ladi

.
10

O’zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga ko’ra, aholi mehnat layokati bo’yicha uch guruhga ajratiladi. Jumladan:


- mehnatga qobiliyatli yoshgacha (0-15 yosh);
- mehnatga qobiliyatli yoshdagi (16-54 yoshli ayollar, 16-59 yoshli erkaklar); - mehnatga qobiliyatli yoshdan kattalar (55 yosh va undan katta ayollar, 60 yosh va undan katta erkaklar).
Hozirgi kunda respublikada mehnat resurslari jami aholining 60 foizdan ortiqrog’ini tashkil qilib, ular soni yildan yilga ortib bormoqda.

Yüklə 195,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin