Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyalarini tatbiq etish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə105/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126
4. ДАРСЛИК

4. Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyalarini tatbiq etish. Maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish, asosan uch tomonlama amalga oshiriladi.

  1. Kompyuter va uning dasturlari yordamida didaktik vositalar tayyorlanadi hamda Internet va masofali ta’lim ashyolaridan foydalaniladi.

  2. Kompyuter ishtirokida bevosita dialog metodi asosida bolalarga yangi material o‘rgatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 6-7 yoshli bola kattalar kabi kompyuterda ishlashga qodir emas. Shuning uchun, MTMlarda yangi materialni o‘rganishda bevosita dialog metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu holda kompyuter didaktik vosita manbai rolini o‘ynaydi.

  3. Bilvosita dialog – virtual axborot muhitida kompyuter bilan dialog asosida multimedia texnologiyasi amalga oshiriladi. Bunda material bolalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi, o‘tilgan material mustaqil takrorlanadi, mashqlar mustaqil bajariladi, multimediali kompyuter o‘yinlari mustaqil amalga oshiriladi va bola mashqlarni, komyuter qo’ygan vazifalarni, o‘yinlarni takror-takror bajarib, qo‘yilgan mashg’ulot maqsadiga erisha oladi. Bu holda multimedia texnologiyasidan foydalanganda kompyuter ta’lim manbai rolini o‘ynaydi. Maktabga tayyorlov guruhlarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanishning asosiy va yetakchi shakli mashg’ulotdir. Mashg’ulotlar «Bolajon» dasturi asosida, belgilangan rejalar asosida olib boriladi. Yangi mashg’ulotlarni o‘rgatishga qaratilgan, tekshiruvchi - sinovchi, majmuaviy «sayohat» yoki «ekskursiya» va «kompyuterli o‘yin» shakllariga bo‘linadi.

Mashg’ulotning o‘yin shakli.
Tarbiyachi-pedagog bolalarni kompyuter ro‘parasiga joylashtiradi.
Kompyuter xotirasiga joylashtirilgan materiallarni monitor ekraniga chiqaradi. Bolalarning diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi. Tarbiyachi va bolalar o‘rtasida dialog (savol-javob) boshlanadi. Bolalar tarbiyachi (pedagog) bergan topshiriqni mustaqil bajaradi. O‘rganilgan material mustahkamlanadi. Bolalarning mashg’ulot davomida olgan bilimi baholanadi. O‘rganilgan material bo‘yicha uyga topshiriq beriladi.
Mashg’ulot mazmuni. Multimedia texnologiyasidan foydalanib o‘tkaziladigan mashg’ulotlar kompyuter texnologiyasiga asoslanadi. Shuning uchun, multimedia texnologiyasiga asoslangan mashgulotlarni kompyuter mashg’uloti, deb ham atash mumkin. Kompyuterli mashg’ulotlarning aksariyati birlashgan mashg’ulotlar shaklida o‘tkaziladi.
Ushbu oraliq bosqichida tarbiyalanuvchilarning toliqishini hisobga olib, kompyutersiz amalga oshiriladigan mashg’ulot o‘tkaziladi. Kompyutersiz o‘tkaziladigan ushbu oraliq mashg’ulotlarda, mavzuga tegishli og’zaki savol-javoblar, topishoqlar, turli mazmundagi o‘yinlar, amaliy tadbirlar (masalan, qaychi bilan harflar qirqish, qog’ozda yozishga o‘rgatish) o‘tkaziladi. Shuningdek, she’r, ashula aytiladi va jismoniy mashqlar bajariladi. Jumladan, ko‘z toliqishini bartaraf etuvchi ko‘z gimnastikasi - bir necha daqiqa davomida ko‘zni ochib yumish, xonaning burchaklariga navbatma-navbat nazar tashlash kiradi. Oraliq bosqichdan so‘ng yana 15 daqiqali asosiy mashg’ulot davom ettiriladi.
Yangi bilim berishda bevosita dialog metodidan foydalanishni maktabga tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlari (6-7), ularning fikrlash darajalari va boshqa xususiyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Bevosita dialog metodidan foydalanilgan holda kompyuter didaktik vositalar manbai rolini o‘ynaydi.
Virtual akxorot muhitida kompyuter bilan (bilvosita) dialog metodining algortmi:

  1. Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga - topshiriq, savol, mashqni bajarish yoki o‘yinni bajarishni buyuradi.

  2. Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi.

  3. Kompyuter topshiriq bajarilishining to‘g’ri yoki noto‘g’riligini bildiradi.

  4. Noto‘g’ri bo‘lsa, takroriy bajartiradi.

  5. Kompyuter bolaning bilimini baholaydi.

Kompyuterda ishlovchi bola mashqlarni va kompyuter qo‘ygan vazifalarni, o‘yinlarni takror-takror bajarib, maksadiga erisha oladi, chunki kompyuter - «bag’ri keng» va «toqatli, sabrlidir». Bola xato qilgan taqdirda ham xatoni o‘zi tuzatgunga qadar hech kim unga tanbeh bermaydi. Ammo bolalar kompyuterda mustaqil ishlagan hollarda ham ularning harakatlari doimo tarbiyachi nazoratida bo‘ladi.
Bevosita dialog asosida o‘tkazilgan mashg’ulotda 15 daqiqa uzluksiz monitor ekraniga qaragan va bolalar kompyuterdan uzoqroq «sichqoncha» va klaviatura kabellarining uzunligi masofasida joylashgan holda bolalarning 95 foizi 15-20 daqiqadan so‘ng toliqishlari yo‘qolganini bildirdilar. Multimediali kompyuter texnologiyasining ta’lim-tarbiya berish metodikasini bayon qilishdan oldin uning quyidagi ikki jihatiga e’tibor berish kerak:

  1. agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm bo‘lib qoladi.

  2. agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni tahlil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, ta’lim jarayonini aks ettirib, multimedia texnologiyasiga aylanadi.

Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo‘lsa, mashg’ulot frontal ravishda, bitta bo‘lsa, undan navbatma-navbat foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan savolga to‘g’ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so‘raladi. Agar MTMlarda proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo‘lsa, tarbiyachi mashgulotni «kompyuter-elektron doska» usulidan foydalanib olib boradi.
15-20 daqiqali ikkinchi bosqichdan so‘ng, uchinchi bosqichda birinchi bosqichda kompyuterdan foydalanib, o‘rganilgan materiallar savol-javob asosida mustahkamlanadi va tarbiyalanuvchilarning bilimlari baholanadi. Mashg’ulot oxirida uyga vazifa beriladi. Tarbiyalanuvchilarga uyga beriladigan topshiriqlar kundalik turmushda uchraydigan masalalardan bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Mashg’ulotning texnologik xaritasi. Maktabga tayyorlov guruhlarida mashg’ulotlar garchi dars shaklida o‘tkazilmasa-da, tarbiyachi u yoki bu mavzu materiali bo‘yicha o‘ziga mashg’ulotning texnologik xaritasini tuzib olishi kerak. Xaritada mashg’ulot mavzusi, maqsadi va vazifalari, mashg’ulot mazmuni, mashg’ulotni amalga oshirish texnologiyasi, kutiladigan natijalar, kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin