Multimediya vositalarini MTMdagi mashg’ulotlarda qollash. Mutaxassislarning fikricha, insonning eshitish a’zolariga nisbatan ko‘rish a’zolari yordamida qabul qilingan ma’lumotni besh marotaba ko‘p eslab qolish mumkin. Sababi - eshitish a’zolariga nisbatan ko‘rish a’zolaridan olinayotgan ma’lumotlar qayta kodlashtirilmay to‘gridan-to‘g’ri xotiraga o‘tadi va saqlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablarida maktabga tayyorlov guruhi bolalarini savod chiqarishga tayyorlash, elementar matematik bilim berish va atrof-olamni o‘rganish, ta’lim o‘yinlari yo‘nalishlari bo‘yicha, quyidagilar qayd etilgan: nutq o‘stirish bo‘yicha nutq-tovush madaniyatini shakllantirish, ijodiy hikoya qilish, nutqning garmmatik tuzilishini shakllantirish, lug’atni boyitishni jadallashtirish, matematika bo‘yicha son-sanoq, miqdor, shakllar, fazoviy tasavvurlar, vaqt haqida tasavvur hosil qilish. Ta’limiy o‘yinlar bo‘yicha rangni top (ranglarni to‘g’ri ajratish), shaklini top (doira kvadrat, uchburchak va boshqa shakllar), halqalarning shakli va ranglari bo‘yicha o‘yinlar, tabiat bilan tanishtirish bo‘yicha gulzorga ekskursiya, paxta dalasiga sayohat, kabutar singari qushlarni kuzatish, ularning hususiyatlari va farqi, havo va uning xossalari bilan tanishtrish, suv va uning hususiyatlari bilan tanishtirish kiradi.
Tarbiyalanuvchilarning bilimini baholash mezoni. Baholash ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishilgan darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalarining bilimlarini aniqlash, beshta: ya’ni o‘quv maqsadlariga asoslanganlik, haqiqiylik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulaylik kabi tamoyillariga asoslanadi. MTM tarbiyachisi bolalarning bilimini baholash jarayonida baholash tamoyillarini hisobga olishi shart. Multmediali kompterli ta’limda bolalarning yoshi, rivojlanish darajasi va psixologiyasini hisobga olib, o‘tilgan materiallarni baholashda uchta test savoli qo’yiladi. Bu yoshdagi bolalarga beshta savol qiyin bo‘lishi mumkin. Buni hisobga olgan holda testga uchta savol quyib, uch balli tizimda baholanadi.
Tarbiyalanuvchilar bilim darajalarini aniqlash mezonini quyidagicha: o‘rganiladigan material turiga qarab 3 tadan 5 tagacha turli variantdagi dasturli o‘yin, taqdimot, slayd, yozuv, rasm, sxema, mashqlar va chizmalar savol tariqasida kompyuter xotirasiga kiritiladi. Tarbiyalanuvchilarga to‘g’ri javobni aniqlash topshiriladi va ularning bilim darajalari test sinovi yoki kompyuter xotirasiga kiritilgan mashg’ulot mavzusiga oid amaliy topshiriqlarni bajarish orqali aniqlanadi.
Agar tarbiyalanuvchi kompyuterda berilgan variantdagi uchta topshiriqdan barchasini to‘g’ri bajarsa, u holda unga «a’lo» bahoni ifodalaydigan 3 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdagi ikkita topshiriqni to‘g’ri bajarsa, u holda «yaxshi» bahoni ifodalaydigan 2 ball qo’yiladi. Agar berilgan variantdan bitta topshiriqni to‘g’ri bajarsa, u holda tarbiyalanuvchiga «qoniqarli» bahoni ifodalaydigan 1 ball qo’yiladi. Agar variantdagi topshiriqni to‘g’ri bajara olmasa u holda hech qanday balla qo’yilmaydi. Bunday hollarda tarbiyachi tarbiyalanuvchi bilan qo’shimcha shug’ullanib, uning bilim darajasini aniqlash uchun qayta testga qo’yish kerak.
Mashg’ulotlarda bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan quyidagi interfaol usullardan foydalanilgan:
Suhbat
Ko‘rgazmalilik
Tushuntirish
Ko‘rsatish
Kichik guruhlarda ishlash (3-4 bola bilan)
Savol-javob
Rag’batlantirish
Amaliy ish
Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin
Bu usullar mashg’ulotlarda almashinib kelgan holda qo‘llanilgan.
Metodik qo‘llanmadan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari, ota-onalar, pedagogika institutlari va kollej talabalari ijodiy yondashgan holda foydalanishlari mumkin.