Monologik va diologik nutq- dialogik va monologik nutqlar insonning muloqot shakillari hisoblanadi. Inson nutqi ko’rinishlari sifatida dialogic nutq ham, monologik nutq ham nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga hamda insonlar o’rtasida amalda bo’lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo’ysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanishdagi til xususiyati va tildan tashqarida bo’lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi. Ikki kishi o’rtasidagi har qanday suhbatni diolog sifatida e’tirof etish mumkin. Ammo bu nutqning o’ziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi o’rtasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi. Shunday ekan, yuqorida ta’kidlaganidek, bu yerda ham suhbatning maqsad mavzusi, suhbatdoshlarning o’zaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi, jamiyatida egallagan o’rni va mavqei dialogik nutqning mazmunini belgilaydi.
Muammoli vaziyat - hayotdagi yoki o‘quv jarayonidagi vaziyat bo‘lib, u mashaqqat bilan hal qilinadigan masala tufayli yuzaga keladi.
Muloqot – yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, so‘zlashuv, shaxslararo suhbat va fikr olishuv, og‘zaki nutq shakli ikki yoki undan ortiq shaxslarning so‘zlashuvi degan ma’noni anglatadi. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi aynan muloqot vaqtida amalga oshiriladi. O‘z-o‘zini anglash ongli ravishda o‘zi haqidagi g‘oyalar tizimini tushunishdir. O‘z-o‘zini anglash insonning o‘zini hayotidan ajrata olish qobiliyatiga asoslanadi. Maktabgacha yoshdagi bolada uning o‘zi haqidagi g‘oyalarining mazmuni uning xususiyatlari, fazilatlari, qobiliyatlari aksini o‘z ichiga oladi.
Munozara - tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli.
Nutq madaniyati – ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli – yozma va og‘zaki shakli uchun zarurdir. . Nutq madaniyatiga e’tibor yolg‘iz o‘qituvchilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o‘zlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir o‘qituvchining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog‘liq. O‘qituvchi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me’yordir.
Nutq-nutq o’ziga xos faoliyat sifatida boshqa faoliyat turlari bilan bir qatorda turmaydi, u psixologik rivojlanish jarayonida markaziy o’rinni egallaydi.Tilni turli nuqtai-nazardan tavsiflovchi mazkur yondashuvlarni taqqoslash orqali nutqning ilmiy o’rganish ob'yekti sifatidagi umumiy xususiyatlarini ajratish mumkin. N u t q - bu tilni ishga solish jarayonidir (I.A.Zimnyaya, V.M.Solnsev). Sub'yektning nutqiy faoliyati ichki vosita va uni amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni o’z ichiga oladi. N u t q - bu psixik hodisa, kishilarning shaxslararo o’zaro muayyan hamkorligi sharoitida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo’lgan shaxs mulkidir. U tildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoiy mulki hodisasidir.
O‘zlashtirish - tushunish, o‘rganish orqali axborotning ma’no- mazmuni, undan foydalanish yoki harakatlami bajarish tartibi to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalar hosil bo‘lishi.
Odat - kishining ma’lum e’tiqodlar, qadriyatlar yoki axloqiy me’yorlardan kelib chiqib, amalga oshiradigan ongli faoliyati.
Pedagogik faoliyat - ta’lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi.
Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari - shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlami berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillami aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari.
Pedagogik jarayon - ta’lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va tarbiyalanuvchilaming maqsadli o‘zaro munosabatlari.
Pedagogik jarayon tamoyillari - pedagogik faoliyatni tashkil etishning asosiy talablari bo‘lib, u pedagogic jarayonning yo‘nalishini ko‘rsatadi va uning qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogik mahorat - pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish, harakatga keltira olish (A.S.Makarenko), pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini ta’minlovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari sintezi. Pedagogik mahorat - ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlami samarali qoilay olish qobiliyati, yuksak pedagogik tafakkur.
Pedagogik talab - turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida bola tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari.
Pedagogik texnologiya - «ishlab chiqarish» natijasi «mahsuloti» - ma’lum malakaga ega bo‘lgan mutaxassis tayyorlash uchun ilmiy asoslangan didaktik jarayonni amalga oshirish. ya’ni o‘qitish jarayonini qo‘yilgan maqsadga ko‘ra izchil ketma-ketlikda turli vosita, metodlami qo‘llash orqali samarali ta’lim natijasiga erishishning ishonchliligini ta’minlovchi, kafolatlovchi pedagogik faoliyat.
Pedagogika (yunoncha «paidagogike» boiib, «paidagogos» - bola, yetaklayman) - ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan.