Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Syujetli (bayoniy) hikoya –



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə116/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   126
4. ДАРСЛИК

Syujetli (bayoniy) hikoya – voqealarni biron-bir qahramon bilan birgalikda vaqg bo‘yicha ketma-ketlikda aytishdir. Bolalarga uni odatdagi tuzilma asosida tuzishni o‘rgatish zarur dastlab qahramonning nomi aytiladi, ba’zan uning tashqi ko‘rinishi tavsiflanadi, birinchi voqea bayon qilinadi, u qachon va qaerda yuz berganligi tushuntiriladi, so‘ngra ikki-uch lavha keltiriladi va hikoya yakunlanadi.
Ta’lim - 1) shaxsning jismoniy va ma’naviy shakllanishining yagona jarayoni, ijtimoiy etalonlaming ijtimoiy ong sifatida u yoki bu darajada qayd qilingan, tarixan shartlangan ideal timsollarga ongli yo‘naltirilgan ijtimoiylashish jarayoni; 2) muayyan bilimlami egallash g‘oyaviy-axloqiy, qadr, malaka, ko‘nikma, axloq me’yorlariga qaratilgan jamiyat a’zolarining ta’lim va tarbiyasi vazifasini bajaradigan nisbiy mustaqil tizim; 3) o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ulaming bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon. Ta’lim - bolalarga nazariy bilimlami berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bi­lish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim jarayoni - tarbiyachi va bolalar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlami o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi) - ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya. Ta’lim berishdan (olishdan) ko‘zlangan muddao.
Ta’lim mazmuni – 1. o‘qitish jarayonida egallash lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar ma’nosi, hajmi va xarakteri. 2.shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.
Ta’lim mazmuni - davlat ta’ lim standartlari asosida belgilab beril­gan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Ta’lim metodlari - ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui.
Ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) - ta’lim yakunining mohiyati­ni qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi.
Ta’lim shakli - ta’lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.
Ta’lim tizimi - yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari majmui.
Ta’lim va tarbiya mazmuni - shaxsning aqliy va jismoniy qo­biliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.
Ta’lim vositalari - ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmaIari, o'quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproyektor, videomagnitafon, uskuna, tele­vizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar.
Tafakkur - ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to‘laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli.
Tamoyil (yunoncha «principium») - biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya - 1. Bolani boqib, ta’lim berib katta qilish, voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnat va g‘amxo‘rlik.2.Ish-hunar, odob-axloq o‘rgatishga va umuman kishining g‘oyaviy va ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi.3. Parvarish, qarov: tarbiyalab katta qilmoq, voyaga yetkazmoq, o‘stirmoq, ulg‘aytirmoq; ilm-hunar bermoq, odob-axloq o‘rgatmoq, tarbiyalab biror xislat-fazilatni singdirmoq; parvarish qilmoq.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tarbiya jarayoni - pedagog va bola (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.
Tarbiya mazmuni - shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijti­moiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» - yo‘l) - tarbiya maqsadiga erishish yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari.
Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tarbiyaviy jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi.
Tashxis - didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlami oydinlashtirish, uning natijalarini belgilasah.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin