Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə112/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126
4. ДАРСЛИК

Diksiya sof, aniq, ravshan nutqni, tovush talaffuzidir. Yaxshi diksiyani hosil qilish uchun artikulatsiya apparati a'zolarining harakatlarini (takomillashtirish va mustahkamlash kerak (lablarni sust hara- katlanishini, tilning kam harakatchanligini va hokazolarni bartaraf etish), to'g'ri nafas olish va chiqarishga ahamiyat berish lozim. Buning uchun pastki jag', til, lablar harakatini rivojlantiruvchi maxsus mashqlarni bajarish kcrak, "tarbiyachi bu mashqlarnii oyna oldida o'tirib bajaradi.
Diksiya – tovush va so’zlarni to’g’ri talaffuz etish.
Diksiya-tovush va so’zlarni to’g’ri talaffuz etish.
Dunyoqarash - shaxsning tafakkur tarzi va yo‘nalishini aks ettiruvchi qarashlar, e’tiqod hamda fikr-o‘ylar tizimi.
E’tiqod - shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va ideallarning haqqoniyligiga qalban va asosli ishonch bilan bog‘langan, uning atrof-muhitga hamda o‘zining xatti-harakatlariga bo‘lgan subyektiv faoliyati.
Ekologik faoliyat - ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui.
Ekologik madaniyat - bolaning ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik ong - tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi.
Ekologik ta’lim - bolaga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlami berishga yo‘naltirilgan ta’limiy jarayon.
Ekologik tarbiya - bolalarga dastlabki ekologik bilimlami berish, ulaming mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof- muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalami shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayon.
Estetik tarbiya - bolalami tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go‘zalligini idrok etish, to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijti­moiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlov chi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi;
Faol tinglash – diqqatni jamlashni, tushunishni, eslab qolishni, baholashni va javob berishni o'z ichiga oladi. Faol tinglash usulidan foydalanish samaraliroq ekanligi takror-takror aytilmoqda. Faol tinglash usulidan tarbiyachining foydalanishi uning pedagog sifatidagi mavqeyini oshiradi. Sababi u vaziyatni, mashg’ulotdagi suhbatning mazmunini va muloqotdagi bolajonlarning hissiy holatini hisobga oladi. Xuddi shunday bolalarning ham faol tinglash usulidan foydalanishi uning kelajakda har qanday kasbni egallashida va qolaversa umuman hayoti davomida uni shaxs sifatidagi fazilatlarini yaxshilaydi. Eshitish- eshitish va ko'rish stimullarini yo'naltirilgan qabul qilish va ularga ma'no berish jarayoni.
Faoliyat - 1) ongli maqsadga ko‘ra boshqariladigan kishining ichki (ruhiy), tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitni kishilar tomonidan maqsadga muvofiq qayta bunyod etish.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik. ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin