Ta’limiy o’yinlarning bola so’z boyligini oshirishdagi hamiyati qanday?
Bolaning lug’at boyligini oshirishda qanday ta’limiy o’yinlarni taklif qila olasiz?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1.F.R.Qodirova R.M.Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2010.
2.D.R.Babayeva. Nutq o’stirish metodikasi. – T.,2019
3.Jo‘raev K va boshqalar. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. –T.:“O‘qituvchi”, 1988.
4.Shodieva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. –T.: “O‘qituvchi”, 1995.
5.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o’zbekcha so’zlashga o’rgatish. T.,1997.
6. Shodieva Q. Nutq o’stirish uslubiyoti. T.: “O‘qituvchi”, 2008.
7. Mo'minova L. R. Maktabgacha yoshdagi bolalami savodga o'rgatish dasturi. -T., 1996.
8. Safarova R. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. -T.: Ma'naviyat, 2003
1.Bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatishning mazmuni va mohiyati. Tarbiyachi u yoki bu tovush tarkibida turli nutq organlari: lablar, tishlar va til ishtirok etayotganini ko‘rsatadi hamda tushuntirib beradi. Bolalaming tovushlarni ifoda etishda nutq organlari holatini ko‘rib olishlari ularning to‘g‘ri talaffuzni o‘zlashtirib olishlarida yordam beradi. Bu boradagi ish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu yo‘nalishdagi mashqlar ijobiy natijalarga olib keladi. Amaliyotda bu metodik usullar ko‘pincha birgalikda qo‘llaniladi va ular doimo bir- birini to‘ldiradilar.
«I» qattiq tovushining to‘g‘ri talaffuzini shakllantirish. Tarbiyachi tovush artikulatsiyasini namoyish etadi va bolalarga tilning talaffuz chog‘idagi holatini ko‘rishni taklif qiladi. So‘ngra u tovushni bir necha bor talaffuz qiladi, keyin esa bolalar uni takrorlaydilar. Agar bolalar so‘zlardagi tovushni to‘g‘ri talaffuz eta olsalar, yangi gaplarga va to‘rt qatorli kichik-kichik she’rlarni yod olishga o‘tish mumkin. Ravon nutqni rivojlantirish asosida turli aloqa vositalaridan (so‘zlar, gaplar, matn qismlari o‘rtasida) foydalanish, turli toifadagi matnlar - tasvirlash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi haqidagi tasavvurlami shakllantirish qobiliyatini o‘rgatish yotadi.
Tovush. Ayrim tarbiyachi pedagoglarda tovush tabiatdan beriladi (xudo bergan) deyishadi. Maxsus tovush yillar davomida o‘zgarishi, aynishi mumkin. Shuning uchun doim mashq qilib uni rivojlantirib turish lozim bo‘ladi.