Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


O‘rtoqlari fikrini eshita olish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə19/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126
4. ДАРСЛИК

O‘rtoqlari fikrini eshita olish.

  • O‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.

  • O‘yin qoidasini bajarish.

  • O‘z xatosini tan olish.

    Hammada ham bolalik davri bo’ladi. Bu davrning o’ziga xosligi unda o’yinning asosiy ehtiyojga aylanganligidir. Biz kattalar bolalarni hayotga tayyorlashda ularning ijtimoiy ehtiyojiga javoban o’yinlardan foydalanishmiz samarali natija beradi. Chunki o’yin bolalar faoliyatining asosini tashkil qiladi.
    O‘yin deganda ko‘z oldimizda faqat xursandchilik baxsh etuvchi faoliyat tushuniladi.Uni yanada kenroq tushunish uchun esa O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida “o‘yin” tushunchasiga berilgan ta’rifga e’tibor bersak, uning mazmuni yanada kengroq ekanligiga amin bo‘lamiz : “O‘yin – tarbiyalash va hordiq chiqarish vositalaridan biri bo‘lib, inson o‘z hayotida o‘yin, o‘qish, mehnat, dam olish kabi mashg‘ulotlar bilan band bo‘ladi”.
    O‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoliyatni shakllantiradi. Bolalarda lug‘at, mashg‘ulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi. Qurilishga oid o‘yinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bolalar uchun qiyin bo‘lgan ro‘zlarning (sifatni, mikdorni, hajmni va narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini aniqlashtiradi, faollashtiradi.
    Matnli harakatchan musiqiy o‘yinlar, sahnalashtirish o‘yinlari bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, to‘g‘ri sur’at, nafas olish, yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar jarayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqpab qoladilar va ularni mustaqil ravishda qo‘llay boshlaydilar.
    Ma’lumki, o‘yin bolalikda inson faoliyatning asosiy turlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham pedagogikada inson shaxsini rivojlantiruvchi mashg‘ulot turi ekanligi haqida ko‘plab fikrlar bildirilgan. Aytish joizki, ta’limning aksariyat vazifalari didaktik o‘yinlar yordamida amalga oshiriladi. Pedagogikada o‘yinlar ikki katta guruhga bo‘linadi: ijodiy va qoidali o‘yinlar. Ijodiy o‘yinning mazmuni bolalar tomonidan o‘ylab topiladi va ularda borliq haqidagi tushunchalarini, taassurotlarini hamda o‘z munosabatlarini aks etgiradilar. Qoidali o‘yinlar esa aksincha kattalar tomonidan yaratiladi hamda bola hayotiga kattalar tomonidan olib kiritiladi. Ikkala guruh ham o‘zining xilma xil ko‘rinishlariga ega. Ijodiy o‘yinlar guruhini syujetli rolli o‘yinlar tashkil etadi. Syujetli – rolli o‘yin o‘z xususiyatiga ko‘ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-atrofdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o‘yin mazmuni uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘yinning syujeti — o‘z harakati, munosabatlari bilan bog‘langan voqea, hodisalar va ularning harakatlari xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqgirib, unda yaxshi kayfiyat uyg‘otadi, bola organizmdagi faoliyatni yaxshilaydi. Bolalar kun bo‘yi — mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda, xo‘jalik-maishiy va mehnat faoliyatida o‘z pedagoglari bilan muloqotda bo‘ladilar. O‘z-o‘zidan maktabgacha ta’lim muassasasida nutqiy muhitning rivojlantirish imkoniyatlari butunlay pedagog nutqining sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
    Ta’limiy o’yinlar ta’limiy o’yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o’yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o’yinlarning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. O’yinda o’yin maqsadi, o’yin qoidalari, o’yin harakatlari o’rtasida uzviy aloqa mavjud. O’yin maqsadi o’yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. O’yin qoidasi esa, o’yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o’yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi. Ta’limiy o’yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o’yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensormadaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O’yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o’yin mazmunini boyitadi. Ta’limiy o’yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida ta’limiy o’yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o’yinlar mashg’ulot jarayonida va o’yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o’tkaziladi. Bunda o’yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi.
    Ta’limiy o’yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak:
    1. Navbatma-navbat ta’sir etish.
    2. So’ralganda javob berish.
    3. O’rtoqlari fikrini eshita olish.
    4. O’yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
    5. O’yin qoidasini bajarish.
    6. O’z xatosini tan olish.

    Yüklə 2,06 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin